2023 yil GitHub-dagi 7 ta eng yaxshi ochiq kodli loyihalar
Ushbu maqolada eng tez rivojlanayotgan GitHub-dagi 10 ta ochiq kodli loyihalar ro'yxati keltirilgan:
1. RLHF + PaLM: Ochiq kodli ChatGPT alternativasi.
RLHF + PaLM - bu inson fikr-mulohazalari asosida o'rganish (RLHF) va PaLM arxitekturasi ni birlashtirgan holda ishlab chiqilayotgan dastur. U ChatGPT-ga o'xshash model va unga qo'shimcha PaLM arxitekturasining afzalliklari bilan boyitilgan ochiq kodli versiyasini yaratishga qaratilgan. Afsuski, bu yechim uchun oldindan o'rgatilgan model yo'q.
2. RATH - Tableau-ning ochiq kodli alternativasi
RATH - bu GitHub-da eng tez o’suvchi jamoalaridan biriga ega bo’lgan yangi texnologiya.
Eng ilg'or texnologiyalar, ma'lumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirishga innovatsion yondashuv tufayli RATH tezda professionallar orasida mashhurlikka erishdi.
RATH hamjamiyati tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda, ishlab chiquvchilar, Data Scientists-lar va biznes-tahlilchilar loyihani rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shmoqdalar va uning potentsialini maksimal darajada oshirish bo'yicha o’z g’oyalari bilan bo’lishib kelyaptilar.
Tajribali maʼlumotlar tahlilchisi boʻlasizmi yoki endigina ish boshlayotgan boʻlsangiz, RATH oʻz maʼlumotlarini tahlil qilish va vizualizatsiya qilish bo’yicha bilimlarini oshirmoqchi bo’lgan har bir kishi uchun zarur vositadir.
3. Gogs - ochiq manbali GitHub alternativasi
Gogs Git versiyalarini boshqarish uchun qulay interfeysni taklif etadi, bu esa GitHub-ga ajoyib alternativa bo’ladi. U muammolarni kuzatish, pull requests и wikis kabi qator xususiyatlarni taqdim etadi. O'z-o'zini o’rnatish va sozlash imkoniyati tufayli Gogs, Git bilan ishlash uchun moslashuvchan va xavfsiz echimdir.
4. NocoDB - AirTable-ga ochiq manbali alternativa
NocoDB - bu SQL, NoSQL va Graphni qo'llab-quvvatlaydigan moslashuvchan va kengaytiriladigan ma'lumotlar platformasi.
NocoDB ma'lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish uchun oddiy, ammo kuchli interfeysga ega. Dasturda real vaqtda ma'lumotlar yangilanishi ham mavjud.
NocoDB o'z ma'lumotlarini ko'proq nazorat qilish va sozlashni talab qiladiganlar uchun Airtable-ga ajoyib muqobildir.
5. Rocket.Chat - Slack-ga ochiq manbali alternativa
Rocket.Chat - ovozli va video qo'ng'iroqlar, ekran almashish va fayl almashish bilan real vaqt rejimida jamoaviy muloqotni ta'minlaydi. U juda keng qamrovli sozlamalarga ega va mustaqil ravishda o’rnatilishi yoki bulutga asoslangan yechim sifatida ishlatilishi mumkin. Foydalanuvchilarning birgalikda ishlash vositalari bilan Rocket.Chat Slack-ga ajoyib alternativa hisoblanadi.
6. Plausible Analytics — Google Analytics-ga alternativa
Plausible Analytics - bu real vaqt rejimida va shaxsiy ma'lumotlarni yig'masdan web-sayt faoliyati haqida batafsil hisobotlarni taqdim etadigan xavfsiz analitika.
Shuningdek, u web-sayt ish faoliyatini ko'rsatish uchun oddiy va intuitiv interfeysni taklif etadi.
7. Mastodon - bu Twitter-ga ochiq manbali alternativa
Mastodon - bu Twitter kabi markazlashtirilgan ijtimoiy tarmoqlarga ochiq kodli alternativa. Bu markazlashtirilmagan serverlar tarmog'i bo'lib, foydalanuvchilarga bir-biri bilan ulanish, kontent almashish va onlayn hamjamiyatlarda ishtirok etish imkonini beradi. U an'anaviy ijtimoiy media platformalari kabi ko'plab imkoniyatlarni taklif etadi, jumladan, rasm va videolarni almashish va layk, sharhlar va repostlar orqali boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish. Mastodon shaxsiy daxlsizlik, so‘z erkinligi va o‘z shaxsini onlayn nazorat qilishga katta e’tibor qaratadi, bu esa uni ushbu tamoyillarni qadrlaydigan foydalanuvchilar orasida mashhur qiladi.