Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamoq,

vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni

kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim

(Abdulla Avloniy)

 

Bolani yoshligidan tartibli va saramjon qilib yetishtirish uchun nima qilish kerak? Bu savol barcha ota- onalarni  qiziqtirishi tabiiy. Axir, tartib faqat bir necha daqiqaga saqlanib qolsa, muntazam tozalash muammoga aylanadi. 

Keling, bolaga 2 yoshidan boshlab tartibni o’rgatish kerakligini aytaylik. Bunday treningning asosi, albatta, o’z oilasining namunasidir. Agar siz atrofdagi tartibsizliklarga be’tibor bo’lsangiz va buyumlaringizni har joyga qo’ysangiz, bolangizdan  saramjon bo’lishini kutmamg. Bolalar ota - onalarini hatti - harakatlarini takrorlashadi.

2 -3 yoshli bolalarga tozalashni o’yin tarzida ko’rsatish kerak. Misol uchun siz barcha o’yinchoqlarni “uylarga “ qo’yishingiz va ular bilan birgalikda savatga kim ko’p o’yinchoq yig’adi kabi o’yinni o’ynasangiz bo’ladi, endi o’sib ulg’yotgan bolalar uchun bu qiziq va samarali usul bo’la oladi. Bolalaringiz o’yinchoqlarini ularning ko’z o’ngida yuvishingiz va artishingiz, ularga ham buni tavsiya qilishingiz mumkin. Ular uchun o’yin tarzida qilgan har bir ishingiz qiziqarli bo’ladi. 

Sizning harakatlaringiz ketma - ketligi muvaffaqiyat kalitidir

Agar bolaga o’rgatmagan bo’lsangiz, undan nimanidir talab qilishingiz mumkin emas. Sizga kutganingizdan ko’proq vaqt kerak bo’lishi mumkin, undan so’ragan narsangizni qanday qilib to’g’ri bajarish kerakligini bir necha bor ko’rsatishga va tushintirishga tayyor bo’ling. Agar bolaning bajarishi kerak bo’lgan yumushi bo’lsa - yu, lekin siz uni qiladigan ishidan ko’nglingiz to’lmasdan buni o’zingiz bajarsangiz bu xato bo’ladi, kelajakda u ishdan qochadigan bo’ladi. Bola bajarishi kerak boʻlgan vazifani bolaning o’ziga qo’yib bering va unga ishonch bildiring kamchiliklarini do’stona tushuntiring. Vaqti - vaqti bilan bolangizni rag’batlantiring va maqtab turing bolalarga aytilgan maqtovlar o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.

Bolalarga to’g’ridan- to’ri tartibli bo’lishlarini talab qilolmaysiz, haddan tashqari talabchanlik bolani bezdirib qo’yishi mumkin. Bolaga tinimsiz kiyimingni to’g’irla, xonangni to’zitma, choyshablaringni to’girla degan so’zlarni ko’p ishlatganingiz bilan u saramjon bo’lib qolmaydi, hamma narsa me’yorida bo’lgani maqul. Siz uyda va ishingizda tozalik va saramjonlikni yaxshi ko’rsangiz va bunga o’zingiz ham amal qilsangiz bolangiz ham tabiiy ravshta saramjon va tartibli bo’lib ulg’ayadi.