Ushbu maqola so‘nggi yillarda neymingda qaysi jihatlarga e’tibor berilayotganligi haqidagi qisqacha statistik ma’lumotlardan iborat.

Afzal nomlar

Eng ko‘p ma’qullangan 5 nomning 4 tasi quyidagi xususiyatlarga ega:

  •  2 bo‘g‘inli;
  • leksikada mavjud so'z yoki yasama nom;
  • brend faoliyatiga ishora yoki mavhum;
  • 6 ta harfdan oshmagan.

Qisqa, ayniqsa, yasama nomlar ma’qulroq.

Leksikada mavjud so‘zlar (shu jumladan, qo’shma so’z yoki so’z birikmalari) esa yasama nomlardan ham afzalroqdir.

Abbreviaturalar yuqoridagilar ichida eng ta’siri kam nomlar hisoblanadi.

 

Nom hajmi

Tadqiqotlar o'tkazilgan 10 000+ nomlar mavjud ro‘yxatda 5-10 ta harfdan iborat nomlar yetakchilik qiladi. 10% dan kamrog‘i 14 va undan ortiq harfdan tashkil topgan.

Ro‘yxatdagi nomlarning 52% bir so‘zdan, 37% ikki so‘zdan, 11% esa 3+ so‘zdan iborat.

Yasalgan nomlar leksikada mavjud so‘z, qo‘shma so‘z yoki so‘z birikmasi orqali hosil qilinganlariga nisbatan biroz qisqaroq ekan.

 

Birinchi harflar

40% dan ortiq nomlar C, A, P yoki S harflari bilan boshlanadi. Bu chastota (qo’llanilish miqdori) ingliz tilida aniqlangan harflar chastotasi bilan bir xil.

 

Yangi nom vs. qayta nomlash

Shubhasiz, yangi nom qayta nomlashdan yaxshiroq.