Bir paytning o'zida yuzlab kitoblarni olib yursa bo'ladigan, boshqa elektron qurilmalardan farqli o'laroq, ko'z nuriga salbiy ta'siri kam bo'lgan, ixcham va qulay bukriderning afzalliklari...

Ixcham. Bukrider o‘quvchilarga qayerga bormasin, butun kitoblar to‘plamini o‘zlari bilan olib yurish imkonini beradi. Bu yo‘lovchilar, tez-tez sayohat qiluvchilar yoki kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan, ammo ularni ko‘tarib yurishni yoqtirmaydiganlar uchun bebaho buyumdir.

Internetga ulanish. Ko‘plab bukrider foydalanuvchilari bu xususiyatni yaxshi ko‘rishadi. Chunki bu ularga internetdan xohlagan kitobini yuklab olish imkonini beradi.

O‘qish oson. Telefon, planshet yoki kompyuterga nisbatan ko‘zga zarari bir necha barobar kam. Bundan tashqari, ko‘pchilik foydalanuvchilar bukriderda mutolaa yoqimli bo‘lishini ham tan olishadi. 

Foydalanishning qulayligi. Bukrider qog‘ozli kitobga nisbatan qidiruv tizimi bilan ham ahamiyatli. Biron bir so‘z yoki iborani bir necha soniyada qidirib topish mumkin. Unda kitobning sevimli joylarini belgilab ham qo‘ya olasiz. Shuningdek, so‘zlarning o‘lchamini ehtiyojlaringizga mos ravishda sozlashingiz mumkin.

Chalg‘ituvchilar yo‘q. Kitob o‘qishdan boshqa maqsadlarda deyarli foydalana olmaysiz.

Elektron kitob o'qish qurilmasi (bukrider) ilk bora ommalasha boshlaganda, an'anaviy qog'ozli kitoblar hayotimizdan chiqib keta boshlaydi, degan fikr paydo bo'lgandi.

Ammo unday bo'lmadi.

Qog'ozli kitoblar hamon ahamiyatini, qadr-qimmatini yo'qotgani yo'q.

Bukrider qog'ozli kitob topilmaganda, jamoat transportida, sayohat paytida va shu kabi vaziyatlarda kitobxonlarga qo'l kelmoqda.