CodeProject.AI Server - bu har qanday platforma va har qanday til uchun lokal o'rnatiladigan, mustaqil, tezkor, bepul va ochiq manbali AI server. 

CodeProject.AI Serverni ma'lumotlar bazasi serveri sifatida tasavvur qiling: siz uni o'rnatasiz, u fonda ishlaydi va oddiy API orqali istalgan ilovaga AI operatsiyalarini taqdim etadi.

 

CodeProject.AI Serverining xususiyatlari

  • Tasvirlarda ob'ektni aniqlash
  • Tasvirlarda yuzni aniqlash
  • Yuzni anime uslubidagi multfilmga aylantirish
  • Matn va avtomobil raqamlarini aniqlash va o’qish
  • Rasmda tasvirlangan sahna turini aniqlash
  • Dasturda ro'yxatdan o'tgan yuzlarni tanib olish
  • Matn xulosasini yaratish uchun matndagi eng muhim jumlalarni ajratish
  • Rasmlardan fonni avtomatik olib tashlash
  • Portret effekti uchun tasvirlar fonini xiralashtirish
  • Matn hissiyot reytingini aniqlash

 

Windows Install va Docker versiyalarida faqat obyektni aniqlash modullari mavjud. Boshqa modullarni asboblar paneli orqali o'rnatish mumkin.

 

CodeProject.AI Server windows xizmati yoki Docker konteyneri sifatida ishlatish mumkin. Windows Installer-ni bu yerdan ko`chirib olishingiz mumkin. 

Agar sizda Docker o’rnatilgan bo’lsa, windows uchun quyidagi buyruq bilan ishga tushirish mumkin:

docker run --name CodeProject.AI -d -p 32168:32168 codeproject/ai-server

O`rnatib bo’lgandan so’ng, brauzerda CodeProject.AI boshqaruv panelini ochish uchun http://localhost:32168 sahifasiga o'ting. Bu sizga server ishlashi haqida to’liq ma'lumot beradi.

 

CodeProject.AI Server dasturchilar uchun API foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, rasmdagi ob’yeklarni aniqlash uchun POST: http://localhost:32168/v1/vision/detection http buyrug`ini bajaring. Javascript-da mana bunda ko’rinishga ega bo’ladi:

var formData = new FormData();
formData.append('image', fileChooser.files[0]);

fetch('http://localhost:32168/v1/vision/detection', {
    method: "POST",
    body: formData
})
.then(response => {
    if (response.ok) response.json().then(data => {

        for (let prediction of data.predictions)
            console.log(prediction.label);

        console.log(JSON.stringify(data));
    });
});

Api haqida to`liq ma`lumotni bu yerdan ko’rishingiz mumkin.

 

 

Foydalanilgan havolalar:

  • https://www.codeproject.com/AI/index.aspx