Davlat mexanizmi

Biz bu mavzuni boshlashdan oldin davlat mexanizmi tushunchasini tahlil qilamiz taniqli huquqshunos SH.A.Sadullayevning fikricha “  Davlat mexanizmi davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi, davlat funktsiyalarini bajaruvchi, davlatning o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va maqsadlariga erishishni ta’minlovchi davlat organlari, davlat korxonalari va muassasalari majmui. Ular vositasida davlat hokimiyati amalga oshiriladi va jamiyat ustidan davlatning rahbarligi ta’minlanadi. Davlat mexanizmi tarkibi davlat apparati, davlat korxonalari, davlat muassasalaridan iborat. ”  Endi davlat mexanizmi tarkiblarini birma - bir ko'rib  chiqamiz :

1.    Davlat apparati - bu  (inglizcha - mashinery of government) — turlari va darajalariga bog'liq bo'lmagan holda davlatning barcha organlari majmui. Davlat apparati - bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan, muayyan tizimga birlashgan va jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarishga safarbar etilgan davlat organlari majmuidan iborat.

2.    Davlat korxonalari - bu davlat mulkiga tegishli bo‘lgan va hukumat tomonidan boshqariladigan korxonalardir. Ular iqtisodiyotning muhim sohalarida faoliyat yuritadi.

 3. Davlat muassasalari - bu davlat tomonidan tashkil etilgan va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun ishlaydigan tashkilotlardir. Ular odatda foyda olish uchun emas, balki aholiga xizmat qilish uchun faoliyat yuritadi.

Endi esa davlat mexanizmining asosiy funksiyalari nimalardan iboratligini bilib olamiz -bular :

  1.  Boshqaruv funksiyasi - jamiyatni tartibga solish shu bilan birga , qaror qabul qilish va ijro etish ;

   2.  Huquqiy tartibga solish funksiyasi - qonunlar yaratish va ularning ijro etilishini ta'minlab berish ; 

   3. Himoya funksiyasi - fuqarolarning huquq va erkinliklari shu bilan birgalikda ularning manfaatlarini himoya qilish ; 

   4. Ijtimoiy funksiya - ta'lim , sog'liqni saqlash , bandlik kabi sohalarni rivojlantirish ;

   5. Xavfsizlik funksiyasi - ichki va tashqi xavflardan himoya qilish ; 

   

Har bir funksiyani bajarish uchun alohida davlat organlari jalb etilgan misol uchun : boshqaruv funksiyasiga - Oliy majlis va uning palatalari ya'ni yuqori palatasi Senat va quyi palata Qonunchilik deputatlari mas'ul hisoblanadi .Ijro etish funksiyasiga : Vazirlar mahkamasi , Prezident va ijro etuvchi organlar (ya'ni vazirliklar , qo'mitalar , hokimliklar ) mas'uldirlar . Himoya funksiyasi : O'zbekiston Respublikasi sud tizimi , O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi , Ichki ishlar vazirligi mas'ul .Ijtimoiy funksiyasiga : Vazirlar mahkamasi , Sog'liqni saqlash vazirligi , Maktabgacha va maktab ta'lim tizimi va Bank roganlari . Oxirgisi mudofaa funksiyasi : Mudofa vazirligi , Milliy gvardiya , Davlat xavfsizlik xizmati doim mas'ul hisoblanadi. 

 

Davlat mexanizming jamiyatdagi o'rni  bu eng muhim qism hisoblanadi.

  •   Jamiyatda tartib va barqarorlikni ta'minlab turadi ;

  • Qonun ustuvorligini amalga oshiradi ;

  • Fuqarolar manfaatlarini davlat darajasida himoya qiladi ;

  • Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun sharoit yaratadi ;

  • Jamiyat va davlat o'rtasidagi muvozanatni saqlashga ko'maklashadi ;

Davlat mexanizmi

Davlat mexanizmi jamiyatni boshqarishning murakkab va ko‘p bosqichli tizimi bo‘lib, u tarixiy rivojlanish jarayonida shakllangan muhim siyosiy-huquqiy institut hisoblanadi. Har bir davlat organi ushbu tizimda o‘ziga xos vazifa va mas’uliyatga ega bo‘lib, ular o‘zaro hamkorlikda ishlagandagina davlat boshqaruvi to‘liq va samarali amalga oshadi.Davlat mexanizmining muhim jihatlaridan biri — uning doimiy ravishda jamiyat ehtiyojlariga moslashib borishidir. Jamiyat rivojlangani sari davlat organlarining faoliyati ham takomillashadi, boshqaruv shakllari esa yanada zamonaviy va samarali usullarga asoslanadi. Bu esa davlat mexanizmini statik emas, balki dinamik tizim sifatida ko‘rsatadi.Shuningdek, davlat mexanizmining barqarorligi nafaqat huquqiy me’yorlarga, balki fuqarolarning siyosiy faolligi va huquqiy madaniyatiga ham bog‘liqdir. Fuqarolar qonunlarga rioya qilsa, davlat organlari faoliyatini to‘g‘ri tushunsa va jamiyat hayotida faol ishtirok etsa, davlat mexanizmi yanada mustahkam ishlaydi.
      Xulosa qilib aytganda, davlat mexanizmi jamiyat taraqqiyotining asosiy tayanchi bo‘lib, uning to‘g‘ri ishlashi davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti

Biznes huquqi va sud himoyasi fakulteti 1-kurs talabasi Sirojova Parvina