Depressiyadan chiqish uchun nima qilish kerak?

Depressiya uzoq vaqt mobaynida o'ta tushkun kayfiyat, fikrlar karaxtligi va har qanday ongli faoliyatga bo'lgan intilishning so'nishi bilan kechovchi kasallikdir. Ayollar erkaklarga qaraganda ikki barobar ko'proq tushkunlik kasalligiga chalinadi. Agar o'zingizda depressiyaga xos belgilarni aniqlasangiz, to'g'ri tashxis qo'yish uchun psixiatr bilan maslahatlashing. Uzoq muddatli depressiya ishlashga, boshqalar bilan munosabatlarga salbiy ta'sir qiladi va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Depressiyaning ko'plab belgilari mavjud. Masalan, ko'plab bemorlar kun bo'yi uxlashni xoxlaydi, lekin kechalari yotgandan keyin bir necha soat uxlay olmaydi. Bu charchoqning to'planishiga va vaziyatning og'irlashishiga olib keladi.
Depressiya hayot sifatini pasaytiradi, shuning uchun iloji boricha tezroq undan chiqib ketish kerak. Quyida bu borada bir nechta maslahatlar bilan tanishg:
1. Vaqtida uxlang. Uyqu va dam olishning yetishmasligi depressiyani yanada kuchaytiradi. Shuning uchun, kuniga kamida 8 soat uxlashni ta'minlash kerak. To'liq dam olish uchun soat 23:00 gacha uyquga yotish kerak. Yotoqxona tinch va qorong'u bo'lishi lozim. Xonadagi hayo haroratiga ham e'tibor qaratish lozim.
2. Dam oling. Zamonaviy odamning hayot ritmi ko'proq poygaga o'xshaydi, ular ko'p ishlab, ko'p kam dam oladi. Depressiyaga tushganlar esa ko'proq dam olishi kerak. Bunda chuqur nafas olish va chiroyli tasvirlarni vizualizatsiya qilishga asoslanga meditatsiyalar juda yaxshi yordam beradi.
3. Vaziyatni o'zgartirish. Ko'pincha, ruhiy tushkunlikdan chiqish uchun sharoitni o'zgartirish kifoya: uyda mebellar o'rnini almashtirish, sayohatga borish, teatr va ko'rgazmalarga tashrif buyurish, yangi turmush tarzini yaratish lozim.
4. Atrof- muhitni o'zgartirish. Jamiyat insonga katta ta'sir ko'rsatadi. Tushkunlikka tushgan, bahtsiz odamlar bilan muloqot depressiya holatiga olib keladi. Shuning uchun, faol quvnoq va bahtli odamlar bilan muloqot qilishga harakat qiling. Yangi qiziqarli odamlar bilan tanishish uchun biror o'quv mashg'ulotlariga borish, yaxshi samara berishi mumkin.
Depressiyadan chiqishni xoxlasangiz, avvalo miyangizdagi fikrni o'zgartirish lozim. Depressiya- bu irodasizlik, baxt- bu iroda, depressiya bu kasallik, sog'lik bu baxt, depressiya- bu yig'lash, baxt bu tabassum. Sog'likni shakillantirish ham bilim, kasallik bilan fikrlashham bu sizning miyangiz bilgan bilimlar to'plami xolos. Qanday qilib kasallikda nolish, og'riqni yenga olmasdan shifokordan- shifokorga yugurish ham miya ishlab chiqargan o'ziga xos maqsad va ehtiyojlar to'plamidir.
Depressiyadan chiqish yo'llari

Bugungi kunda depressiyadan ko'plab insonlar uchun jiddiy muammo bo'lib bu ruhiy holat hayot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Har bir inson hayotida turli xil muammolar va stresslar bo'lishi tabiiy. Biroq, ularni yengib o'tish va ruhiy salomatlikni tiklash uchun samarali yo'llar mavjud.
Birinchidan, psixoterapiya muhim rol o'ynaydi. Mutaxassislar bilan suhbat orqali inson o'z his- tuyg'ularini ifoda etishi, muammolarni tushunishi va ularga qarshi kurashish strategiyalarini ishlab chiqishi mumkin. Psixologik yordam ko'pincha depressiyaning dastlabki belgilari paydo bo'lganda juda foydali bo'ladi.
Ikkinchidan, dori- darmonlar ba'zida zarur bo'lishi mumkin. Shifokor tomonida belgilanga antidepressantlar kayfiyatni yaxshilashda va ruhiy holatni barqarorlashtirishda yordam beradi. Biroq, dori- darmonlarni qabul qilishda oldin mutaxassis bilan maslahatlashish muhimdir.
Jismoniy faoliyat ham depressiyadan chiqishda muhim omil hisoblanadi. Sport yoki jismoniy mashqlar nafaqat organizmni mustahkamlash, balki stressni kamaytirish va kayfiyatni ko'tarish uchun samarali vositadir. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilish, endorfinlar ishlab chiqarishni rag'batlantiradi, bu esa insonni yanada baxtli his qiladi.
Sog'lom ovqatlanish ham ruhiy salomatlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Meva va sabzavotlar, ozuqa moddalarga boy mahsulotlar miyaning funksiyalarini yaxshilaydi va energiya beradi. Shuningdark, ichimliklar va zararli odatlardan cheklanish ham foydali.
Ijtimoiy aloqalar depressiyadan chiqishda muhimdir. Do'stlar, oila va yaqinlar bilan vaqt o'tkazish, o'z his- tuyg'ularini baham ko'rish, odamni yolg'izlik hissidan qutqaradi va qo'llab- quvvatlashni ta'minlaydi. Bunday aloqalar insonning o'zini yaxshi his qilishi uchun zarur.
Oxirgi ammo muhim yo'l- meditatsiya va nafas olish texnikalaridir. Ushbu amallar stressnikamaytiradi, ruhiy tinchlikni ta'minlaydi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Har kuni bir necha daqiqa meditatsiya qilish, insonni ruhiy holatini yaxshilashda yordam beradi.
Natijada, depressiyadan chiqish yo'llari bir qator samarali strategiyalarni o'z ichiga oladi. Psixoterapiya, dori- darmonlar, jismoniy faoliyat, sog'lom ovqatlanish , ijtimoiy aloqalar va meditatsiya- bularning barchasi inson ruhiy salomatligini tiklashda muhimdir. Agar siz o'zingizni yomon his qilsangiz, mutaxassislardanyordam so'rashdan tortinmang. Siz yolg'iz emassiz va yordam har doim mavjud.
Depressiyaning umumiy belgilari va alomatlariga
Depressiya odamlarga turlicha ta'sir qilishi mumkin, ammo odatda alomatlar sizning his- tuyg'ularingizga, harakatlaringizga ta'sir qiladi. Alomatlar, odatda, ikki haftadan ko'proq vaqt davomida namoyon bo'ladi. ushbu umumiy simptomlardan ba'zilari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Doimiy qayg'uli, tashvishli yoki “bo'sh” kayfiyat
- Energiyani yo'qotish
- Konsentratsiyaning yetishmasligi
- Aybdorlik, befoyda yoki ojizlikhissi
- Achchiqlanish yoki g'azablanish hissi
- Aybdorlik hissi tuyadi yoki uyquning o'zgarishi- ko'payishi yoki kamayishid
- Ilgarigidek yoqimli tadbirlarga qiziqishining yetishmasligi
- Umidsizlik hissi
- O'lishni istagan tuyg'ular va fikrlar
- O'ziga zarar yetkazish yoki o'z joniga qasd qilish harakati
Barchamiz ichki xavotir va tushkunlik negizida aynan nima sabablar yotganini anglash, uni tushunishni o'rganish va ichki muloqot orqali qalbdagi ziddiyatlarni kamaytirishni o'rganishimiz lozim. Shunda tushkunlik, depressiv xayollar kelib chiqishining oldini olamiz hamda uni yengishda qanday quroldan foydalanish kerakligini bilib olamiz. Asosiysi, hayotimizdagi eng muhim odam- o'zimizga g'amxo'rlik qilishni unutmasak bas.