Dizayner Andre Tan bizga 2024 yil qish fasli uchun ustki kiyim tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi, ayniqsa kurtkalar haqida. Darhaqiqat, zamonaviy va qulay kiyim tanlash qiyin, lekin agar siz mutaxassisning maslahatlariga quloq tutsangiz to’g’ri tanlov qilishingiz mumkin. 

Uzunlik

Odatda oxirgi yillarda uzun va keng fasondagi kurkalar urfga kirib ulgurdi,  bu yil ham ular yana trendda. Buning sababi kurtkalar ichki qismidan kiyadigan ko’laklarimiz uzunligi tizzamizdan uznroq shimlar esa keng fasonda shu sababli uzun kurtkalar buni to’ldirib turadi ya’ni ko’ylaklarimiz kurtka pastidan chiqib qolmaydi shim kiyganimizda ham juda chiroyli va qulay ko’rinadi

Qo’y junli

Mutaxassislarning fikricha bu yilgi qish faslini bunday kurtkalarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu kurkalar mavsumning eng modaga kirgan kurkalardan biriga kiritishdi. Ular sizning ko’rinishingizga qulaylik va tabiiylik bag’ishlaydi, shuningdek ular qalin jumperlar ustidan kiyish uchun qulay. Yuqori belli jinsilar bilan to’plamga hashamat bag’ishlaydi. 

 

Retro uslub

Retro bu yilgi asosiy tendentsiyalardan biri bo’lib qolmoqda. Modalar uyi 70, 80 va 90 - yillarning modasini faol ravishda jonlantirmoqda va uni zamonaviy uslubga moslashtirmoqda. Retro uslubdagi tashqi kiyim trikotaj, charm, dantel, denim va mavsumning boshqa tendentsiyalari bilan qulay ko’rinishga juda mos keladi.

Metall effekt

2024 yilda deyarli barcha brendlar tandentsiyaga berilib, o’z kollektsiyalarida metall  ustki kiyimlarni taqdim etishdi. Endi siz kumush va oltin rangdagi metall yaltiroq charm kurtkalarni kiyib ko’rishingiz mumkin, bu har qanday ko’rinishga zamonaviy qo’shimcha bo’ladi. Qishda, e’tiboringizni yengil yoki aksincha, jozibali po’lat yaltiroq metallardan tayyorlangan kurtkalarga qarating. Rang bilan tajriba o’tkazing va mavsumning zamonaviy ranglarida, masalan, binafsha rangdagi metall kurtkalarni tanlang.