Doʻst ketar kitob qolur
(Hayot daftaridan) turkumiga oid.
Do‘st ketar, kitob qolur.
Biz tan olishga majbur boʻlgan bir haqiqat bor, u ham bo'lsa shudir.
Yoshimiz ilgarilaganicha, atrofimizdagi do'stlarimizdan uzoqlashadilar.
Inson balki, ijtimoiy tomonlama qobiliyatli bo'lsa, talabalari bo'lar, shogirdlari boʻlar ammo ular bilan muloqoti ham bir masofagachadir.
O'sha masofa tugagach, u talabalari ham o'sha insonni tark etib ketadi.
Lekin insonni butun umr bir narsa tark etmaydi, bu nima ekanligini bilasizmi?
Buning nomi shudir "kitob," kitob insonni hech qachon tark etmaydi.
Kitob o'qigan inson o'ziga yarasha not oladi o'sha kitobni o'qiyotgan, talaffuz etayotgan vaqtda.
Maʼlum bir joyga qadar o'qiydi, so'ngra bir qogʻozga not yozadida oʻsha qog'ozni, o'sha bitga joylab qo'yadi.
Oradan yillar o'tadi, tasodifan qo'liga o'sha kitob tushib qolganda varaqlayotib, o'sha yozgan notiga ko'zi tushadi.
Shunda deydi: "Men bu kitobni o'qigan vaqtim oʻttiz besh - qirq yoshda edim, yillar o'tdi o'sha davrdagi do'stlar meni tark etdi, ammo bu kitob hali ham yonimda," deydi o'z o'ziga.
Ixtiyor Mamatmurod 09.06.2025
https://t.me/ixtiyormamatmurod/1370