Eng foydali va zararli yog’lar qaysilar ekanligini bilasizmi ???
Yog’lar nafaqt turli xil ta’m xususiyatlariga, balki ozuqaviy tarkibiga ham ega. Qaysi yog’lar foydali deb hisoblanadi va dietologlar ularni qaysilarini sitib olishni tavsiya etadilar.
Inson organizmi uchun foydali yog’lar
Saryog’- to’yingan va to’yinmagan yog’larning asosiy manbalaridan biridir. Ilmiy jihatdan isbotlang: ba’zi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, to’yingan yog’larni to’yinmagan yog’lar bilan almashtirish yurak xastaliklar xafini kamaytiradi. Mutaxassislar foydali xususiyatlarni yo’qotmasdan yuqori haroratga bardosh beradigan yog’larni tanlashni maslahat berishadi. Bunday mahsulotlar qovurish, pishirish va salat tayyorlash uchun ishlatish mumkin- har qanday holatda ular vitaminlar, antioksidantlar va minerallarni saqlaydi.
Zaytun yog’i- mahsulot tuzilishini o’zgartirmaydigan mexanik usullar yordamida ishlab chiqariladi. Shuning uchun vitaminlar, fenolik birikmalar va boshqa tabiiy kimyoviy moddalar saqlanib qoladi. Zaytun moyi tarkibida antioksidantlar, jumladan E vitamini mavjud bo’lib, ular yurak xastaliglari va saraton xafini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu modda organizmdagi yallig’lanish jarayonlariga qarshi kurashadi.
Bodom yog’i - ozuqaviy moddalarga boy, jumladan omega - 3 yog’ kislotalari, E vitamini, magniy va mis . Mahsulot antioksidantlarning ajoyib manbai bo’lib yurak salomatligi va terining holatini yaxshilaydi, qondagi qand miqdorini barqaror ushlab turadi va asab tizimini himoya qiladi.
Zig’ir urug’i yogi’- foydali bo’lib qon bosimini tartibga solishga yordam beradigan alfa- linolenik kislotani o’z ichiga olgan muhim yog’ kislotalarning yaxshi manbaidir. Yuqori mono to’yinmagan yog’ miqdori tufayli zig’ir urug’i yog’i tezda buziladi, shuning uchun uni muzlatgichda yoki qorong’i joyda saqlash kerak.
Inson organizmi uchun zararli yog’lar
Ba’zi yog’lar tarkibida ozuqa moddalari mavjud bo’lsa, ba’zi yog’lar inson organizimi uchun salbiy ta’sir ko’rsatishi va zararli bo’ladi. Shuni yodda tutish kerakki, zararli yog’lar tanadagi yallig’lanishni kuchaytirib, sog’lig’ingizga zarar yetkazadi.
Palma yog’- ko’pchilik o’ylashi mumkin bu yog’dan foydalanmaymizku deb ammo hozir bazi maxsulotlar tarkibida bo’lishi mumkin do’kondan mahsulot olayotganda uning tarkibiga e'tibor berish kerak . Palma yog’ ko’pincha nosog’lom trans yog’larni almashtirish sifatida ishlatiladi, ammo mahsulotning o’zini sog’lom deb atash mumkin emas. Ba’zi tadqiqotlarga ko’ra, yog’ yomon xolesterin darajasini oshiradi. Yurak qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Makkajo’xori yog’i - Ko’pincha makkajo’xori yog’i genetik jihatdan o’zgartirilgan o’simliklardan tayyorlanadi - shuning uchun u diabet, saraton va altsgemer kasalligi kabi sog’liq muammolarga olib keladigan ko’p miqdorda omega - 6 yog’ kislotalarni o’z ichiga oladi.
Ko’plab o’simlik moylarida yuqori haroratda qizdirilganda yoki qayta - qayta ishlatilganda foydali biologik faol birikmalar yo’qoladi va inson organizimi uchun zararli bo’gan moddalar ishlab chiqaradi bu esa turli xil kasalliklarga olib keladi.