FE’L (THE VERB)
Umumiy ma’lumotlar
Shaxs yoki narsaning harakati yoki holatini ifodalovchi so‘zlar fe’l deyiladi.
1. Fe’llar sodda, yasama va qo‘shma bo‘ladi:
a) sodda fe’llar tarkibida qo‘shimcha yoki old qo‘shimcha bo‘lmaydi;
b) yasama fe’llarning qo‘shimchasi yoki old qo‘shimchasi bo‘ladi:
-en: to widen — kengaytirmoq
to strengthen — kuchaytirmoq
-fy: to simplify — sod dalashtir moq
to signify — ifodalamoq, bil dir moq
-ize: to mobilize — jalb qilmoq
to organize — tashkil qilmoq
-ate: to demonstrate — namoyish qilmoq
un-: to unload — yukni tushirmoq
to untie — yechmoq
re-: to resell — qayta sotmoq
to disappear — g‘oyib bo‘lmoq
to separate — ajratmoq
dis-: to disarm — qurolsizlantir moq
c) Qo‘shma fe’llar ikki so‘zdan yasaladi:
to whitewash — oqlamoq
to broadcast — radioda eshittirmoq
Eng keng tarqalgan qo‘shma fe’llar: fe’l + ravish
to come in — kirmoq
to take off — yechmoq
to go on — davom ettirmoq.
Fe’lning shaxsi ma’lum va shaxsi noma’lum shakllari (Finite and non-fi nite forms of the verb)
Fe’lning shaxsi ma’lum ( Finite Forms), shaxsi noma’lum (Non- Finite forms or Verbals) shakllari bor.
1. Fe’lning shaxsi ma’lum shakllari shaxs, son, mayl, zamon, nisbatni ifodalaydi. Ular gapda doimo yakka o‘zi kesim bo‘lib keladi:
She lives in London.
T: U Londonda yashaydi.
He is working in the library.
T: U kutubxonada ishlayapti .
They were invited to the concert.
T: Ular konsertga taklif qilinishdi.
My sister was here in the morning.
T: Mening opam ertalab shu yerda edi.
Buyruq maylidagi fe’llar ham fe’lning shaxsi ma’lum shakliga kiradi, chunki u gapda tushirib qoldirilayotgan ega you ning kesimidir:
Close the window, please.
2. Fe’lning shaxsi noma’lum shakliga — infinitiv (the Infinitive) harakat nomi, gerund (the Gerund) va sifatdosh (the Participle) kiradi. Ularda shaxs, son va mayl yo‘q va ular gapda mustaqil ravishda kesim bo‘lib kela
olmaydi:
I have come here to speak to you (infinitiv gapda maqsad holi).
Men bu yerga siz bilan gaplashgani keldim.
We discussed different methods of teaching foreign languages (gerund aniqlovchi).
Biz xorijiy tillarni o‘qitishning turli uslublarini muhokama qildik.
The book lying on the table belongs to Mr. A. (aniqlovchi).
Stol ustida yotgan kitob Mr. A.ga qarashli.
Fe’lning asosiy shakllari
Ingliz tilida fe’lning uchta asosiy shakli bor: infinitiv (the Infi nitive),
oddiy o‘tgan zamondagi shakli (Simple Past) va o‘tgan zamon sifatdoshi shakli (Past Participle). Ular barcha zamon shakllarini yasashda ishlatiladi.
To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llar
1. Fe’llar oddiy o‘tgan zamon (Simple Past) va o‘tgan zamon sifatdosh (Past Participle) shakllarining yasalishiga qarab to‘g‘ri va noto‘g‘ri fe’llarga bo‘linadi.
2. To‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’l o‘zagiga -ed qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Infinitive Simple Past Past Participle
to open
to work
to expect
opened
worked
expected
opened
worked
expected
3. Simple Past va Past Participle shakllari -ed qo‘shimchasini qo‘sh masdan, turli yo‘llar bilan yasaladigan fe’llar noto‘g‘ri fe’llar deyiladi. Noto‘g‘ri fe’llarning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllarini biz darsliklardagi
maxsus jadvallardan yoki lug‘atdan o‘rganamiz.
Jadvaldagi fe’lning ikkinchi shakli Simple Past shakli, uchinchi shakli esa Past Participle shaklidir.
Lug‘atlarda esa noto‘g‘ri fe’llarning Simple Past va Past Participle shakllari fe’lning asosiy shakli va o‘qilishidan keyin kichik qavs ( ) ichida
berilgan bo‘ladi. Kichik qavs ichidagi birinchi shakl fe’lning Simple Past shakli, ikkinchi shakl esa fe’lning Past Participle shaklidir. Agar kichik qavs ichida faqat bitta shakl berilgan bo‘lsa, shu bitta shakl ham Simple Past uchun, ham Past Participle uchun ishlatiladi:
go [gou] 1. v (went; gone) 1) bormoq
send [send] 1. v (sent) 1) jo‘natmoq
FE’L TURLARI
1. Ma’nosiga va gapdagi vazifasiga ko‘ra fe’llar quyidagi turlarga bo‘linadi: asosiy fe’llar, yordamchi fe’llar, bog‘lovchi fe’llar va modal
fe’llar.
2. Asosiy fe’llar (Notional Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘lib, gapda yakka o‘zi sodda kesim bo‘lib keladi:
He speaks French.
U fransuzcha gapiradi.
They returned yesterday.
Ular kecha qaytib kelishdi.
3. Yordamchi fe’llar (Auxilliary Verbs) mustaqil ma’noga ega bo‘lmasdan, fe’lning murakkab shakllarini yasashda yordam beradi. Ularga quyidagi fe’llar kiradi: to be, to have, to do, shall (should), will (would):
She is working in the garden. U bog‘da ishlayapti.
I have read the book. Men kitobni o‘qib chiqdim.
I do not know it. Men buni bilmayman.
He will speak to his friend. U do‘sti bilan gaplashadi.
4. Bog‘lovchi fe’llar (Link Verbs) ot-kesim yasashda bog‘lovchi bo‘lib keladi. Eng ko‘p ishlatiladigan bog‘lovchi fe’l to be fe’lidir:
He is an engineer. U — muhandis.
The box was heavy. Quti og‘ir edi.
5. Modal fe’llar (Modal Verbs) fe’lning asosiy shakli (infinitive) bilan birga keladi va asosiy fe’l ifodalagan ish-harakatning sodir bo‘lish imokoniyatini, ehtimolligini, zaruratini, xohishni bildiradi. Ularga can, may, must, ought to, need kiradi. Modal fe’llar fe’lning asosiy shakli bilan gapda qo‘shma fe’l-kesim bo‘lib keladi: