Chevrolet Silverado

 

General Motors kompaniyasi ChatGPT asosidagi sun'iy intellekt modellaridan foydalanadigan virtual ovozli yordamchi ustida ishlamoqda. Yechim ChatGPT, DALL-E va Microsoft Bing-ni qo‘llab-quvvatlaydigan OpenAI texnologiyasiga eksklyuziv huquqlarga ega bo‘lgan Microsoft Azure Cloud xizmatidan foydalanish. Kompaniya o'z avtomobillarining bort kompyuterlarida yordamchi joylashtirmoqchi.

Kompaniya vitse-prezidenti Skott Miller GM sun'iy intellektga asoslangan ovozli yordamchini ishlab chiqayotganini tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, yordamchi bugungi zamonaviy avtomobillarda mavjud bo‘lgan oddiy ovozli buyruqlar doirasidan kengroq imkoniyatlarga ega bo'ladi.

Misol uchun, mashinada shinalar yorilib ketgan hollarda, haydovchi yordamchidan qanday almashtirishni tushuntirishni so'rashi mumkin. Bunday holda, avtomobil bort tizimi ekranida qo'llanma videosini ko'rsatadi. Shuningdek, transport vositalari egalari avtomobil diagnostikasi indikatori nimani anglatishini so'rashlari va ta'mirlash ustaxonasiga yozilishlari mumkin bo‘ladi.

Microsoft bilan ikki yillik hamkorlik tufayli GM ushbu texnologiyani o'z avtomobillariga qo'llashda katta imkoniyatga ega. Konsern mashinalaridagi AI yordamchisi, ChatGPT yoki Bing chatbotidan farq qiladi, u avtomobillarga xos model bo'ladi.

GM va boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilari, Apple CarPlay va Android Auto orqali avtomobil boshqaruvini kengaytirayotgan Silikon vodiysi ishlab chiquvchilariga imkoniyatlarini berib qo'ymaslik uchun texnologik kompaniyalarga aylanishga intilmoqda. Mashinaning deyarli har bir komponenti qisman dasturiy ta'minotga tayanadi. Avtomobil kompaniyalari ushbu qismlarning barchasini yagona operatsion tizimda birlashtirishga harakat qilmoqdalar.