Google tomonidan ishlab chiqilgan sun'iy intellekt inson yordamisiz chet tilini o'rganishga muvaffaq bo'ldi. Mountain View giganti hali ham AI bunga qanday erishganini bilmaydi...

 

Google bosh direktori Sundar Pichai CBS telekanalida bergan intervyusida kompaniya nima uchun sun'iy intellektdan ehtiyot bo'layotgani haqida gapirdi. So'nggi yillarda Mountain View giganti haqiqatan ham AI bilan bog'liq bir nechta loyihalarni to'xtatdi. Xususan, Google xavfsizligi va imidjiga xavf keltirib chiqargani sababli, til modellari to'xtatildi. Qisman ushbu ehtiyotkorlik tufayli OpenAI va Microsoft sun'iy intellekt poygasida Googledan oldinda peshqadamlik qilishdi. Biroq, kompaniya o'zini peshqadam sifatida ko'rsatish uchun barcha kartalarga ega edi. "Biz hammamiz har qadamda javobgar bo'lishimiz kerak", deydi Sundar Pichai.

 

Raqobatchilarga javoban jasoratli bo'lishga intilib, Google Bardni ishga tushirishda xuddi shunday yondashuvni qo'lladi. Chatbotni butun dunyo bo'ylab darhol ishga tushirish o'rniga, kompaniya AQSh va Buyuk Britaniyadan boshlab bosqichma-bosqich foydalanishni tanladi. "Biz kuchliroq modellarni yaratish va joylashtirishdan oldin yanada mustahkamroq xavfsizlik qatlamlarini ishlab chiqmoqchimiz", deb tushuntiradi Google rahbari. Dastlab Google LaMDA  modeliga tayangan. Sekin-asta kompaniya yanada kuchliroq til modeliga – Pathways Language Model (PaLM) funksiyalarini qo‘shdi. PaLM 540 milliard parametrga ega, LaMDA esa atigi 137 milliardga ega. 

 

Sundar Pichayning so'zlariga ko'ra, ba'zida generativ sun'iy intellekt umuman kutilmagan yo'l tutadi. Shuning uchun sun'iy intellekt reaktsiyasini diqqat bilan kuzatib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilish juda muhim. 

 

Google xulosasiga ko'ra, ba’zan til modellari yangi ko‘nikmalarni avtonom tarzda, dasturchilarning ishtirokisiz ham o‘rgatishi mumkin. Misol uchun, Google tomonidan ishlab chiqilgan eksperimental sun'iy intellekt, Bangladesh tilini o’zi mustaqil ravishda o'rganishga muvaffaq bo'ldi. Sundar Pichai bilan taqdimotda, Google’ning texnologiya bo‘yicha katta vitse-prezidenti Jeyms Manika sun’iy intellekt o’ziga notanish bo’lgan tilni o‘rganishi uchun, unga bir nechta so‘rovlar berilishi yetarli bo’ldi: “Biz juda oz sonli bengal tili so‘rovlari yordamida butun Bengal tilini tarjima qilishi mumkinligini aniqladik". Biroq, Sundar Pichaining ta'kidlashicha, sun'iy intellektning bengal tilini o'rganishini aniq usuli haligacha Google muhandislariga noma'lum. Bosh direktorning tan olishicha, bunday g‘alatiliklarning sababi hali ham noma’lum: 

“Bilasizmi, bu unchalik tushunarli emas. Va siz nega u bunday qaror chiqargani  yoki nega u hatolikka yo’l qo’yganini bilmaysiz. Lekin bizda g‘oyalar bor, vaqt o‘tishi bilan tushunish qobiliyatimiz yaxshilanmoqda”. 

Google rahbari, xuddi sun'iy intellekt kabi, biz "inson aqli qanday ishlashini hali to'liq tushunmasligimizni" ham eslatadi.