Nasrga yoki senariynavistlikka qiziquvchi havaskor yozuvchilar yozishni qanday boshlashga o'ylanishadi.

Bu mo'jaz maqola prozaning eng kichik turlaridan biri bo'lmish hikoya yozish bo'yicha Maykl Lengsfild tomonidan tavsiya etilgan 5 bosqich haqida. Demak, boshladik...

Birinchi bosqichda hikoya turini aniqlab olamiz: jangari, detektiv, romantik, qo‘rqinchli, fojiaviy, qahramonlik va h.k.

Ikkinchi bosqichda hikoyaning bosh qahramonini gavdalantiramiz: 

Majburlikdan xorijda qiynalib ishlayotgan o‘ttiz yoshli erkak.

Uchinchi bosqichda qahramonimiz nima istaydi? Uning orzusi, maqsadi nima? Shularni tasvirlaymiz:

Qarzlaridan qutulib, yaxshigina pul bilan tezroq yurtiga, oilasi bag‘riga qaytish.

To‘rtinchi bosqichda biroq so‘zi anglatgan ma’no turadi. Qahramonimiz istaklariga nima to‘sqinlik qilyapti? 

Shuncha tashvishlari yetmaganday, ishlayotgan joylarida kattagina janjal chiqib, u jangga aylanib ketdi. Barchani qamashdi. Og‘ir jarohatlanganlar, hatto o‘lganlar ham bor.

Oxirgi bosqichda o'quvchi hikoyani nima uchun mutolaa qilishi kerak? Uni sevimli qilgan narsa nima? Ya'ni insonlar bu asarni o‘qishlariga sabab keltirishimiz kerak:

Qahramonimiz aybsiz deb topildi hamda ozod etildi. Shunday og‘ir vaziyatda do‘stlarini himoya qilib mushtlashdi. Holbuki, bu vataniga yaxshigina mablag‘ bilan qaytish maqsadini yo‘qqa chiqarishi mumkin edi.