Kiyimlaringizni asil holaticha saqlash uchun tavsiyalar
Qimmatbaho yoki arzon kiyimlar tezda yaroqsiz holatga keladimi? Muammo kiyimlarni sifatida emas, balki ularning noto'g'ri saqlashda bo’lishi mumkin. Ba’zi bir tavsiyalar va ko'rsatmalarga amal qilinsa siz kiyimlaringizni va narsalaringizni uzoq vaqt davomida sifatini yo’qotmagan holda saqlashingiz mumkin.
Yorliqqa diqqat qarating
Mahsulotni sotib olgandan keyin yorliqni diqqat bilan o’rganing. U sizga qaysi narsalarni mashinada va qaysilarni qo’lda yuvish mumkinligini va qaysilarni quruq tozalash yaxshiroq ekanligini aytib beradi. Yorliqda mahsulatni asl ko’rinishini dazmollash va saqlash bo’yicha ko’rsatmalar ham muvjud.
Ilgichlarga cho’zilib ketadigan kiyimlarni ilib qo’ymang
Kashmir, jun va trikotajdan tayyorlangan kiyimlarni ilgichga ilmaslik kerak. Chunki bu holatda ular tezda o’z ko’rinishinii yo’qotishi mumkin. Djemper, spor kiyimlari va kardiganlarni tikish yo’nalishi bo’ylab ehtiyotkorlik bilan yig’ish va shkafdagi jovonga qo’yish yaxshi. Shu tarzda ular sizga ancha uzoq vaqt xizmat qiladi.
Ba’zi narsalarni qutilarda saqlang
Albatta, garderobdagi barcha narsalarni qutilarga joylashtirish shart emas. Tabiiy mo’ynali kiyimlar, paltolar, junli kiyimlar qutilarda saqlangani ma’qul. Aks holda ular kuya va boshqa hasharotlar uchun “kechki ovqat” bo’lishi mumkin. Mo’ynali kiyimlar va boshqa charmli kiyimlardan bo’lgan mo’ynali narsalarni havo o’tqizadigan qutilarda saqlash kerak. Agarda havo olmaydigan qutilarda saqlansa ulardan noxush hidlar keladi, kiyimlar orasiga yangi atir sovunlar solib q’ysangiz ulardan xushbo’y hidlar taraladi. Havo o’tkazib turadigan qutilarning yana bir afzallik tomoni kiyim junlari bir biriga yopishib qolmaydi, charimdan bo’lgan kiyimlar ham shunday saqlanadi.
Keng ilmoqlardan foydalaning
Ilgichning asosiy vazifasi - narsalarni takis va asl holatida saqlashni ta’minlaydi. Shuning uchun, kostyumlar va tashqi kiyimlar, oqshom liboslari uchun iloji boricha bardoshli va chidamli ilmoqlardan foydalangan yaxshi. Masalan, yog'och va temirli ilmoqlar. Ularning keng bo’lishi, kiyimning yelka qismini tekis saqlashini ta’minlaydi.
To’g’ri o’lchamli ilgichlarni tanlash ham muhim, aks holda kiyimning cho’zilishiga sabab bo’lishi mumkin. E’tibor bering, juda kichik ilmoqlar matoda burmalar paydo bo’lishiga olib keladi, bu esa printsipial jihatdan shakilning tez yo’qolishiga olib keladi.
Kiyimlarni kosmetikadan uzoqroq tuting
Kiyimlaringizni kiyib bo’lgandan so’ng pardoz vositalardan foydalanganingiz ma’qul. Chunki kiyimlarni kosmetika izlaridan tozalash oson emas, shuning uchun pardoz vositalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Ayniqsa oq kiyimlarga tegib ketsa ularni tozalaganingiz bilan asil holatiga qaytarishingiz qiyin bo’ladi. Quruq tozalash xizmatlaridan tez-tez foydalanishga tayyor bo’ling.
Mavsum bo’yicha narsalarni tartiblang va ularni alohida saqlang
Mavsum bo’yicha kiyimlarni saralang va yaqin orada kiymaydigan kiyimlaringizni bir xil sandiq yoki qutilarga joylashtiring. Ularni joylashingizdan avval barchasini yuving, garchi ular toza bo’lsa ham. Yuvmasdan joylasangiz ular ma’lum muddat turib, o’z sifatini yo’qotishi yoki noxush hid tarqatishi mumkin. Kiyimlarni mavsumiy ajratish, bu joyni bo’shatishga yordam beradi va saqlash jarayonini optimallashtiradi. Agarda sizga to’satdan biror narsa kerak bo’lsa, unda bu narsani topish oson bo’ladi, chunki uni qaysi “mavsumda” qaysi joydan qidirish kerakligini bilasiz.