Ko'ngil ko'prigi
Buxoro... qadimiy devorlar, toshkentak qumli yo‘llar va osmon toqidan boqib turgan minoralar. Bu shaharda tug‘ilib o‘sgan Jamshid tarixni sevardi. Uning otasi tarix o‘qituvchisi, onasi esa kutubxona mudirasi edi. Shuning uchun bolaligidan kitoblar bilan o‘sgan edi.
Bir kuni u Hindistonda o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo va Hindiston o‘rtasidagi ilmiy aloqalar” loyihasida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu tariqa Jamshid ilk bor Dehliga uchib ketdi.
Yangi joy, begona til, yangicha muhit — ammo Jamshid bundan qo‘rqmadi. U Dehli universitetidagi kutubxonada qadimiy qo‘lyozmalar orasida izlanishni boshladi. Ayniqsa, Beruniy va Ibn Sino asarlarining hind olimlariga qanday ta’sir qilganini tadqiq qilish unga qiziq edi.
Shu joyda u professor Raj Patel bilan tanishdi. Raj — hind-filosofiya bo‘yicha doktor, o‘z xalqining tarixiga chuqur hurmat bilan qaraydigan inson edi. U dastlab Jamshidni sinchkov ko‘z bilan kuzatdi, keyin esa ishonib, qo‘lyozmalar bilan ishlashda yordam bera boshladi.
Kunlar o‘tdi. Ular birgalikda qadimiy matnlarni solishtirdi, sharhladi, va gohida uzoq tunlarda tarix, qadriyatlar, dunyoqarash haqida suhbatlashishdi.
— “Bizda 'guru' so‘zi bor, u ustoz degani,” — dedi Raj bir kuni. — “Sizlarda ham 'ustoz' hurmatli martaba. Ajabmas, ikki yurt bir tarixning ikkita yelkasidir.”
Jamshid esa kulimsirab:
— “Al-Beruniy Hindistonga kelganida sizning yurtingizdagi ilmni hurmat qilgan edi. Endi esa men sizning xalqingizning o‘sha ilmga munosabatini hurmat qilyapman,” — dedi.
Ular Dehlida o‘tkaziladigan yirik xalqaro forumga birgalikda taqdimot tayyorlashdi. Taqdimotda Jamshid ikkita til — o‘zbekcha va hindcha so‘zladi. Uning nutqi samimiy edi, faktlar chuqur, tili ravon.
Forum yakunida tinglovchilar turib olqishladi. Hindistonlik talabalar Jamshid bilan suratga tushishdi. Professor Raj Patel esa yelkasiga qo‘l qo‘yib, shunday dedi:
— “Sen ko‘ngillar orasida ko‘prik bo‘lding, Jamshid. Ko‘prik — yuraklar quradigan eng mustahkam inshootdir.”
Jamshid Buxoroga qaytdi. Ammo qaytganida faqat o‘ziga emas, boshqalarga ham ochilgan edi. Endi u Buxorodagi yoshlar uchun xalqaro tarixiy tadqiqot markazi ochdi. Har yili turli yurtdan kelgan talabalar bu yerga kelib, ilmiy va madaniy almashuvda qatnashishar edi.
Ko‘ngil ko‘prigi qurilgan edi. Va bu ko‘prik ustidan o‘tgan har bir inson — o‘z yuragini kengaytirganini his qilardi.
Ixtiyor Mamatmurod 12.06.2025