Muvaffaqiyat formulasi. Bunga qanday erishiladi?

Kurash shunday kuchli vositaki, uning yordamida tabiat insoniyatni unib- o'sishga majbur etadi. Bu og'ir sinovmi yoki birinchi toifadagi tajribami? Hammasi unga qanday munosabatda bo'lishga bog'liq. Kurashasiz muvaffaqiyatga erishish qiyin.
Muvaffaqiyatga erishishning turli jihatlari haqida qo'shimcha ma'lumot berish uchun, quyidagi tamoyillar va yondashuvlar haqida ham fikr yuritish mumkin. Har bir qadam va tushuncha muvaffaqiyatga erishishda muhim ahamiyatga ega.
1. O'z maqsadlaringizni aniqlash
- Aniq: maqsadlarni aniq va o'lchovli qilish kerak. Masalan, “salomatligimni yaxshilash” o'rniga “kundalik 30 daqiqa jismoniy mashq qilish” kabi aniqroq ifodalash.
- Vaqt belgilang: Maqsadlar uchun vaqt cheklovlari qo'yish, ularni bajarishga nisbatan intilish kuchini oshiradi. Masalan, “bir oy ichida 5 kilogramm vazn yo'qotish” kabi.
- O'lchovli: Maqsadlar o'lchovli bo'lishi kerak. Shunday qilib, natijalarni aniqlik bilan baholash mumkin bo'ladi.
2. Muvaffaqiyat uchun strategiya tuzish
- Planni yaratish: Maqsadga erishish uchun batafsil rejani tuzish muhimdir. Reja sizga yo'l- yo'riq beradi va har bir qadamni bajarishda nimalarga e'tibor berishingizni belgilaydi.
- Qiyinchiliklarga tayyorlanish: Rejada faqat muvaffaqiyatlar emas, balki qiyinchiliklar va xatolar uchun ham reja bo'lishi kerak. Bunga tayyor turish, muvaffaqiyatga erishish uchun zarur.
3.O'z- o'zini boshqarish va intizom
- O'z- o'zini rag'batlantirish: Muvaffaqiyatga erishish yo'lida intizomli bo'lish kerak. O'zini nzaorat qilish, xoxish- istaklarni boshqarish, va maqsadga erishishda davom etish zarur.
- Kunlik odatlar: Yaxshi odatlar yaratish muvaffaqiyat uchun muhimdir. Ertalabni faol boshlash, o'z vaqtida turish, o'qish va jismoniy mashqlarni kundalik rejaga kiritish muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.
4. Motivatsiya va ijobiy fikr
- Ichki motivatsiya: Muvaffaqiyatga erishishda ichki motivatsiya juda katta rol o'ynaydi. Bu o'z maqsadlaringizga bo'lgan ishonch va sizning ishonchingizni oshiradi. Motivatsiya yuqori bo'lishi uchun maqsadlar va vazifalar haqidagi fikrlaringizni doim yangilab turish kerak.
- Ijobiy fikrlash: Muvaffaqiyatga erishish uchun musbat fikrlash uslubi zarur. Bu nafaqat ishlashga, balki muvaffaqiyatga erishishda yuzaga keladigan to'siqlarni yengishga yordam beradi. Salbiy fikrlarni olib tashlab, o'rniga ijobiy, ilhomlantiruvchi fikrlar bilan o'rnini bosing.
5. Tarmoq qurish va o'zgaruvchanlik
- Tarmoq qurish: Muvaffaqiyatga erishish uchun o'z sohangizda boshqalar bilan muloqot qilish, professional tarmoq yaratish juda muhim. Yaxshi aloqalar sizga yangi imkonyatlar va resurslaryaratishi mumkin.
- Mentorlar va maslahatchilar: Mentor yoki maslahatchilar bilan ishlash sizning rivojlanishingizni tezlashtiradi. Ular o'z tajribalari bilan sizga yo'l- yo'riq ko'rsatishi va muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.
- Ijtimoiy ko'nikmalar: Muvaffaqiyatga erishishda faqat texnik bilimlar emas, balki ijtimoiy ko'nikmalar ham zarur. Boshqalar bilan muloqot qilish, o'z fikrlaringizni aniq ifodalash va kelishuvga erishish muvaffaqiyat uchun muhim.
6. Xatoliklardan saboq olish
- Xatolarni imkoniyat sifatida ko'rish: Har bir muvaffaqiyatning orqasida xatoliklar va muvaffaqiyatsizliklar bor. Ularni imkoniyat sifatida ko'rib, xatolardan saboq olish kerak. Xatolarni tahlil qilib, qanday qilib ularni takrorlamaslikni o'rganish muvaffaqiyatga erishishda muhimdir.
7. Sabr- toqat va barqarorlik
- Qiyinchiliklarga qarshi kurashish: Muvaffaqiyatga erishish yo'lida har doim to'siqlar bo'ladi. Ular nafaqat tashqi omillar, balki ichki shubhalar, qo'rquvlar ham bo'lishi mumkin. Sabr va barqarorlik bu qiyinchiliklarni yengish uchun zarur.
- Uzoq muddatli qarorlar qabul qilish: Muvaffaqiyatga erishishda qisqa muddatli natijalarni emas, balki uzoq muddatli maqsadlarni ko'zlash kerak. Boshqalar muvaffaqiyatga tez erishish istagida bo'lishi mumkin, lekin muvaffaqiyatni uzoq muddatli va barqaror qilib qurish zarur.
8. O'zgarishlarga moslashuvchanlik
- Yangi imkonyatlarga ochiq bo'lish: O'zgarishlar hayotning ajralmas qismidir. Yangi texnologiyalar, bozor sharoitlari va tendentsiyalarni tushinish va ularga moslashish muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.
- Innovatsiya: Yangi fikrlar va yondashuvlar yaratish muvaffaqiyatni davom ettirish uchun zarurdir. Fikrlar o'zgarib turadi, shuning uchun har doim yangi g'oyalarni qabul qilish va amalga oshirishga tayyor bo'lish kerak.
9. Ishonch va o'ziga hurmat
- O'ziga ishonish: O'z qobilyatingizga ishonch, muvaffaqiyatga erishish uchun zarurdir. O'z qadringizni bilish va o'z- o'zini hurmat qilish sizni yanada mustahkamroq qiladi va tashqi qiyinchiliklarga qarshi kurashishda yordam beradi.
- O'z muvaffaqiyatlarni nishonlash: Kichik yutuqlarni nishonlash, ularni qadrlash va o'z muvaffaqiyatlaringizni tan olish motivatsiyangizni oshiradi.
10. Hayotda muvozanatni saqlash
Muvaffaqiyatga erishish jarayonida ish; oila, salomatlik va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanatni saqlash juda muhimdir. Keng ko'lamda muvaffaqiyat, faqat professional yutuqlar bilan cheklanmaydi, balki shaxsiy hayotingizdagi barqarorlik, faravonlik va baxtga ham bog'liq.
Biz ishda, munosabatlarda, yumushlarda va hayotning boshqa jabhalarida niyatimizga yetkazuvchi muvaffaqiyat formulasini izlaymiz. Biroq hamma vaqt ham istagimiz eshiklarini ochib beradigan kalitni topolmaymiz. Hayotda muvaffaqiyat formulasini topish mumkinmi?
Qanday qilsak niyatimizga tez erishamiz? Muvaffaqiyatni odamning ayni vaqtdagi holati bilan o'lchab bo'lmaydi. Muvaffaqiyat- bosib o'tgan yo'l va unda uchragan to'siqlarni qay yo'sinda yengib o'ta olgani bilan aniqlanadi. Muvaffaqiyat- inja orzularning amalga oshirilishi, asosiy maqsadning hayotga tadbiq qilinishi bilan belgilanadi. Istaklarning amalga oshirishning esa juda ko'p usullari mavjud.Shunchaki o'tirib, omad kelishini kutish ham mumkin. Biroq eng tez va samarali usuli donolorcha fikrlab, sovuqqonlik bilan harakat qilishdir. Omad kelishiga umid qiling. O'zgarishlar hamma vaqt xavotirga soladi.Biroq sizning hayotizni o'zingizdan boshqa hech kim o'zgartira olmaydi.Istalgan narsaga qanday erishish mumkin? Orzularni amalga oshirish mumkinmi?
Muvaffaqiyat formulasi. Omad sari 10 qadam
“Boshqalar uxlayotganda o'rganing, boshqalar dam olayotganda ishlang, boshqalar bo'shashganda tayyor turing va boshqalar taslim bo'lganda orzularga beriling”.
1. Ustuvor vazifalarni ilgari suring
Hayotiy ustuvor vazifalarni to'g'ri tartiblash juda muhim. Bizning kuchimiz, manbalarimiz va vaqtimiz cheklangan.Agar uni zarur narsalarga sarflab, to'g'ri taqsimlay olsak, niyatimizga yeta olamiz. Agar o'z hayotiy imkonyatlarimizni befoyda va mayda narsalarga ishlatsak, ko'p narsani yo'qotamiz. Agar sizni ayni hayotiy haqiqat qanoatlantirmayotgan bo'lsa, demak siz o'z imkonyatlaringizni noto'g'ri rejalagansiz. Ko'zlangan niyatga yetishmoq uchun nima qilish kerak? Maqsadga yetish uchun har bir kunni nimadan boshlash lozim? Qanday ish bilan mashg'ul bo'lish va qaysisidan qochish kerak bo'ladi? Dastlab nimani istashingizni tushinib oling, ana undan keyin uni birinchi o'ringa qo'ying.
2. Reja va strategiya ishlab chiqing
Biz rejasiz juda ham noaniq va besamar harakat qilamiz. Biz ishga kirishamiz, uni tashlab ikkinchisiga o'tamiz, uchinchisi haqida fikrlaymiz. O'z- o'zingizga savol bering: orzularim va maqsadlarim qanday o'zi? O'z hayotimni 5, 10 yoki 15 yildan keyin qanday tasavvur qilaman? Shu asosda nimalar qilish kerakligini atroflicha o'ylab, hayotingizga taalluqli qisqa muddatli va uzoqni ko'zlagan rejalar tuzing. Rejada 5- 10 yillik maqsadlaringizni akslantiring. Undan keyin bu yilga, ayni shu oyga va keyingi haftaga reja qilib oling. Aynan yozma tarzda bo'lsin. Hammasi aniq va ravshan ko'rinayotgani o'zingizni ham ajablantiradi. Maqsadlar bir- birini to'ldiradi. Siz uchun har kun nima qilish kerakligi ancha tushunarli bo'lib qoladi. Bu kundalik uncha katta bo'lmagan harakatlar juda ham zarur ulkan natijani yetaklab keladi. Hamma vaqt reja tuzing. Hatto bir kunga ham. Shu tariqa o'z ish unumingizni oshirasiz va rejalangan hamma vazifani amalga oshirishga ulgurasiz. Bu muvaffaqiyat formulasining muhim qoidasi.
3. Hayotingizni imkonyatlar bilan to'ldiring
Yaxshi imkonyatlarni kutib o'tirmasdan, hayotingizni o'zingiz imkonyatlar bilan to'ldiring. Mo'jiza kutmang, aksincha, o'zingiz mo'jiza yarating. Lotareyadan katta yutuq kutmang,xazina qidiring. Harakat va omad o'rtasida mustahkam aloqa mavjud. Imkonyatlar biz ularni qabul qilishga tayyor bo'lgan vaqtimizda keldi. Uyda o'tirmasdan odamlar bilan ko'p muloqot qilayotganimizda, yangi joylarga borib, qiziqroq narsalarni ko'rganimizda, tavakkal qilishdan qo'rqmaganimizda paydo bo'ladi bu imkoniyat. O'zingiz sayohatga chiqmaguningizcha mo'jizalarni ko'rolmaysiz. Imkonyatlar yo'lning navbatdagi burilishidan boshlanadi.
4. Intizomli bo'ling
Biz ijtimoiy tarmoqlarni, seriallarni, kompyuter o'yinlarini, spirtli ichimliklarni, yalpayib yotishni, vaqtni maqsadsiz o'tkazishni yoqtiramiz. Bularning hammasi vaqtimiz hamda kuchimizni oladi. Aynan o'sha bekor ketgan vaqt va kuchimizni ancha foydali ishga sarflashimiz mumkin edi- ku. Ishlaringizga vaqtingiz yo'qmi? Biroq internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa bema'niliklarga vaqt topasiz. Dam olish va o'yin- kulguni eng kam miqdorgacha kamaytiring va muhim ishlar bilan shug'ullaning. Intizom va tartib harbiylarning so'ziga o'xshadi. Ammo intizom tashkil qilmasdan turib ajoyib yutuqlarga erishish mumkin emas. Ichki zaiflikka berilishni bas qiling. Har safar vaqtingizni bekor sarf qilayotganingizda bilingki- siz o'z orzularingizga xiyonat qilyapsiz!
5. Qat'iyatli bo'ling. Xatolar bo'ladi
“Ayrim odamlar muvaffaqiyatga bir qadam qolganda taslim bo'lishganini hatto tasavvur ham qilishmaydi”. Amerikalik kashfiyotchi va tadbirkor Tomas Edison. Xatolarsiz g'alabalar bo'lmaydi. Muvaffaqiyat formulasi xatolardan qo'rqmaslikka chaqiradi. Standart xatolardan qochishga harakat qilish lozim, biroq baribir uchraydi. Xatolarsiz olg'a harakat qilish aslo mumkin emas. Barcha olimlar, biznesmenlar va boshqa kuchli shaxslar ham o'z vaqtida xatolarga yo' qoyishgan. Muvaffaqiyatga yo'l qat'iyat va xatolardan o'rganish mahorati orqali o'tadi. Omadsizlik- bu yakun emas. Kurashni davom ettirish uchun kuch toping. Siz taslim bo'lmaguningizcha o'yin tugamaydi. Taslim bo'ldingizmi, bilingi shaxmat taxtasidagi asosiy maqsadga yetishiga 2 qadam qolgan piyodadek bo'lib qolasiz.
6. E'tiborni jamlashni o'rganing
Shug'ullanayotgan vazifngizga e'tiboringizni 100 foiz qarating. Xayolingizni chalg'itadigan narsalarga diqqatingizni bo'lmang. Ishlayapsizmi, ishlang. Birov bilan muloqot qilyapsizmi, muloqot qiling. Sport bilan shug'ullanyapsizmi, shug'ullaning. Agar o'qiyotgan bo'lsangiz, o'qing. Dam olayotganda, dam oling. Boshqa narsalarga chalg'imang. O'sha ish bilan band bo'ling. E'tiborni jamlash- bu samaradorlikka erishtiruvchi va maqsadga eltuvchi ajoyib qurol.
7. Bilim va tajriba orttiring
Dunyo juda tez o'zgarmoqda. Agar o'qib- o'rganib, bilim doirangizni kengaytirib bormasangiz, bir pasda orqada qolib ketish hech gap emas. Bill Geyts, Ilon Mask, Mark Sukerberg, Uorren Baffet, Pavel Durov. Ular oddiy kishilarga qaraganda 20- 30 marta ko'proq kitob o'qishadi. Shu boisdan o'rtacha odamdan ming marta samaraliroq natijani qo'lga kiritishadi. Doimiy ravishda yangi va qiziq ma'lumotlar bilan tanishib boring. Kitob o'qing, qiziq videolar ko'ring, foydali axborotlarni izlang, har tomonlama rivojlanishga va o'z sohangizni ustasi bo'lishga, yangi bilimlarni egallab tajriba oshirishga intiling. Miyangizni doimiy ishlashga va bilimlaringizni faollashtirishga majbur qiling.
8. Zarur narsani amalga oshiring
Natijaga erishish uchunbir nuqtaga uring. Charchamang va chalg'imang. To'g'ri ishlarni amalga oshirish bilan niyatingizga yaqinlashib borasiz. Doimiy harakat yangi imkonyatlarni ochadi va orzuning amaliy ro'yobini ko'rsatadi. Muvaffaqiyat formulasi juda oddiy: ishla, ishla, ishla. Har kuni tinmasdan oldinga qarab intiling.
9. Strategiya va rejalaringizni qayta ko'rib chiqing
Agar voqealardan o'z vaqtida xabardor bo'lib tursangiz, uzoq muddatga mo'ljallangan rejalarningiz bir muncha aniq ko'rinadi. O'z g'alabalaringiz va muvaffaqiyatlaringizni tahlil qiling. Harakatingizning nisbatan samarali yo'llarini izlang. Moslashuvchan va ko'nikuvchan bo'ling. Agar nimadir ko'ngildagidek chiqmasa, boshqacha yondashuvni toping. Yangillikni qo'llab ko'ring, imkonyatni qo'ldan chiqarmang, istiqbolni ko'ra biling, odamlar bilan muloqot qiling, o'z imkonyatlaringizdan unumli foydalaning. O'z yo'nalishingizda doimiy ravishda o'qib- o'rganing. Xalaqit beruvchi va e'tiboringizni tortuvchi hamma narsadan voz keching.Voqelikni tahlil qiling va yondashuvni shakillantiring. Ko'pgina yirik kompaniyalar moslashuvchanlikni yo'qotib, og'ir bo'lib qolishganida “sinib” ketishgan. O'z maqsadlaringiz sari olg'a boring va adashib ketmaslik uchun doimiy ravishda kompasingizga qarab yo'lingizni aniqlab turing.
10. “Omadga kalit- istakda. U esa hamma vaqt ichimda yonib turadi”. Amerikalik aktyor va rejissyor Al Pachino.
Baxt muhim narsalar o'rtasidagi muvozanatni topishdadir. Ishga, yumushga, rivojlanishga, oilaga, sportga, uyquga, do'stlariga, ko'ngilli hordiq chiqarishga vaqt ajrating. O'zingiz uchun muhim vazifalarni aniqlab olgach, ularni amalga oshirish vaqtini ham belgilab qo'ying. Shu tariqa toliqishdan xalos bo'lasiz. Muvaffaqiyat formulasi quyidagi o'zgarishlarni amalga oshirib, ko'paytirishga teng. Agar ulardan biri nolga teng bo'lsa, muvaffaqiyat ham nolga teng bo'ladi. Bu sifatlarning 1- 2 tasinigina rivojlantirib, muvaffaqiyatga umid qilib bo'lmaydi.
- Ustuvor yo'nalishlarni belgilash;
- Aniq reja asosida harakat;
- Imkoniyat va qulay vaziyatni doimiy izlash;
- Qat'iy intizom, tartib va jadval;
- Qat'iyatlilik va mag'lubiyatdan keyin taslim bo'lmaslik;
- Vazifalarga jiddiy e'tibor;
- Mustaqil o'qib- o'rganish. Bilim va tajriba orttirish;
- Har kuni muntazam ravishda oldinga harakat;
- Strategiya aniqlik kiritis va vaziyat tahlili;
- Hayotiy muvozanatni izlash;
Taklif etilgan formulaning barcha jihatlarini e'tiborga olsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz aniq. Har qanaqa g'alabaga mashaqqatli mehnat va o'zingni fido qilish evaziga erishiladi. Yakuniy muvaffaqiyat esa o'z orzuingizni butun hayotingiz davomida barcha sinovlardan eson- omon o'tishingizga bog'liq.