Notiqlar duch keladigan eng ko’p muammolar va ularni hal etish yo’llari
Notiqlik ham aslida san’atning bir turidir, omma oldida so’zlashish o’zini tutish bu biz o’ylagandan ko’ra ancha murakkabroqdir. Yaxshi notik bo'lish uchun ba’zi bir kamchiliklarni tuzatish va o’zini ustida ko’proq ishlash kerak. Notiqlar qanday muammolarga duch keladilar va ularni qanday bartaraf etish kerak ?
G’uldirash. Ayrim insonlar so’zlarining oxirini yutib yuborishadi. Shundan so’ng nutq tushinarsiz bo’lib qoladi. Bu kamchilikni yo’qotish oson, gapirayotganda og’zingizni keng oching oyna oldida so’zlarni talaffuz etishni mashq qiling.
O’ta tez va o’ta sekin nutq. Ko’pchilik auditoriya oldida gapirayotganda shoshilib, tezlashib ketadi. Bunday vaziyatlarda bir me'yorda gapirishni nazorat qilishingiz kerak. Tinglovchilar sizga yetib olsin, nima deyishingizni tushinib yetsin, ayrim hollarda esa gapni haddan tashqari cho’zib yuborishadi. Ularni tinglayotgan tinglovchilarning mudrab qolishi hech gag emas, nutq sur’atini hamisha nazorat qiling. O’rtog’ingizdan yoki oila azolaringizdan nutqingizni eshitib ko’rishlarini so’rang, vaqtni nazardan qochirmang. Me’yoridagi nutq so’zlash uchun eng muhimidan boshlab eng ahamiyatsizigacha belgilang.
Bir xillik. Gapdagi bir xil ohang tinglovchini zeriktirib qo’yadi, Shuning uchun gap mazmuniga qarab ovozingizni ko’tarib tushirib turing.
Qotib qolish. Auditoriya etiborini jalb qilish uchun qo’l va yuz ifodalaridan o’z o’rnida foydalaning.
Noto’g’ri talaffuz. Agar u yoki bu so’zni qanday talaffuz qilishni bilmasangiz, lug’atga qarang. Agar kimnidir familiyasi, ismi qanday talaffuz qilishni bilmasangiz chiqishdan avval uning o’zidan sekin so’rab oling.
Auditoriya holatiga e’tiborsizlik. Agar tinglovchilar chalg’iy boshlaganini sezsangiz bir oz to’xtab, gap ohangini o’zgartiring auditoriya e’tiborini tortish uchun biror qiziqroq voqeani so’zlab bering.
O’ziga eʼtiborsizlik. Aytib o’tganimizdek biz gapirayotganimizda o’zimizni ko’pincha eshitmaymiz. Hatto eng qobiliyatli notiq ham keyinchalik xatosini to’g’irlashi uchun o’z nutqini diktofonga yozib, eshitib turishi kerak. Xatolarni bilsangiz ularni tuzatish oson bo’ladi.
Maqoladagi ma’lumotlar uchun: (Deyl Karnegi)ning
kitobidan foydalanildi.