Oddiy chiroqni qanday qilib “aqlli” qilish mumkin?
Tasavvur qiling: siz divanda o‘tiribsiz, qo‘lingizda choy, va shunchaki “Alisa, oshxonadagi chiroqni yoq” yoki “Ok, Google, yotoqxonani o‘chir” deysiz. Hech qayerga bormasdan chiroqlar boshqariladi. Qulay, to‘g‘rimi?
Buning uchun yangi lyustra yoki murakkab qurilmalar sotib olish shart emas. Oddiy chiroqni ham aqlli qilish mumkin. Buning uchun quyidagi 3 usuldan birini qo'llashingiz mumkin:
• Aqlli rele – mavjud lyustrangizni yoqish/o‘chirish uchun kichik qurilma.
• Smart Light Switch – eski chiroqni yoqib-o‘chiradigan moslama o‘rniga o‘rnatiladigan aqlli tugma.
• Aqlli lampochka – chiroq patronga bevosita ulanadigan va Wi-Fi yoki Bluetooth orqali ishlaydigan lampa.
Aqlli rele
Bitta kichik o‘rnatiladigan rele yordamida chiroqni “aqlli” qilish mumkin.

Natijada, siz chiroqni ovozli yordamchi yoki mobil ilova orqali boshqarasiz.
Afzalliklari: oddiy va tushunarli ulanish, qurilma narxining arzonligi.
Kamchiliklari: ayrim aqlli relar internet bo‘lmasa umuman ishlamaydi, shuning uchun xarid qilishdan oldin buni tekshirish muhim. Agar Wi-Fi yoki internet uzilib qolsa, masofadan boshqarish imkoni bo‘lmaydi — faqat rele ustidagi tugma orqali chiroqni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Oddiy o‘chirgich ishlatilmaydi, boshqaruv faqat ilova yoki ovozli yordamchi orqali amalga oshiriladi.
Agar oddiy o‘chirgichni saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz, M02 relesi mos keladi — u o‘chirgichni rele bilan birga ishlatish imkonini beradi. Bundan tashqari, LED chiziqlarini boshqarishda ham ushbu model tavsiya etiladi.
Smart Light Switch
“Aqlli yoritish”ni tashkil qilishning yana bir yo‘li — Wi-Fi orqali ishlaydigan aqlli devor o‘chirgichi (Smart Light Switch) o‘rnatish. U aslida zamonaviy o‘chirgich va “aqlli rele” funksiyalarini birlashtiradi. Bunday qurilma chiroqlarni nafaqat ovozli yordamchi yoki mobil ilova orqali, balki vaqt jadvali, harakat sensori va boshqa stsenariylar asosida ham boshqarishga imkon beradi.

Afzalliklari: masofadan va ovozli boshqaruvdan tashqari, chiroqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘chirgich orqali ham yoqib-o‘chirish mumkin.
Kamchiliklari: o‘rnatish uchun o‘chirgich joyida elektr tarmog‘iga ulanish ishlari bajarilishi kerak va devorda maxsus “chashka” (montaj qutisi) uchun teshik burg‘ulash talab etilishi mumkin.
Aqlli lampochka

Afzalligi: o‘rnatish juda oddiy — lampochkani patronga burab qo‘yish kifoya. Aksariyat ovozli yordamchilar bilan ishlaydi.
Kamchiligi: lampochkaning xizmat muddati cheklangan. Agar lyustrada bir nechta lampochka bo‘lsa, ularning barchasini alohida sozlash va sinxronlashtirish kerak bo‘ladi. Shuningdek, ayrim ovozli yordamchilar “aqlli” qurilmalarni qo‘llab-quvvatlamasligini oldindan bilib olish lozim.