Ko’pchiligimiz bilamizki, iste’mol sodasi faqatgina pishiriqlarda emas balki, tozalash jarayonida ham ishlatiladi. Qanday vaziyatlarda va nimalarni tozalashda bu mahsulotdan foydalanamiz?

Polni tozalashda

 Uyimizning pollari chinakam yarqirashiga olib keladigan ajoyib mahsulot bu ichimlik sodasidir. Keling undan qanday foydalanish va tayyorlanishini birgalikda o’rganamiz. Bu uchun bizga 2 litr suv va soda kerak bo’ladi. Aralashmani tayyorlash uchun har bir litr suvga 1 osh qoshiq soda kerak bo’ladi. Shunday qilib, agar siz 2 litr suv olsangiz ikki osh qoshiq soda qo’shing. 

Tayyorlab olgan suvingizni pollarni tozalashda foydalaning, buning uchun tayyorlab olgan suvni yumshoq matoga namlab pollarni yuving siz ularni naqadar porlab yaltirashini guvohi bo’lasiz. Eritmadagi soda ifloslantiruvchi moddalar bilan faol kurashadi. Ushbu oddiy, ammo samarali iste’mol sodasi vaqtingizni va kuchingizni tejaydi va uyingizning pollari yarqirab sizning kayfiyatingizni ko’taradi, interyeringizga o’zgacha joziba bag'ishlaydi. 

Oshxona tozalashda 

Iste’mol sodasi tabiiy tozalash  vositasi. Iste'mol sodasi yordamida siz plastik oziq - ovqat idishlarini, oshxona anjomlarini osongina tozalashingiz mumkin. Yumshoq shimgichga soda qo’shing va uni suv bilan ozgina namlang idishlaringizni yuving va chayib tashlang shunda ularning qanday yarqirashini ko’rib quvonasiz. Iste'mol sodasi muzlatgich ichidagi yoqimsiz hidlardan xalos bo’lishingizga yordam beradi.  Soda eritmasini tayyorlang, bir litr suvga to’rt osh qoshiq soda aralashtiring va aralashma bilan muzlatgichning ichki devorlarini, jovonlarini yuving va nam mato bilan artib tashlang. Tozalab bo’lganingizdan so’ng kichikroq idishga soda solib uni muzlatgichning ichida qoldiring endi muzlatgichingizdan yoqimsiz hidlar kelmaydi. 

Gaz pechi yoki stol ustidagi yog’ izlarini ketkazish uchun yog’ tekkan joylarga iste’mol sodasini to’king va 10 - 15 daqiqada shu xolda qoldiring vaqt bo’lgach iliq suvda yuvib tashlang va dog’ izlaridan xolos bo’ling.

Dog’ bo’lgan gilamlaringiz ustiga soda sepib qo’ying va yarim soatdan so’ng changyutgichda yoki shotka bilan olib tashlang bu usul yaxshi samara beradi.