Ota-ona sifatida o’g’lingizning qanday bo’lishini istaysiz? Uning nimalar qilishini va nimalarni qilmasligini istaysiz? Farzandingiz dunyoga kelishi bilan ko’zlarini ochganda ilk bora sizni ko’radi va hayoti davomida sizdan o’rnak oladi. Sizning harakatlaringizni, so’zlaringizni takrorlashga harakat qiladi. Bolalar tez o’zlashtiruvchan va qiziqqon bo’lishadi,  televizorda ko’rgan har bir narsani bemalol bajarishadi. O’yin paytida sizning harakatlaringizni qaytarishadi, so’zlaringizni aytishadi. Demak, bola yaxshi bo’lishi uchun oila yaxshi bo’lishi kerak. Yomon bola yo’q, yomon oila bor.

 

Unga hayotni o’rgating

Siz ham o’z hayotingizni yashashingiz, ham o’g’lingizni u yashaydigan hayotga tayyor qilib voyaga yetkazishingiz  kerak. Xo’sh, bunga qanday qilib erishishingiz mumkin?

  • Avvalo, oilangizda tartib o’rnating. Qatiyatli bo’ling. O’g’lingizga qarama- qarshi fikrlarni aytmang. Beqaror bo’lishingiz bolangizning qatiyatsiz bo’lishiga olib keladi.
  • Unga oilaning ahamiyatini his ettiring. Ota-ona, tug’ishganlar va ular bo’lmaganda duch kelinadigan qiyinchiliklarni farzandingizga tushuntiring. Shunda oila haqidagi tasavvuri kengayadi va kelajakda mustahkam oila sohibi bo’ladi.
  • Oilada samimiy muloqot muhitini yarating. Ota-ona-farzand uchligi doimiy muloqotda bo’lsa, atrofdagilar bilan munosabat o’rnatish ham qiyin kechmaydi.
  • Oilada o’g’lingizga ham mas'uliyat yuklashni unutmang. Shunda u o’zini ham oilaning, ham hayotning bir parchasidek his qiladi. Masalan do’kondan non olib kelish; yoki kiyimlarini joyiga olib qo’yish kabi. Hamma o’z vazifasini bajarsa, masuliyat tuyg’usi yanada kuchayadi va hayotdagi muammolar arzimasdek tuyula boshlaydi.
  • O’g’lingiz noto’g’ri harakat qilganida fikirlaringizni ochiq ayting, umidlaringiz haqida gapiring.
  • O’g’lingizni siz istagandek bo’lishga majbur qilmang. Uni boricha qabul qiling, iqtidorini rivojlantirishi uchun qo’llab quvvatlang.
  • Unga vaqtni, ishlarni to’g’ri rejalashtirishni, pulni tejab ishlatishni o’rgating. Bularni o’rgatgandan keyin o’zini sinab ko’rishiga imkon bering.
  • Farzandingizga tanlash huquqini bering, shunda u xatolarini tuzatishni o’rganadi. Oila muammolarini hal qilayotganda uning fikrlarini ham inobatga oling, suhbatlashing. Masalan, “Bugun ukang bilan janjallashib meni xafa qilding. Shuning uchun men pishirgan keksni xonanda yolg’iz o’tirib yeysan yoki biz bilan o’tirasan va u kekisni yemaysan, ixtiyor senda,tanla…” deb xatoni tuzatish jarayonida tanlash usuli asosida muammoni hal qilishni o’rgatasiz.
  • Birgalikda mehmonga boring, sayrga chiqing. Yaqinlaringizni tanishtiring bobo- buvisi haqida ko’proq so’zlab bering. Ularning sizga naqadar aziz insonlar ekanligini tushintiring, duolarini olishni o’rgating. 
  • Ideal ota-ona bo’lish fikridan uzoq turing. Chunki ideal inson bo’lmaydi, muhimi xatolarni anglang qayta xato qilmaslikka harakat qiling. Farzandingizni ham ideal inson bo’lishini kutmang, bu masalada uni qiynamang . Uni ham o’zingizni ham behuda uruntirmang. Farzandingizni bor iqtidori va yutuqlari bilan qadirlang. Undan ideallikni talab qilishingiz o’g’lingizning o’zini qadirsiz, ahamiyatsiz, noshud deb bilishiga sabab bo’ladi . Istaklaringiz uning imkoniyatlari bilan hisoblashishi kerak.
  • O’zaro yordam, birdamlik, hojatbarorlikni o’rgating. Masalan, biror yaqiningizga uning kichik bo’lib qolgan narsalarini birga olib boring. Pishirgan taomingiz yoki shirinlikni qo’shnilarga tarqatish vazifasini unga yuklang. Bayramlarda hadiyalarni tarqatishda ham sizga yordam berishini taklif qiling. Shunda yordam berish, saxiylik naqadar ajoyib fazilat ekanligini o’rganishiga imkon yaratgan bo’lasiz.
  • Unga hayot qonuniyatlarini o’rgating. Chunki hayot qoidalar, qonunlarda asoslanadi. Oilangizdagi qoidalar ilk saboqlar bo’ladi. Mashinada ketayotganingizda qizil chiroqda nega to’xtaganingizni, bu qoidaning ahamiyatini tushuntiring. Ham qoidani o’rgatasiz, ham  ahamiyati haqida to’xtalib, unga amal qilishni o’rgatasiz.
  • Odob qoidalarini ham unitmang.Masalan, uzr so’rashni, minnatdorchilik bildirishni , hol - ahvol so’rashni, kattalarni hurmat qilishni, kattalar bilan suhbstlashish odobini… Insoniy munosabatlarda katta ahamiyatga ega bo’lgan odob qoidalarini bilish farzandingiz uchun foyda.
  • Zararli odatlardan uzoq turishi kerakligini, ularning zararlarini, oqibatlarini hayotiy misollar bilan tushintiring, shaxsan ibrat bo’ling. 

Farzandingizga hamma narsani tayyorlab bermang. Buning o’rniga uni hayotga tayyorlang. Uning uchun kerak bo’ladigan bilimni, odobni, qoidalarni yaxshilab o’rgating. Unga beradigan eng katta boyligingiz shu bo’ladi. Milliy va ma’naviy qadriyatlarning ahamiyatini, insonning g’oyasi, muvaffaqiyatning sirlarini batafsil tushuntiring. 

 

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak ota-ona uchun farzand tarbiyasidan muhim vazifa bo’lmasa kerak . Uning kelajakda yetuk va jamiyatga kerakli inson bo’lib yetishishida oila muhim rol o’ynaydi. Farzandingiz oilada qanday muhit bo’lsa shunday ulg’ayadi. Ularni bilimli aqilli qilib tarbiyalash biz ota-onalarning  vazifamizdir.

 

Foydalanilgan ma’lumotlar:

  • “O’g’limni tarbilayapman”, Mine Izgi.