Xar bir inson baxtli bo’lishni xohlaydi, lekin hamma ham bunga qanday erishishni bilmaydi. Insonlarda baxt hissi turli his tuyg’ular, taasurotlar va ehtiyojlar bilan bog’liq. Ammo chinakam baxtli odamlarning boshqalardan farqli tomoni ular xato qilishdan va stressdan qochishlaridir. 

30 yillik tajribaga ega psixolog Jeffri Bernshteyn kafolatlaydi: Hech qachon baxtli bo’lishni o’z oldingizga maqsad qilib qo’ymasligingiz kerak, baxtni ta’qib qilish yaxshi fikr emas. Ammo hayot quvonchini tez - tez his qilish uchun hech bo’lmaganda bir narsa qilish kerak. Mutaxassis, baxtliroq bo’lish uchun bajarilishi kerak bo’lgan uch muhim qadamni aytdi.

 Ijobiy munosabatni rivojlantirish

“Bu muammo va qiyinchiliklarga e’tibor bermaslik, tabassum qilgingiz kelmayapti ko’nglingizga hech narsa sig’mayapti, bu vaziyatda o’zingizni baxtli ko’rsatishingiz kerak degani emas”, deydi psixolog. - Sizda mavjud bo’lgan barcha yaxshi narsalarni, hatto eng ahamiyatsiz narsalarni ham eslab qolishingiz kerak, hayotingizning ijobiy tomonlariga e’tibor qarating, ehtimol hatto yoqimli bo’lmagan vaziyatni yanada optimistik nuqtai nazardan qayta ko’rib chiqing. Bu haqiqatni inkor etish emas, balki muammoning yechimiga eltadigan eng yaxshi yo’ldir. Bqxtli odamlar o’zlarini pozitivlik bilan o’rab olishadi, ular ko’tarinki munosabatlarga intilishadi. O’zlariga quvonch keltiradigan ishlar bilan shug’ullanishadi va ongli ravishta salbiy narsadan qochishadi.

Ma’noli munosabatlarga intiling va mehr ko’rsating

Baxtli inson - bu yaqinlari va butun jamiyat bilan mazmunli munosabatlarni o’rnatish va qo’llab - quvvatlashni maqsad qilgan, o’ziga ishonchi baland insonlarni jalb qilishni atrofda “o’z “ odamlari bo’lgan va ularga baxt ulashuvchi insondir. Baxtli odamlar insoniy munosabatlarni tushinadigan, boshqalarni faol tinglaydigan va o’z fikrlarini ochiq aytadigan kishilardir. Bu insonlar boshqalarga nisbatan mehribon va saxiy: ular ko’makka muhtoj insonlarga qanday yordam berish kerakligini biladilar.

Yaxshiroq bo’lishga intiling

Baxtli insonning o’ziga xos xususiyati - rivojlanish va yaxshiroq bo’lish istagi.

“Bunday insonlar muammolarni to’siq sifatida emas, balki o’rganish va rivojlanish imkoniyatlari sifatida ko’radilar”, deydi Jeffri Bernshteyn.

Baxtli insonlar o’zgarishlarni qabul qilishadi va unga moslashishga tayyor. Ular hayot bu o’sish va yaxshilanish uchun joy bo’lgan dinamik sayohat ekanligini tushinishadi. Bunday insonlar doimo o’z sog’lig’ga g’amxo’rlik qilishadi - me’yorida , fanatizmsiz, ular sog’lom turmush tarzini olib borishga, o’z tanalariga g’amxo’rlik qilishga va ruhiy xolatlarni yaxshilashga harakat qilishadi, bu esa hayot sifatiga va uning barcha sohalariga - martabagacha bevosita ta’sir qiladi.