Bodring ekish

Bodring qishloq xo’jaligida keng tarqalgan sabzavotlardan biri bo’lib, uni osongina uy sharoitida o’zingiz ham yetishtirishingiz mumkin. Ushbu ekinni ekish va parvarish qilish qoidalariga rioya qilgan holda yetishtirsangiz yaxshi hosil olishingiz mumkin.

Urug’ yoki ko’chat ekishda ma’lum bir qoidalariga amal qilish kerak, chunki bodring  past haroratga  juda sezgir. Agar siz 10 darajadan past haroratlarda ko’chatlarni himoya qilmasangiz ular nobud bo’lishi mumkin. Bodring urug’lari tuproq darajasi kamida 14 daraja issiqlikda bo’lganida unib chiqishi mumkin. Uning yaxshi o’sib unishi uchun harorat 25 darajagacha bo’lishi kerak. Ko’chatlar uchun urug’larni ekish vaqati nafaqat mintaqaga, balki ko’chatlar issiqxonada yoki ochiq yerga ekilganiga qarab ham farq qiladi. Bodring urug’larini ekish paytidan boshlab ochiq yerga ekish uchun taxminan uch - to’rt hafta o’tishi kerak. Ko’chatlar tungi sovuqlar tugagan va barqaror iliq ob -havo boshlangan bir vaqtda ekiladi. 

Bodring urug’lari va ko’chatlarini ekish uchun qulay vaqt

Mart oyi - 1-3, 10-12, 29 -30 kunlari 

Aprel oyi - 7-9, 22, 25 26 kunlari 

May oyi - 6, 13, 14 , 15, 17 , 22 kunlari

Urug’larni tanlash va navlari

Yaxshi hosil olish va chidamli navli bodring urug’larini maxsus do’konlardan olgan maqul chunki ular dorilangan va emlangan bo’ladi.

Bodringning buta navlari va tepaga cho’zilib ketgan navlari mavjud bizning ochiq havo iqlimimizga ko’pincha buta navlari mos keladi, chunki hosilga kirish vaqtida kunlar issiq va quyoshi bo’lib tepaga o’sadigan navlari issiqqa dosh berolmasligi mumkin. Issiq xonalarda esa tepaga cho’zilib ketadigan navlar yaxshi chunki u yerda harorat bir xil bo’ladi.

Bodringning navlari har xil bo’lib ular salatlarga va kunlik iste'mol qiladigan navlari va tuzlamalar uchun ishalatiladiganlari ham bor. Odatda tuzlamalar uchun yerishtiriladigan navlari pishish jarayoni Avgust, Sentyabr va Оktyabr oylari bo’lib ular sal kechroq ekiladigan navlardir. 

Hozirgi vaqtga kelib iqlim o’zgarishi va hasharorlarni ko’pligini inobatga olgan holda ularni muntazam ravishta dorilash kerak bunday dorilar o’simliklar uchun maxsus ochilgan o’g’it va dorilar do’konlarida uchraydi. Bodring ko’chatlar gullashi bilan uni gullarini dorilash kerak, dorilash jarayonida har bir gulga dori tegishi lozim. Bodring suvni yaxshi ko’ruvchi sabzavot bo’lib uni kun ora yoki uch kunda bir marotaba sug’orish kerak, shundagina siz kutgan hosilni olishingiz mumkin, vaqtida og’itlash ham muhimdir. Sug’orish va og’itlash vaqti kechki payt bo’lgani maqul chunki kunduzi havo harorati baland bo’lib ko’chatlar nobud bo’lishi mumkin.