Har qanday dastur yoki ilova yaratayotganingizda, databazaga bog'lanish juda muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun uning puxta loyihalashtirilganligi juda muhim. Shu maqsadlarda, dasturchilar ORM (Object Relational Mapping) dan foydalanishadi, qaysiki dasturchilarga databazaga oson ulanish imkonini beradi. ORM dan foydalanish sizga ilova yaratayotganingizda tezlikni oshirishga ya'ni realizatsiyalarni oddiylashtirish va mustahkamlashga yordam beradi. C# dasturlash tilida juda ko'p mashxur ORM kutubxonalari ishlatilinadi, masalan EF (Entity Framework), NHibernate, Dapper, LLBLGen Pro, RepoDB, va hokazo. Shuncha ORMlar ichidan dasturchilar o'zlariga eng qulayini topishlari zarur va ulardan biri shubhasiz RepoDB.

Bu Postda biz sizga RepoDB nima va foydalanuvchilarga qanaqa foydalari mavjudligini to'liq tushuntirib beramiz.

Mundarija:

  1. RepoDB nima?

  2. Nima uchun RepoDB?

  3. RepoDBni ishlatishning foydalari

  4. RepoDB asosida ilovalar yaratish

  5. Xulosa

RepoDB Nima?

Dapper mikro-ORM freymvork bo'lib, u juda oddiy kodi bilan mashxur, shu bilan birga Entity Framework core dasturchini avto generatsiya qilingan SQL bilan ta'minlaydi. RepoDB bu 2 xususiyat mavjud bo'lgan gibrid ORMdir. U Repository DataBase ning qisqartma shaklidir. RepoDB o'zining patternlarni va dasturlash strukturalarini to'g'irlashi, ilova/dastur yaratishda tezlikni oshirish va kompaniyaning raw datalarini (hali tozalanmagan yoki tahlil qilinmagan ma’lumot) tez yo'l bilan qayta ishlash xususiyatlari bilan tanilgan. RepoDB Dapperning oddiyligi va Entity Framework Core kabi ORM larning murakkab operatsiyalarini o'zida jamlagani uchun dasturchilar uchun yaxshi variant bo'ladi.

RepoDB ning xususiyatlari

RepoDB — bu .NET platformasi uchun yengil, yuqori unumdor, samarali va dinamik gibrid ORM hisoblanadi. Bu yerda “yuqori unumdor” deganda raw datalardan klass obyektlari qanchalik tez yaratilishi va ushbu obyektlarning haqiqiy ma’lumot sifatida databazasiga qanchalik tez uzatilishi tushuniladi. “ Samarali” deganda esa ORM raw datalarni qayta ishlab, databazasiga yuborish jarayonida xotiradan qanday darajada tejamkor foydalanishi nazarda tutiladi. RepoDB mikro-ORM va to‘liq ORM xususiyatlarini birlashtirgani sababli “gibrid ORM” deb hisoblanadi. “Mikro” va “to‘liq” operatsiyalar o‘rtasida almashish oson bo‘lib, bu dasturchiga ilova ishlab chiqish jarayonida katta moslashuvchanlik beradi.

Kutubxona mikro-ORM ning barcha imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki RepoDB orqali Raw SQL yordamida Create, Retrieve, Update, Delete (CRUD) operatsiyalarini bajarish mumkin. RepoDBdan foydalanishda dasturchiga full-ORM xususiyatlari metodlarga asoslangan operatsiyalar orqali ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish uchun erkinlik beradi.

RepoDB ning xususiyatlari:

  • Asinxron operatsiyalar;

  • Rekursiv so‘rov (Recursive Query);

  • Riklomatik murakkablik (Cyclomatic Complexity);

  • Tur (Type) moslashtirish;

  • Maydon (Field) moslashtirish;

  • Ko‘p martalik moslashtirish (Multiple Mapping);

  • Ifoda daraxti (Expression Tree);

  • Keshlash (Caching);

  • Kuzatish/loglash (Tracing);

  • SQL so‘rov yaratish vositasi (SQL Statement Builder);

  • Tranzaksiyalar (Transactions);

RepoDB ning ustunliklari

Quyidagilar RepoDB’ning muhim afzalliklari bo‘lib, ishlab chiquvchilar uni mavjud kutubxonalardan yaxshiroq qilish maqsadida aynan shu jihatlarga e’tibor qaratganlar:

  • Kutubxonaning ishlash tezligi va unumdorligi uning asosiy ustunligi hisoblanadi. Tezlik ushbu kutubxonadan foydalanishning asosiy sababidir.

  • RepoDB bajaradigan barcha operatsiyalar yuqori darajada optimallashtirilgan, chunki u kompyuter xotirasidan kamroq foydalanadi.

  • RepoDB’da “mikro” va “to‘liq” operatsiyalar o‘rtasida almashish oson bo‘lib, bu ilova yaratish jarayonida dasturchiga katta moslashuvchanlik beradi.

  • RepoDB — Dapper kabi yengil ORM lar hamda Entity Framework Core va NHibernate kabi katta ORM lar o‘rtasida samarali ishlay oladigan gibrid ORM hisoblanadi.

  • Standart holatda kutubxona ichki klass bo‘lgan MemoryCache dan foydalanadi va shu orqali ikkinchi darajali keshlash (second-level caching) mexanizmini ta’minlaydi.

RepoDB asosida ilovalar yaratish

RepoDB bilan ishlashni boshlash uchun har xil turdagi qadamlar mavjud:

1 - Qadam

Visual Studio da Create a New Project ni tanlash orqali yangi ASP.NET Core Web API proyekt yarating

2 - Qadam

Proeykt shablonlarida ASP.NET Core Web Application ni tanlang

3 - Qadam

Endi Proyekt nomini kiriting. Quyida biz misol sifatida RepoDB.demo ishlatganmiz

4 - Qadam

Bu Proyekt yaratishning oxirgi qadami. Bu yerda, API template variantini belgilang. Qiymatlarni o'zligicha qoldiring, ASP.NET Core Web Application ni yaratish uchun Create tugmasini bosing

5 - Qadam

Proyekt yaratilgandan so'ng, siz RepoDB Nuget kutubxonasini proyektga qo'shishingiz kerak. Buni bajarish uchun, proyekt nomini tanlang va Manage NuGet Packages ni bosing

6 - Qadam

Keyin kutubxona menejer paneli ochiladi va siz RepoDb deb qidirishingiz lozim. Endi siz RepoDB NuGet paketining 1.13.1 versiyasini yuklab oling.

7 - Qadam

6 - qadamni yakunlaganingizdan so'ng, RepoDB.SqlServer Nuget paketining ham 1.13.1 versiyasini yuklab oling. Bu RepoDB Nuget kutubxonalarning Microsoft.Data.SqlClient Nuget paketlari va System.Data.SqlClient Nuget paketlariga bog'liq, agar oldin o'rnatmagan bo'lsangiz ularni ham o'rnatib olishingiz zarur bo'ladi.

Xulosa

Repozitori Databaza (Repository Database) juda yengil (kam resusr talab qiladigan) va oddiy kutubxona.Garchi RepoDB gibrid-ORM sifatida tanilgan bo‘lsa-da, u hali ham mikro-ORM sifatida hisoblanadi, chunki unda state tracking, change tracking va boshqa murakkab xususiyatlar ko‘p taqdim etilmagan. RepoDB ayniqsa, mikro-ORM bilan ishlashga qulay bo‘lgan, ammo to‘liq ORM lar tomonidan taqdim etilgan operatsiyalardan ham foydalanmoqchi bo‘lgan dasturchilar uchun foydalidir.

Rasmiy veb-sahifa: HOME | RepoDB

by LeGee