Agar sizning kun davomida sochingizning 100 ta tolasi to’kilsa bu normal holat hisoblanadi, ammo ularning soni yuzdan oshsa bu shifokor bilan maslahatlashish uchun sababdir. Unda bu jarayonning patologik yoki fiziologik ekanligini aniqlash kerak.

 

Soch to’kilishining sabablari

Soch to’kilishining sabablari har xil bo’lib, ular tashqi omillarga ham, tanadagi jarayonga ham bog’liq. Ayollar va erkaklarda soch to’kilishining asosiy sabablari.

  • Tez - tez stressli vaziyatlar. Asabiy buzilishlar va tashvishlar haddan tashqari soch to’kilishiga olib keladi.
  • Ko’p miqdorda shirinlik iste'mol qilish. Bu nafaqat soch to’kilishiga, balki boshqa kasalliklarga, masalan, diabetning rivojlanishiga olib keladi.
  • Noto’g’ri qon aylanishi, qon aylanishining buzilishi qo’ziqorin infeksiyasining rivojlanishiga olib keladi, bu esa soch to’kilishiga sabab bo’lishi mumkin.
  • Dori - darmonlarni qabul qilish natijasida metabolik kasalliklar ( masalan, gormonal )
  • Tashqi muhit; masalan, haddan tashqari issiq havo yoki sovuq havo bu sochlarga ta’sir ko’rsatadi. 
  • Noto’g’ri parvarish; sochlaringizni sovuq yoki juda issiq suv bilan yuvish,noto’g’ri tanlangan shampun va sochni parvarish qilish vositalari.

Ayollar soch to’kilishi sabablaridan yana biri sochlarni ko’p turmaklash, sochga og’ir taqinchoqlar taqish, tez - tez bo’yash. Imunitetning  pastligi, gormonal muvozanat va kerakli vitamin kompleksining yetishmasligi.

 

Soch to'kilishini oldini olsih uchun nima qilish mumkin?

Agar sochingizga qo’lingiz tekganda yoki taraganingizda besh va undan ortiq soch tolalari to’kilsa, bu patologik muammoni ko’rsatadi. Bunday vaziyatlarda shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki bunga e’tiborsiz qarasangiz keyinchalik bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sochingiz kun davomida kamroq to’kilsa va tolalari ingichka bo’lib shikastlanganga o’xshab ko’rinsa ularni uy sharoitida parvarish qilsangiz ham bo’ladi.

 

Uy sharoitida sochlarni parvarish qilish

Uyda soch to’kilishini oldini olish va ularni mustahkam qilish uchun eng yaxshi vosita bu tabiiy niqoblardir. Ularni qanday tayyorlash va nimalardan foydalanish kerakligini ko’rsatib o’tamiz.

  1. Xantal (gorchitsa) bilan - 1 osh qoshiq quruq xantal, 2 osh qoshiq choy va bir dona tuxum sarig’i. Bu uchala mahsulotni kichikroq idishga solib yaxshilab aralashtiriladi va yarim soatga tindirishga qo’yiladi, vaqt bo’lgach tayyor niqobni toza soch ildizlariga surtib 40 - 45 daqiqa shu holda qoldiriladi va iliq suvda yuvib tashlanadi.
  2. Asal bilan - 3 qoshiq toza asal, 2 choy qoshiq zaytun moyi, 1ta tuxum sarig’i va 3 - 4 tomchi limon sharbati. Barcha mahsulotlarni aralashtiramiz va toza sochlarimizga suramiz va 4- 5 daqiqa yengil masaj qilamiz . Sochlarimizga niqobni yarim soat qoldiramiz va   shampun bilan iliq suvda yaxshilab yuvamiz . Bu niqobni haftada bir marotaba bir oy davomida qilsangiz sochlaringiz qalinlashadi va to’kilishi kamayadi. 
  3. Piyoz va sarimsoq bilan - 2 osh qoshiq piyoz sharbati, 1 bosh sarimsoq va 3 - 4 tomchi limon sharbati. Piyoz sharbatiga qirg’ichdan chiqarilgan sarimsoqni va limon sharbatini aralashtirib sochlarimizga suramiz va 40 - 45 daqiqa qoldiramiz . Vaqt bo’lgach yaxshilab yuvib tashlaymiz hidi qolmaguncha. Bu niqobimiz biroz noxush bo’lishi mumkin, ammo natijasi juda sezilarli bo’ladi.
  4. Guruch bilan - 2 osh qoshiq guruchni 350 ml suvda qaynatamiz guruch ezilib  pishguncha. Biroz sovutib sochlarimizga suramiz va yarim soatga qoldiramiz . Vaqt bo’lgach yuvib tashlaymiz bu niqobni 1 oyda bir marotaba qilsangiz bo’ladi.