Har bir inson haftada  sochlarni necha marta yuvish kerak degan savolga javob izlagan bo’lsa kerak. Biroq, aniq javob yo’q, chunki hamma narsa soch turiga bog’liq. Quruq, normal yoki yog’li sochlar turli xil parvarishlarga muhtoj. Agar siz yaxshi shampun ishlatsangiz va sochlaringizga niqoblardan foydalansangiz haftada bir marta sochingizni yuvish normaldir.

Biroq, sochlaringiz quruq bo’lsa, vaqt o’tishi bilan tabiiy namligini yo’qotishi mumkin. Shuning uchun sochingizni  haftada ikki marta yuvishingiz kerak oraliq vaqt ko’payib ketsa follikulalar tiqilib qoladi va soch ildizlariga kislorod yetib bormaydi.

Sochingizni qachon tez - tez yuvishingiz mumkin. 

Sochlarni har kuni yuvadiganlar ham bor, bazilar 3 kunda bir marta yuvishadi. Ikkala holatda ham hech qanday yomon narsa yo’q, chunki yog’li sochlar yuvilgandan keyin ertasi kuniyoq yoqimsiz ko’rinishi mumkin. Yog’lanishni oldini olish uchun maxsus shampunlar va niqoblardan foydalanilsa soch yana o’z holatini tiklashi mumkin.

Aslini olganda sochlarimizni haftada ikki marta yuvish eng normal holdir. Sochni to’g’ri yuvish uchun unversal qoida yo’q. Iqlim, suv sifati, sport mashg’ulotlari yoki boshqa sabablar ko’p. Shuning uchun, bosh terisida to’planib qoladigan changlar havodagi turli xil zarralar tufayli bosh terisini zararlovchi omillardan xolos bo’lish uchun sochlarni haftada ikki marta yuvish yaxshi xolat. Sochlaringiz yuvgandan keyin yaxshi jilovlanishu uchun shampunni qo’lingizda biroz suv bilan ko’pirtirib olin bu yaxshi samara beradi.