Sog’lom nonushta qanday bo’lishi kerak
Shifokorlar ko’pincha kunni to’g’ri nonushta bilan boshlash qanchalik muhimligini aytadilar. Ammo ertalabgi nonushta qanday bo’lishi kerak?
Nonushta kunning eng muhim taomidir, chunki u butun kun davomida odamni energiya bilan to’ldiradi va tungi dam olish vaqtidan keyin tanadagi metabolik jarayonni boshlaydi. Shuning uchun ertalabgi ovqatni to’g’ri tanlash juda muhimdir.
Sog’lom nonushta quyidagi tarkibiy qisimlarni o’z ichiga olishi kerak.
Murakkab uglevodlar
To’liq donli non, grechka, jo’xori uni, tariq va arpa yormalari kun davomida tanani energiya bilan ta’minlaydi va uzoq davom etadigan to’yinganlik tuyg’usini beruvchi murakkab uglevodlar manbalari hisoblanadi. Sabzavot va mevalar iste'mol qilish juda foydali chunki ularda ko’plab vitamin va minerallar bor bularning barchasi inson organizimi uchun foydali.
Proteinlar
Proteinlar organizim uchun eng muhim moddalar bo’lib, u immunitetni shakillantirishda ishtirok etadi, hujayralarni tiklashda yordam beradi. Tuxum, yog’siz go’sht, shakarsiz yogurtlar va tvorog ajoyib protirn tarkibiy qismlaridir.
Sog’lom yog’lar
Sog’lom yog’lar sifatida nonushtaga yong’oq moylari o’simlik moylari, zaytun moyi, tabiiy sariyog’ va boshqalar. Bunday yog’lar hujayralar, miya va yurak salomatligi uchun foydalidir. Ular metabolizmni tezlashtiradi, shu bilan birga eng ko’p energiya olishga yordam beradi.
Ozoqlanish nafaqat muozanatli, balki turli xil bo’lishi kerak. Ro’yxatda keltirilgan mahsulotlardan siz turli xil nonushtalarni tayyorlashingiz mumkin: har xil plombali jo’xori kreplari, butun donli nondan tayyorlangan senvichlar, mevali va sabzavoyli salatlar, omletlar va boshqalar.