STIR (INN) nima va uni qanday aniqlash mumkin?
STIR — bu Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami bo‘lib, ayrim hujjatlarda INN nomi bilan ham qo‘llaniladi. STIR O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati tomonidan beriladi va fuqaroning soliq tizimidagi yagona identifikatsiya raqami hisoblanadi.
STIR 9 xonali raqamdan iborat bo‘ladi. U har bir jismoniy shaxsga bir marta beriladi va umr bo‘yi o‘zgarmaydi. Pasport yoki ID-karta almashtirilgan taqdirda ham STIR raqami o‘zgarishsiz qoladi.
STIR qanday holatlarda kerak boʻladi?
STIR quyidagi rasmiy jarayonlarda majburiy hisoblanadi: ishga joylashishda; bank hisob raqami ochishda; kredit yoki ipoteka rasmiylashtirishda; davlat xizmatlaridan foydalanishda; tadbirkorlik faoliyatini yuritishda; elektron davlat xizmatlari portallaridan foydalanishda.
STIR (INN) ni qanday aniqlash mumkin?
Agar fuqaro o‘z STIR raqamini bilmasa yoki unutgan bo‘lsa, uni rasmiy elektron platformalar orqali aniqlashi mumkin.
MY.SOLIQ.UZ orqali aniqlash
my.soliq.uz saytida "Shaxsiy kabinet" ga o'ting
ЭРИ yoki token yordamida “Kirish” tugmasini bosish orqali shaxsiy sahifangizga kiring

Мenyu orqali profilingizga kiring

Profilingizdagi rasmingiz yonida STIR raqamingizni ko'rishingiz mumkin

my.soliq.uz — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy elektron portali hisoblanadi.
STIRni aniqlash tartibi quyidagicha: foydalanuvchi brauzer orqali my.soliq.uz saytiga kiradi; “Kirish” tugmasi bosiladi; elektron raqamli imzo (ERI) yoki token yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi; shaxsiy kabinetdagi “Profil” bo‘limi ochiladi; jismoniy shaxs profilida STIR (INN) raqami ko‘rsatiladi.
MY.GOV.UZ orqali aniqlash
my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo‘lib, u orqali ham fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rish mumkin.
STIRni my.gov.uz orqali aniqlash tartibi: my.gov.uz saytiga kiriladi; shaxsiy kabinetga OneID yoki ERI orqali tizimga kiriladi; foydalanuvchi profili ochiladi; shaxsiy ma’lumotlar qismida STIR (INN) raqami aks etadi.
Agar onlayn aniqlash imkoni boʻlmasa
Agar fuqaro elektron tizimlardan foydalana olmasa, u yashash manzili bo‘yicha Davlat soliq inspeksiyasiga murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport yoki ID-karta taqdim etilishi talab etiladi.
Muhim eslatmalar: Har bir fuqaroning faqat bitta STIR raqami bo‘ladi. STIR maxfiy ma’lumot hisoblanadi, uni begona shaxslarga bermaslik tavsiya etiladi. STIR raqami davlat reyestrida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, faqat rasmiy manbalar orqali tekshirilishi kerak.