Tuzlangan pomidor va bodring
Uy bekalarining eng sevimli joylari albatta bu oshxona. Ular kun davomida ovqat pishirish bilan shug’urlanishdan tashqari mavsumiy bo’lgan maxsulotlardan banka yopishga ham ulguradilar. Masalan mevalardan murabbo, kompotlar va qishda biz sevib iste’mol qiladigan tuzlamalar. Bir ko'rishda oson tuyilishi mumkin ammo tuzlamalar mahorat va e’tiborni talab qiladi. Biz ularni xar xil usullarini bilamiz va tayyorlab ko’rganmiz, ammo xar doim ham natija biz kutgandek bo’lmavermaydi.
Ushbu maqolada men sizlar bilan o’zim tayyorlaydigan usulni bo’lishmoqchiman.
Kerakli maxsulotlar
(5ta 1ltlik banka uchun)
- 2 kg pomidor
- 3kg bodring
- 2 bosh chesnok
- 1 bog’ ko’kat
- tuz
- 1 bog’ xren barglari
- 5 dona kichkina qalampir
- 3 yoki 4 dona bulg’or qalampiri tam beruvchi barg (lavr bargi) va uksuz
- suv, qora murch donachalari
Tayyorlanishi
Birinchi o’rinda bodringni yaxshilab yuvib olamiz va sovuq suvda 6 soat solib qo’yamiz, orada suvini 3 yoki 4 marotaba almashtiramiz. Pomidor, ko’kat, xren va qolgan mahsulotlarni ham yuvib olib, har bir bulg’or qalampirini to’rtga bo'lamiz, chesnokni ham tozalab olamiz. Bonkalarimizni yaxshilab sterilizatsiya qilamiz, keyin birinchi bulg’or qalampiri, chesnok, ko’kat va xrenni solamiz, ustidan pomidor va bodringlarni chiroyli qilib solgandan so’ng, qaynab turgan suvni quyamiz va yarim soat shu xolida qoldiramiz. Astalik bilan suvlarni to’kib tashlaymiz, so’ngra har bir bankamizga bir qoshiqdan tuz, yarim osh qoshiq uksus, bir dona qalampir, murch donachalari va tam beruvchi barg (lavr bargi) solamiz. Keyin qaynab turgan suv quyamiz va qopqog’ini yaxshilab maxkamlaymiz (bu maxsulotlar 1 litrli bonkalar uchun). Agarda siz 2 yoki 3 litrli bonkada yopmoqchi bo’lsangiz, mahsulotlarni bonka hajmiga moslab ko’paytirasiz. Bonkalarimizni qopqog’i berkitilgan holda 15 minut sterilizatsiya qilamiz, buni istalgan idishda amalga oshirsangiz bo’ladi, masalan manti qosqoni yoki qozonda. So’ngra ularni olib, qalin matoga yaxshilab 2-3 kunga o’rab qo’yasiz.