Tvorog krem va mevali tort
Odatda tortlarni ko’rganimizda va ular haqida gap ketganda barchamizni kayfiyatimiz ko’tarilib ishtahamiz ochilib ketadi . Bayram va tug’ilgan kun dasturxoni ular bilan fayzli va chiroyli ko’rinadi . Hozir tayyorlaydigan tortimiz nafaqat chiroyli bo’lib qolmay juda mazzali va to’yimli, buni bir marotaba tayyorlab ko’rgan har bir uy bekasi har doim shu tortni tayyorlagisi keladi degan umiddaman chunki mayin va mazzali tami hammaga xush keladi.
Masalliqlar ( Biskvit uchun)
- Tuxum - 6 dona
- Shakar - 120 gr
- Un - 120 gr
- Pishiriq kukuni (разрыхлитель ) - 0,25 choy qoshiq
Masalliqlar ( Krem uchun)
- Qaymoq - 500 gr
- Tvorog - 200 gr
- Shakar kukuni - 150 gr
- Jam - 150 gr (yani murabbo ) malinai yoki qulupnayl
Bezash uchun mevalar ( uyingizda bor mevadan foydalansangiz ham bo’ladi)
- kivi - 1 dona
- qulupnay - 4 dona
- qora zaytun - 8 dona
- qora shokolad - 50 gr
Biskvit tayyorlash
Chuqurroq idishga tuxumning oqi sarig’idan ajratilib solinadi. Sarigini kichik idishga solib olib qo’yamiz . Oqini mikserda yaxshilab ko’pirtiramiz oppoq bo’lguncha so’ngra shakarni oz - ozdan qo’shib aralashtirishda davom etamiz shakar tugab eriguncha.
Ko’pirtirib olgan tuxum oqiga olib qo’ygan tuxum sarig’ni solib yengil aralashtiramiz va ustidan unni ham solamiz unimizga pishiriq kukunini aralashtirib olishimiz kerak, uni ham yengil aralashtiramiz tekkis xamir bo’lguncha, tayyor massamizni domaloq qolibga solib qizib turgan gaz pechida 180 daraja issiqlikda 40 - 45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishirish davomida nazorat qilib turishimiz kerak chunki biskvitimiz qizarib ketmasligi kerak . Biskvit pishgandan so’ng darrov gaz pechi eshigini ochmang biskvit pasayib qolishi mumkin. Tayyor biskvitni sovutib olib 3 ta bo’lakka bo’lib olamiz.
Krem tayyorlash
Kattaroq bir idishga qaymoqni solib oppoq bo’lguncha mikserda aralashtiramiz quyuq bo’lgandan so’ng shakar kukunini oz - ozdan solib aralashtirishda davom etamiz kukun tugaguncha so’ng tvorogni ham oz ozdan solib aralashtiramiz oppoq yengil krem bo’lguncha.
Oldindan tayyorlab olgan biskvitlarimizni har bir qavatiga sirob purkab chiqamiz yani nam qilib olamiz (sirob tayyorlash: qaynagan suv - 4 qoshiq va 1- choy qoshiq shakar aralashmasi ) . Biskvitlarimizni har qavatiga krem surib ustidan murabbo solib tekis qilib yoyamiz va biskvitlarni birlashtiramiz.
Yon tomonlari ustilarga kremni yaxshilab surib olamiz va bezatamiz. Muzlatgichka 2 soatga qo’yamiz va olib uni chiroyli qilib kesib oila a'zolari va mehmonlarga tortiq qilsangiz bo’ladi , yoqimli ishtaha .