So'nggi paytlarda PowerShell yoki bash/zsh-da rivojlangan buyruq qatoridan foydalanish ommalashdi. Ushbu maqolada men sizga PowerShell, Windows Terminal va VS Code-da buyruq qatorini sozlash va undan to'liq foydalanish uchun nima qilish kerakligini ko'rsataman.

 

Reja:

  • Nerd shriftini o'rnatish
  • PowerShell va Terminal uchun Oh My Posh dasturini o'rnatish va sozlash
  • Gliflarni to'g'ri ko'rsatish uchun Windows-da VS Code-ni sozlash

 

Nerd shriftini o'rnatish

Terminalning deyarli barcha zamonviy namunalarida gliflardan foydalaniladi. Agar terminalda ishlatiladigan shriftda tegishli gliflar bo'lmasa, buyruq satrida kvadrat - ▯ yoki savol belgisi � kabi belgilarlar bilan almashtirilishi mumkin. Terminaldagi barcha gliflarni ko'rsatish uchun avval Nerd loyihasi veb-saytidan o`zingizga ma`qul tushadigan shriftni o'rnatishingiz kerak.

Nerd Fonts dashturchilar uchun ko'plab gliflar bilan boyitilgan shriftlarni taqdim etadi. Xususan, Font Awesome, Devicons, Octicons va boshqalar kabi mashhur shriftlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Nerd shriftini o`rnatish uchun https://www.nerdfonts.com/font-downloads yoki https://github.com/ryanoasis/nerd-fonts#patched-fonts havoladagi kerakli shriftni ko`chirib oling.

Kerakli shriftni yuklab olgandan so'ng, uni o'rnatishingiz kerak. Buning uchun shriftni arxivdan chiqaramiz, kerakli shriftlarni tanlaymiz va uni o`rnatamiz.

Shrift o'rnatildi, endi keyingi bosqichga o'tish mumkin.

 

PowerShell va Terminal uchun Oh My Posh dasturini o'rnatish va sozlash

Oh My Posh - bu buyruq satrini funksiya yoki o'zgaruvchi bilan sozlash imkoniyatiga ega bo'lgan har qanday qobiq uchun moslashtirilgan buyruq qatorini sozlash mexanizmi. PowerShell-da ushbu mexanizmdan foydalanish uchun men winget paketlar menejeridan foydalanaman. winget Windows 11 va Windows 10 ning oxirgi versiyalarida o`rnatilgan bo`ladi yoki siz uni quiydagi ilova orqali o`rnatishingiz mumkin.

Oh My Posh dasturini o`rnatish uchun quyidagi buyruqni PowerSehll-da bajaring:

winget install JanDeDobbeleer.OhMyPosh -s winget

PowerShell profilingiz tahrirlang, siz uning joylashuvini PowerShell-da $PROFILE o'zgaruvchisi yoradamida topishingiz mumkin. Masalan, bloknot yordamida:

notepad $PROFILE

Agar fayl mavjud bo'lmasa, tizim uni yaratishni taklif qiladi va uni qabul qiling.

Profil fayliga qyudagi satrni kiriting:

oh-my-posh init pwsh | Invoke-Expression

Faylni saqlang va yoping. O'zgarishlar kuchga kirishi uchun terminalni qayta ishga tushiring va quyidagi rasmda ko'rsatilganidek, yangilangan buyruq qatorini ko'rasiz.

E'tibor bering, barcha belgilar to'g'ri ko'rsatilmagan. Buning sababi, PowerShell terminali hozircha gliflarni tanimaydigan shriftdan foydalanmoqda. Buni sozlash uchun PowerShell terminali sozlamalariga o'ting va avval o'rnatgan glif bilan ishlaydigan shriftni tanlang.

 

Glif bilan ishlaydigan shriftni tanlaganingizdan keyin, terminalni qayta ishga tushiring va natijada terminalning quyidagicha ko’rinishini ko’rishingiz mumkin:

Oh My Posh barcha namunalarini ko’rish uchun https://ohmyposh.dev/docs/themes havolasiga o`ting yoki Terminal-da quyidagi buyruqni bajaring:

GET-PoshThemes

Oh My Posh namunasini o’zgartirish uchun, masalan M365Princess namunasini tanlash uchun quyidagi buyruqni bajaring:

oh-my-posh init pwsh --config '$env:POSH_THEMES_PATH\themes\M365Princess.omp.json' | Invoke-Expression

Natijada buyruqlar satri quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

 

Gliflarni to'g'ri ko'rsatish uchun Windows-da VS Code-ni sozlash

Agar siz VS Code-ni ochsangiz va undagi terminal-da gliflar to'g'ri ko'rsatilmasligini ko'rasiz. Buning sababi gliflar bilan ishlaydigan shrift tanlanmaganligida.

VS Code sozlamalariga o'ting, Terminal-ni tanlang, Integrated: Font Family-ga o'ting va shrift nomini kiriting. Mening holatimda bu MesloLGL Nerd Font. Sozlamaning toʻliq nomi terminal.integrated.fontFamily boʻlib, unga tezda oʻtish uchun uni sozlamalarni qidirish satriga kiritishingiz mumkin.

 

O’qiganingiz uchun raxmat!