Xonaki gullarni yaxshi ko’rmaydigan insonni o’zi bo’lmasa kerak, ular  kayfitatimizni ko’taribgina qolmay uyimizga ko’rk va toza havo bag’ishlaydi. Gullar ko’p bo’lgan xonadonda chang va g’uborlar bo’lmaydi. Biz ularni yaxshi ko’ramiz ammo, parvarishlashda biroz qiynalamiz. Xonaki gullarni hamisha yorqin va tetik ko’rishni  xoxlaymiz, xo’sh buni qanday amalga oshirsa bo’ladi. Aslida ularni parvarishlash biz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Gullarga birozgina e’tibor qaratib bazi bir tafsiyalarga  amal qilinsa shunda biz kutgan natijaga erishishimiz mumkin. 

 

 Xonaki  gullarni sug’orish

Barcha xona gullari qanday o’stirilganiga va fasillar bo’yicha o’simliklarning o’sishi o’zgarishiga qarab, bir oz farq qiladi.

sug’orish talablari: Belgilangan kalendar jadvali bo’yicha emas, balki kerak bo’lganda sug’orish yaxshiroqdir. Umuman olganda, tegishli o’lchamdagi  tuvakda solingan tuproq va ozuqaga qarab sug’organ maqul. Agarda gullar turi va naviga qarab sug'orilsa ular ko’rkamligini yo’qotmaydi. Kaktuslar , daraxtli xona gullari , barglari qalin gullar ko’p suvga muxtoj emas, har doim gullab turadigan gullar esa biroz ko’proq suv talab qiladi.

Haddan tashqari sug’orish xona gullarini nobud bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Gullarga suv quyayotganda ehtiyotkorlik bilan barglari va poyalariga sachratmasdan quygan maqul, bu esa  ularning barglari va poyalarini chirishini oldini oladi.

 

 

Xonaki gullarni o’z vaqtida ozuqlantirish  (turli og’tlar solish)

Ko’pgina xona gullari bahor  va yoz fasillari tezroq  o’sadi, bu ularni oziqlantirish uchun eng yaxshi paytdir. Kuz va qishning qisqa kunlarida gullar o’g’itga ko’p muxtoj emas, qancha og’itdan foydalanish kerakligini bilish uchun, o’git solingan idishidagi ko’rsatmalardan foydalangan maqul.

Ko’p miqdordagi solingan o’g’it gullarni ildizini kuydiradi va o’sishini sekinlashtiradi. Gullaydigan navlari uchun mos keladigan o’g’tlar - azot, fosfor va kaliy. Azot gullarni tez o’sishini taminlaydi. Fosfor va kaliy ularni ildizi va tanalarini mustahkamlab qalinlashtiradi. Ba’zi gullar esa tabiiy o’gi’tlarni yaxshi ko’radi va ular bilan oziqlantirish foydali.

 

 

Xona gullarini ko’chirib o’tqazish va ko’paytirish

 

Gullaringiz o’sib ildizlari yug’olashib ketgani sari ularning idishi kichkinalik qilib ildizlar idishga sig’may qolishi mumkin. Bu esa gullaringiz o’smay qolishga olib kelishi mumkin. Darhol ularni idishlarini kattalash lozim, ba’zi xona gullarini ko’chirayotganda ularning ildizlarini bo’lib  ko’paytirsa ham bo’ladi. Xona gullarini ko’chirish va ko’paytirish uchun ajoyib vaqt bu bahor va yoz fasillaridir. 

Ayrim turdagi xona gullari vaqti-vaqti bilan bo’linishi yoki boshqa usullar bilan ko’chirilishi kerak. Ba’zilarini to'g'ridan to’g’ri  tuproqli idishga o’tqazsa bo’ladi, ayrimlarini ikki-uch hafta suvga  solib ildizlatgan maqul. 

 

 

Xona gullarni changlardan tozalash va hasharotlardan himoyalash

Barcha xona gullarini changlardan muntazam tozalab turish kerak, chunki ularning barglarida chang ko’p to’planib qoladi. Buning sababi u xonadagi hidlarni va changlarni o’ziga  oilib xonani havosini tozalab beradi. Silliq bargli gullar ularning bargalaridagi changni olish uchun yumshoq matodan foydalanish lozim. Bu nafaqat gullarning tashqi ko’rinishini yaxshilaydi, balki ko’proq yorug’lik olishga yordam beradi.

Ba’zida hasharotlar gullarning kasallanishiga sabab bo’lishi mumkin. Hasharotlar idishdagi tuproqlarda yoki gullarning barglarida bo’ladi. Gullarni ulardan himoyalash uchun maxsus dorilarilardan foydalaning. Ular o’simlik, o’g’itlar sotiladigan do’konlarda bo’ladi. Yo’riqnomasida yozib qo’yilgan ritsep asosida tayyorlab gullarga quysangiz bo’ladi. 

 

 

Xona gullarini kesish 

Gullarni yilning istalgan vaqtida kesishingiz mumkin, ularni gul kesadigan maxsus qaychilarda kesish kerak. Xonaki gullarni kesishning asosiy sabablari ularni yanada yaxshi ko’rinishga keltirish va ularni judda katta bo’lishiga yo’l qo’ymaslikdir. O’sib chiqqan keraksiz tanalarini kesib tashlash ularni yoshartirishga yordam beradi. Gullarni kesayotganda ehtiyotkorroq bo’lish lozim, kesmoqchi bo’lgan poyadagi kurtaklar yoki yon kurtaklar to’plamining tepasidan kesishga harakat qilish kerak. Bundan tashqari, kasallangan poyalari va barglarni kesib tashlash orqali siz ularning boshqa poyalarga tarqalib ketishini oldini olgan bo’lasiz. Gullar uchun bu foydali bo’ladi va ular gullab yashnaydi.