5-may kuni Xitoy ommaviy axborot vositalari BYD Seal’ning yangi bazaviy modeli 7-maydan sotuvga chiqarilishini ma’lum qildi. U Champion Edition deb nomlanadi va narxi 189 800 yuan (27 400 AQSh dollari) turadi. Bu 218 800 yuandan boshlangan avvalgi bazaviy modeldan 23 000 yuanga (3 300 dollar) arzon.

 

 

Zhidian Mobility tomonidan xabar qilingan BYD dileri ma'lumotlariga ko'ra, yangi bazaviy komplektatsiya 11% arzonroq narxga ega bo'ladi. Seal Champion Edition, ehtimol, orqa g'ildiraklari yetakch, 550 km masofaga va 170 kVt elektr motoriga ega bo'ladi.

 

 

Seal o'tgan yilning may oyida ishga tushirildi va 212 800 - 289 800 yuan narx oralig'ida bo’lgan. U BYD 3.0 elektron platformasiga asoslanib va CTB (Cell-to-Body) texnologiyasini qo’llaydi. Bu akkumulyatori elektromobil  ramasiga birlashtirilganligini anglatadi. Seal byudjet xetchbeki BYD Seagull va Dolphin bilan birga Ocean seriyasiga tegishli.

 

 

Seal o'lchami 4800/1875/1460 mm (L/W/H) va g'ildirak bazasi 2920 mm, bu Tesla Model 3-dan 45 mm uzunroqdir. Model 3 bilan taqqoslaganda, 106 mm uzunroq, 26 mm kengroq va 17 mm balandroq.

 

 

BYD, shuningdek, Sealning iTAC (Intelligent moment Control System) tizimi bilan faxrlanadi. U har bir g'ildirak tezligini 50 ms dan ortiq oldindan nazorat qila oladi. BYDning ta'kidlashicha, iTAC tizimi Sealga 83,5 km/soat tezlikda moose sinovidan o‘tishga imkon bergan. Bu juda yuqori tezlik, shuning uchun uni ba'zi mustaqil testlarda isbotlash kerak.

BYD Seal to'rt komplektatsiyasi bilan ishga tushirildi. Oldingi Seal (bazaviy komplektatsiya) orqa g'ildiragi yetakchi, 550 km masofani bosib o'tish uchun 61,44 kVt-soat batareya va 212 800 yuan narxiga ega bo’lgan. Ikkinchi komplekatsiya oldingisi bilan bir xil elektr motor va batareya ega, narxi 225 800 yuan (32 700 AQSh dollari) va u SW qulaylikalari va xususiyatlari bilan birinichi komplektatsiyadan farqlanadi. Uchinchi komplektatsiyaga kelsak, u orqa g’ildiraklari yetakchi bo’lgan va kattaroq batareyaga ega. Uning quvvati 82,56 kVt/soatga yetadi, masofasi 700 km va narxi 262 800 yuanga (39 380 AQSh dollari) teng.

Yangi bazaviy model Model 3 bazaviy komplektatsiyasidan 6000 AQSh dollariga arzonroq. Bu qaror BYD uchun muhim, chunki oldingi Seal kutilganidek yaxshi emas edi va BYD sotuvi asosan Ocean seriyasidagi BYD Dolphin va Dynasty seriyasidagi Song va Qin oilasi asosidan amalga oshirildi. Seal aprel oyida 6212 dona sotilgan; BYD aprel oyida, eksportni hisobga olgan holda 210 295 dona sotildi.