Asab buzilganda va uyqusizlikda muhim tavsiyalar.

Qator dorivor giyohlar va damlamalar borki, ular ham biz asabiyzo`riqishlarni va stresslarni yengib o`tishimizda, uning salbiy oqibatlari bo`lgan uyqusizlik, tajanglik, ortiqcha ta`sirchanlik, serzardalik va hokazolarni bartaraf etishda samarali ko`maklashadi. Quyida xalq tabobatidan bir nechta foydali maslahatlarni keltirib o`tamiz.

  1. Asab buzilganda va uyqusizlikda 1 stakan qaynagan suvga 1 choy qoshiq asal bilan yarimta limon shirasi qo`shib damlama tayyorlanadi. Kuniga 3 mahal ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin uchdan bir stakan ichiladi.
  2. 100 gr kashnichga 1l aroq quyiladi, qorong`i va salqin joyda 3 hafta saqlanadi, tindiriladi. Depressiyada kuniga 3 mahal 15-20 tomchidan suv bilan ichiladi. Muzlatgichda saqlanadi.
  3. Kuchli uyqusizlikda qulmoq g`uddalari to`ldirilgan yostiqcha yaxshi yordam beradi.
  4. Qovoqning istalgan ko`rinishda iste`mol qilish orqali yuqori jinsiy ta`sirchanlikni tinchlantiradi.
  5. Asablar zo`riqishida bir dona turp suviga ikki hissa miqdorda qaynatib sovutilgan suv qo`shiladi. Har kuni yotish oldidan 100 grdan ichub turiladi. Muolaja muddati-10 kun.
  6. Asab buzilishi va xafaqonlikda olma yeyish va hisdlash juda foydali. Olma miyaga tetiklashtiruvchi ta`sir ko`rsatib, faolligini oshiradi.
  7. 50g ukrob urug`iga 0,5l “Kagor” yoki shunga o`xsash vino quyiladi, 5-10 daqiqa past olovda qaynatiladi. Tindirilmasdan muzlatgichda saqlanadi. Uyqusizlikda uyqudan oldin 1 osh qoshiqdan ichiladi.

8.100 yangi uzilgan malina murabbosi (yoki quritilgani ham bo`ladi) qaynagan suvda eritiladi (agar quritilgani bo`lsa qaynatiladi). 10 daqiqa dam yedirilganidan keyin 1 osh qoshiq asal qo`shiladi. Bu aralashmani uyqudan oldin ichish lozim.

9. Uyqusizlik va ortiqcha ta`sirchanlikda archagul, valeriana ildizi, tog` yalpizi va sushenitsa o`ti aralashmasidan 4:1:3:3 nisbatda damlama tayyorlanadi. To`rt osh qoshiq aralashma bir litr qaynagan suvda qo`shiladi va termosda 12 soat damlanadi.  Kuniga 4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi. 

10. Tog` rayhon turp bilan yeyilsa, quymich asablari dardiga shifo bag`ishlaydi, rutubatoshib ketishi sababli badan qizishini bartaraf qiladi.

11. Piyozni teng ikkiga bo`lib,burunga yaqin olib kelingan holda tez-tez hidlab turilsa, asab xurujini to`xtatadi.

12. 150g sarimsoq shirasi, 250g piyoz shirasi va 0,9 olma sirkasi birga aralashtiriladi, bir kun qorong`u va issiq joyda saqlanadi, vaqti-vaqti bilan chayqab turiladi. So`ngra 500g asal 30-40daqiqa qaynayotgan suv hammomida isitiladi, asal yuzasida paydo bo`layotgan ko`piklar muntazam olib tashlanib, qaynab ketishiga yo`l qo`yilmaydi. Asal sovutiladi va unga sarimsoq, piyoz hamda sirka qo`shilgan damlama quyilib, 7 kun saqlanadi, vaqti-vaqti bilan chayqab turiladi. Bu jismoniy va aqliy toliqishda, odamni holdan toydiruvchi og`ir kasalliklarda, keksa odamlar quvvatini oshirish uchun juda foydali. Kuniga 4 mahal ovqatlanishdan 30-40 daqiqa oldin 1 choy qoshiqda ichiladi.

13. Bundan tashqari, mayiz ham yuqori kaloriyali va to`yimli oziq maxsulot bo`lib, asab tizimiga, asabi buzuq va o`ta ta`sirchan odamlarga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, jahldan tushiradi, yurak, o`pka va jigarni mustahkamlaydi.

14. Uyqusizlikda tish yaxshilab tozalangach, bitta olma po`sti bilan yeyiladi. Bu miya charchog`ini yozib, uyquni tezlashtiradi. 

15. Uyquda siyib qoyish holati bugungi kunda ko`p uchraydi. Bunga asab bo`shligi, buyrak yoki siydik qopida kasalliklar borligi sabab bo`ladi. Uyqusida siyib qoyadigan odam shakar, isiriqni yog`ga aralashtirib yesa, bu darddan xalos bo`ladi.

Uyqusizlikda kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin 3-4g ukrop tolqoni suv bilan iste`mol qilinadi. 

Endi esa manual terapeya haqida so`z yuritamiz. Boshingizni o`nga-chapga aylantiring. Qisirlayaptimi, og`riyaptimi?  Iyakni yelka tomonga roppa-rosa 90C ga burish qiyinmi? Gardaningiz o`qtin-o`qtin og`rib turadimi? Boshingiz aylanadimi? Agar uchala savolga ham tasdiq ishorasi bilan javob bersangiz, u holda bo`yinni to`g`irlash kerak. Buni uyqu oldidan qilish yaxshiroq samara beradi. Albatta, yolg`iz o`zingiz bo`yinni to`g`irlay olmaysiz. Buning uchun kimdir yordam berishi kerak. Avval o`zingiz uyda kimnidir bo`ynini to`g`irlashga yordamlashing, keyin esa sizda ham shularni takrorlashni iltimos qiling. Buning uchun u krovat yoki divanga chalqancha holatda yotib olishi lozim. shunday yotsinki, boshi undan tashqariga chiqib osilgan holatda tursin. Iyagi va boshining orqasidan ushlab, boshni o`zingizga torting so`ngra chap va o`ng tomonga yengil buring o`n daqiqa shunday davom eting. Bu muolajadan so`ng bo`yinga mayin iliqlik yuguradi, fikrlar ham tiniqlashadi. Qaniydi, yotsam-u uxlasam deydi kishi.

Uxlaysizmi? marhamat! Lekin shunchaki uxlamang, meditatsiya bilan uxlang! Shunda sizni o`zgacha bir ruhiy halovat o`z og`ushiga olayotganini his etasiz.