Kirish

Autizm — bu asosan bolalik davrida aniqlanadigan, miyaning rivojlanishida yuzaga keladigan neyrobiologik buzilish bo‘lib, odamning ijtimoiy muloqotga kirishishi, nutqi va xulq-atvorida o‘ziga xosliklar bilan namoyon bo‘ladi. Tibbiy atamada bu holat “Autizm spektr buzilishi” (ASB) deb yuritiladi.

Autizmning sabablari

Autizmning aniq sababi hali to‘liq aniqlanmagan, lekin ilmiy tadqiqotlar quyidagi omillar ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda:

  • Genetik omillar – oilaviy tarixda autizm bo‘lsa, xavf ortadi.
  • Homila rivojiga ta’sir qiluvchi omillar – homiladorlik vaqtida infeksiya, stress yoki ba’zi dorilar qabul qilinishi.
  • Miyaning rivojlanishidagi o‘zgarishlar – miya tuzilishi va funksiyasidagi farqlar.

Belgilar va simptomlar

Описание: C:\Users\asus\Desktop\8aa32167-9a2d-490d-8d6e-9ec58e8015c6.png

Autizm har bir kishida turlicha namoyon bo‘lishi mumkin. Umumiy belgilarga quyidagilar kiradi:

  • Ijtimoiy aloqa qilishda qiynalish (ko‘zga qaray olmaslik, emotsiyani tushunmaslik)
  • Gapirishda yoki nutqning kechikishi
  • Qayta-qayta harakatlar (masalan, qo‘lni silkitish)
  • Yakkalikni afzal ko‘rish
  • Qiziqishlarining torligi yoki obsesiv bo‘lishi
  • Ovoz, yorug‘lik yoki teginishga nisbatan haddan tashqari sezuvchanlik

Tashxis qo‘yish

Autizm erta yoshda, ko‘pincha 2-3 yosh atrofida aniqlanadi. Tashxis qo‘yish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

  • Rivojlanish tarixini o‘rganish
  • Ijtimoiy va nutq ko‘nikmalarini baholash
  • Psixologik testlar
  • Mutaxassislar (psixolog, nevrolog, nutq terapevti)ning kuzatuvlari

Davolash va yordam

Autizm to‘liq davolanmaydi, ammo to‘g‘ri yondashuv orqali bola yoki kattalar hayot sifatini yaxshilash mumkin. Muhim yo‘nalishlar:

  • Davolovchi terapiyalar: xulq-atvor terapiyasi (ABA), nutq terapiyasi, sensor terapiyasi.
  • Maxsus ta’lim – moslashtirilgan dasturlar orqali rivojlanish.
  • Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
  • Ota-onalar va o‘qituvchilarni o‘rgatish – ularning yordamchi rolini oshirish uchun.

Xulosa

Autizm – bu kasallik emas, balki miyaning boshqacha ishlash shaklidir. Bunday insonlar ham jamiyatning muhim qismi bo‘lib, ular to‘g‘ri yordam olgan taqdirda juda katta yutuqlarga erisha oladi. Muhimi – erta aniqlash va doimiy qo‘llab-quvvatlash.