Ayollik energiyasi

Ko`pchiligimiz: erim meni sevsin, keyin men ham uni sevaman. Nega endi men uni sevishim kerak?-deb o`ylaymiz.

Bu noto`g`ri fikr. Biz bermas ekanmiz, demak, olishimiz ham mumkin emas. Bugundan o`z energiyamiz orqali erimizni uyg`otishga, uning qalbini zabt etishga erishishni boshlaymiz. Erkaklar shunday yaralganki, ular ayolidan energiya oladi va bu energiyani jamiyatga olib borib, uni pulga aylantirib keladi. Demak, erimiz yaxshi pul topaolmayotgan ekan, biz unga kerakli energiyani bera olmayapmiz. Eringiz topayotgan barcha pullar sizning energiyangiz kuchidir. Demak, erimizga to`lig`icha energiya berishni o`rganishimiz lozim. 

Energiyani oshirish amaliyoti

Raqsga tushish amaliyoti.

Har kuni 20  minut o`zingizga yoqqan musiqaga raqs tushing. Raqs qanday kelsa, shunday tushing. Hattoki harakatlaringiz aqlsizga o`xshasa ham, tushavering. Raqs payti o`zingiz bilan ulanishga, qalbingiz bilan ulanishga harakat qiling. Raqsning foydali xususiyatlari juda ko`p. bunda sizda qon aylanishi tezlashadi. Insonda qon aylanishi qancha tez bo`lsa, hayotiga o`zgarishlar shuncha tez kirib keladi. Bolaligingizni eslang: bolalar hozir urushib hozir yarashadi. Chunki ularda qon aylanishi judayam tez. Keksa insonlar biror kishidan xafa ularni kechirolmay yurishadi, chunki ularda qon aylanishi juda sekin. Qon aylanishi qanchalik tez bo`lsa, transformatsiya, yani o`zgarishlar ham shunchalik tez bo`ladi. Agar har kuni 10 minutdan  20 minutgacha raqs terapiyasi bilan shug`ullansangiz, bu hayotingizga o`zgarishlar, pullar, sovg`alarming kirib kelishini tezlashtiradi. Bundan tashqari raqsga tushish ayollik energiyasini ham oshiradi. Raqsdagi nafis harakatlar orqali ayollik energiya uyg`onadi. Raqsga tushganda har doim insonning kayfiyati ko`tariladi. Tabassum bilan raqsga tushishga odatlaning. Chunki bunda inson qonida baxt garmoni – endofrin ko`payadi. Ayolning tanasida yashirin yotgan baxt generator ishga tushadi. Agar hayotingizga yaxshi narsalarni tortib olmoqchi bo`lsangiz, raqs paytida hamma o`y-xayollarni qo`yib yuboring. Faqat diqqat – e`tiboringizni kerakli narsaga qarating.

Esda saqlang: diqqat e`tibor qayerda bo`lsa, energiya ham o`sha joyda! Biz nimaga diqqatimizni qaratsak energiya ham o`sha joyga qarab oqa boshlaydi. 

Agar sizga uy kerak bo`lsa, raqs paytida diqqatingizni shu uyni tasavvur qilishga qarating. 

Agar sizga turmush o`rtog`ingiz bilan baxtli munosabatlar kerak bo`lsa, aynan mana shu munosabatlarni tasavvur qiling. 

Ana shunda orzularingiz juda tez reallashadi. Insha`Allah