Hayotimizda sodir bo`layotgan voqealar, ular bilan kurashish tarzimiz, o`zimiz bilan kurashish shaklimiz va kundalik hayotda tutayotgan yo`limiz… bularning barchasi bizni, asl o`zligimizni yaratuvchi omillardir. Shuni bilinki, biz o`zimizga qanday munosabatda bo`lsak, shunday yashaymiz. Biz doim tashqaridan qanday ko`rinishimizga qiziqamiz, to`g`rimi? Zaif ko`rinamizmi yoxud kuchli xarakterni aks ettiramizmi? Aslida, biz bu haqida o`zimizni qanday ko`rsak, o`zimizga shunday ko`rinamiz va shunday eslanamiz..

Agar o`zingizni sevmasangiz, ko`zguga qaraganingizda ko`rgan aksingizdan ko`nglingiz to`lmasa va o`zingizga qarshi urush ochgan bo`lsangiz, atrofdagi odamlarning ko`z o`ngida ham xushchaqchaq, oziga ishongan, mamnun qiyofada jonlanmaysiz. Hatto o`zingiz ham hayotdan zavqlana olmaysiz. Qanday bo`lishingizdan qat`iy nazar, o`zingizni sevib, ardoqlasangizgina hammasi boshqacha bo`ladi. 

Описание: C:\Users\asus\Desktop\9c3927d2-092f-47a4-a811-ab0bbdf410fc.png

Siz o`zingizni qayerda va qanday ko`rsangiz, shunchalik ko`tarilishingiz mumkin. Agar siz o`z kuchingizni yetarlicha baholay olmasangiz, qancha urinmang, harakatlaringiz besamar ketadi. Chunki siz har doim ozingizga bergan bahoyingiz qadar natijaga erishasiz. 

Hamma narsa sizning ichingizda boshlanadi. Baxt tashqarida emas, ichkarida. O`zgarishni hozirdan boshlang va o`zingizning har qanday holatingizdan mamnun bo`ling. O`zingizni shunchalik sevinki, tashqarida sodir bol`ayotgan narsalar sizni o`zingiz bilan ziddiyatga olib kelmasin.

                                       Eleanor Ruzvelt shunday degan edi: “sizning
                                       ruxsatingizsiz hech kim sizni kamsita olmaydi”.

 

                                              O`zingiz bilan faxrlaning.

Qachon oxirgi marta o`zingiz bilan faxrlangansiz? O`z oldingizga kichik maqsadlar qo`yib, ularga erishganingizda qachon o`zingizni mukofotladingiz yoxud qilgan biror harakatingiz uchun qachon o`zingizga minnatdorchilik bilidirdingiz? Zarracha salbiy holatga duch kelganda darrov o`zimizni ayblaymiz, buning uchun hech qaysi imkoniyatni o`tkazib yubormaymiz, lekin ijobiy holatlarda ko`pincha o`zimizga bir og`iz shirin so`z va minnatdorchilikni ko`p ko`ramiz. O`zingizga bo`lgan qarashlaringizni qayta ko`rib chiqishingiz va uni tashqaridan kutish o`rniga o`zingizga munosib baho berishingiz kerak. O`zingizning yutuqlaringiz va g`alabalaringiz uchun boshqalardan maqtov eshitmasdan oldin, siz o`zingizni qutlashingiz kerak. Boshqalar uchun muhim bo`lmasa ham, siz uchun ma`noga ega bo`lgan har bitta katta-yu kichik yutuqlaringizni nishonlang. Bu xatti-harakat sizni rag`batlantiradi va motivatsiyangizni oshiradi, meni aytdi deysiz. 

Men aytib o`tgan maslahatlar faqat biror narsaga erishganingizda emas, balki hayotning barcha sohalarida, jumladan, insoniy munosabatlarda ham amal qiladi. Yaqin insonlaringizni deb qilgan sa`y-harakatlaringiz uchun va yangi bilim olganingizda o`zingiz taqdirlang. Siz uchun qiyin bo`lgan narsani amalga oshirganingiz va kata yoki kichik har qanday qo`rquv bilan yuzlashganingiz uchun o`zingizdan minnatdor bo`ling. Xato qilishdan qo`rqmaganingiz va kechirim so`rashdan uyalmaganingiz uchun o`zingizga rahmat deng. Unutmang siz, siz o`zgachasiz va yagonasiz. Sizga o`xshagani yer yuzida boshqa yoq. O`z qadringizni va qilayotgan ishingiz bahosini biling. Sizda mavjud bo`lgan fazilatlar va qobiliyatlar bilan faxrlaning va buni yanada orttirishga intiling. Bu hayot sizniki, o`tib ketgan vaqtni ortga qaytarib bo`lmaydi.