Baxtli bo'lish uchun ayollar nima qilishlari kerak…???
Baxtli bo`lishlari uchun ayollar nima qilishlari kerak?
Bu xususda juda ko`p narsa aytish mumkin. Ammo men bu gaplarning ta`sirchan bo`lishi uchun shaxs erkinligini birinchi oringa qo`yadigan g`arblik psixolog honim M. Morganga murojaat qilmoqchiman. U shunday deydi: “Eringizga hech qachon o`z fikringiz qabul qildirish uchun harakat qilmag, so`ngi so`zni eringiz aytsin. So`zingizda qattiq turib olib ham e`tiboringizni yoqatasiz, ham notinch bo`lasiz. Oila qirollikka o`xshaydi, eringiz qirol siz esa qirolichasiz”.
M.Morgan bu tavsiyalarni quyidagi misol bilan tushuntiradi:
…Mashxur fudbolchining xotini menikiga kelib, eridan shikoyat qildi: “Erim meni sevmaydi, shu sababli ahamiyat bermaydi”, dedi yig`lab… Unga: “Yashashingni eringnikiga o`xshat!” degan tavsiyani berdim.
Eri mashxur fudbolchi edi. Tabiiyki, uning fudboldan vos kechishini tavsiya qilmas edim. Bu tavsiyani ayol avval hayoliga ham keltirmagan, ammo keyin chorasiz qolgani uchun moslashdi.
Oradan ikki yil o`tdi. Fudbolchining xotini quvonchidan go`yo osmonda uchar edi. Chunki unga eri: “Xozir seni shunday sevamanki, istasang, hatto fudbolni ham tashlayman”, degan edi.
Ikki yil ichida olingan bu go`zal natijaning siri turmush tarzini erinikiga o`xshatish shaklidir. Bu usul bilan men erlarini yomon odatlardan qutqargan ko`p xotinlarni taniyman.
Morgan xonim aytadiki: Menimcha, fidokorlik qilishi kerak bo`lgan erkak emas, ayoldir. “Bu-noxaqlik!” deb manga qarshi chiqadiganlarbo`ladi. Yoki “avval u menga moslashsin, men ham shunga yarasha xursand qilaman”, deysiz.
ayta olasizmi, siz sevgan erkak bilan turmush qurishga sizni kim majburladi? Uning xotini bo`lish uchun jon deb rozi bo`lgan siz emasmi? U hold anima uchun o`zingizni eringizga moslashtirishga intilmaysiz?
Meni xato tushunmang, bu yerda men erkaklarning ustunligini aytmayapman. Ammo ishoning eringizning xohishi bilan roziligi bilan yashash siz uchun ham yoqadi.
Oila qirollikka o`xshaydi, sevimli xonimlar, er-qirol, xotin-qirolichadir. Garchi so`ngi so`z qirolniki bo`lsada, ammo qirolicha ham qayerda so`z sohibi bo`lishini biladi. Qirolni ta`sirlantirish uning qo`lida.
Yaxshi, ammo…. Qirol noto`g`ri hukm chiqarsachi? Bir vaqtlar men ham tizginlarni tamoman erimga tutqizmaslik xususida o`yalardim. Ammo erimga moslashishga xarakat qilayotganimda noqulaylik sezmadim. Esimda bor, yilning bir kuniga to`y va musobaqa to`g`ri kelib qoldi. Tabiiyki erim musobaqaga borishni xoxladi, men esa to`yga. Ko`p yolvordim ammo erim so`zidan qaytmadi. So`ngra bo`yin egib tinchidim va musobaqani tomosha qildik. Natijada erim ikki hafta davomida meni qanday xursand qilsam ekan, degan kayfiyatda yurdi.
Bir marta aksincha so`zimda turib oldim. Ta`tilimizning oxirgi kuni edi. Do`stlarimiz bizni qayiqda qilinadigan sayohatga taklif etishdi. Erim bo`lsa, hovuz chetida o`tirib, quyoshda toblanishni xohlar edi.
Ha oxiri men maqsadimga erishdi, ammo qilgan ishimdan zavq olmadim. Ustiga-ustak erimning hafaligi uchun vijdon azobida qiynaldim. U esa menga bir necha kun qovog`ini solib, qilganimni burnimdan chiqardi”.