щддшо

 

Bola o'sib-ulg'aygan sari tananing oqsil,yog',uglevod,mineral tuz va vitaminlarga bo'lgan ehtiyoji yanada ortadi.Faqat ona suti bilan bola qoniqmaydi,shu sababli,bola hayvon va o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni berish, buni,albatta,ma'lum tartib asosida bajarish lozim:

1.Har qanday yangi qo'shimcha ovqatni nihoyatda ehtiyot bo'lib ,sekin-asta,oz-ozdan berish;

2.Bolaning ichi muntazam kelib turishi va terisini kuzatib turish ich qotishi yoki terida toshma paydo bo'lishi,lunjdagi “diatez”bola organizmining berilayotgan ovqatni ko'tara olmasligini ko'rsatadi;

3.Bola ovqati uchun sifatli ,oson hazm bo'ladigan mahsulotlar (sharbat,pyure,bo'tka va h.k)ni ishlatish;

4.Issiq kunda yoki bola kasal vaqtida qo'shimcha ovqat bera boshlamaslik yoki xilini o'zgartirmaslik lozim.

4.5-5 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berishni sabzavot bo'tqasida boshlash kerak;uni uy sharoitida tayyorlash yoki tayyorini sotib olish mumkin.Dastlabki kartoshka ,sabzi,lavlagidan boshlab,keyin boshqa sabzavotlarga o'tish zarur.Sabzavotlarni bug'da yoki suvda dimlab pishiriladi,yaxshilab ezib tuz va ozgina sut qo'shiladi.Bo'tqaga bir oz o'simlik yog'i,tvorog,keyinroq borib go'sht qo'shsa ham bo'ladi.Bo'tqani 2 haftacha 1-2 choy qoshiqdan bera boshlab,150-160 grammga yetqazish mumkin.Qo'shimcha ovqat berishni manniy bo'tqasi va kiseldan boshlamslik kerak,chunki ularda ulevod (qand)ko'p bu hazm qilishni buzadi,ekssudativ diatez hamda bolaning semiz va po'k bo'lib qolishiga olib keladi.Qo'shimcha ovqatni qoshiqcha berish odat qilish kerak.

Питание детей в 8 месяцев: оптимальное меню для восьмимесячного ребенка

5-oyga borib bolaga to'rt mahal ko'krak suti va bir mahal sabzavot bo'tqasi,meva sharbati,tvorog,qaymoq berish lozim.Baliq moyi vrach tavsiyasi etganidagina beriladi;5-6 oyligida turli xil bo'tqalarni qo'shish mumkin.Bolani grechka xilma-xil yormalar aralashmasidan tayorlash,shuningdek,bolalar ovqati uchun mo'ljallangan maxsus maydalangan yormalardan foidalanish mumkin.

Залог здоровья — сбалансированное питание! — Лыткаринский  промышленно-гуманитарный колледж

6-7 oylik bolaga go'shtlik qaynatma bersa bo'ladi (1-2 choy qoshiqdan boshlab,sekin-asta 50ml gacha yetqaziladi).8-oyga borib bolani ko'krak suti bilan 3marta emiziladi,qolganiga qo'shimcha ovqat beriladi.7,5-8 oylik bolaga dastlab go'sht qiymalagichdan 2marta o'tqazilgan qiymani pishirib bera boshlanadi.10-oyga borib dumaloqlangan qiyma (frikadelka),bir yasharligida bug'da pshgan kotlet yeyishi mumkin.Go'sht o'rniga baliqning yog'siz xillarini qiyma qilib bersa ham bo'ladi.

 Bola ikki yoshga yetganida ko'krakdan ajratish mumkin.Ona sutida bolani kasalliklardan muhofaza qilib turadigan ximiya tanachalari bo'ladi.Shuning uchun ham bolani yozda ko'krakdan ajratish tavsiya etilmaydi.Ona ko'krak sutini kamaytirishi yoki to'xtashi uchun kamroq suyuqlik ichib turishi,ko'kragini bint bilan mahkam bo'g'lab qo'yishi yoki qattiq siqib turadiga siynaband taqib yurishi zarur.

Chaqaloqlar va yosh bolalarning ozuqaviy ehtiyojlari

Bolaning dietasining muhim qismi kaltsiydir (ular kuniga taxminan 500 mg kerak) va bu ozuqaning eng yaxshi manbai sutdir. Ikki yoshga to'lgunga qadar ular to'liq sigir sutini ichmasliklari kerak, kattaroq bolalar esa 2% yoki yog'siz sut ichishlari mumkin. Farzandlaringiz laktoza intoleransi bo'lsa yoki sut mahsulotlarini yoqtirmasa, sut mahsulotlari, don mahsulotlari va apelsin sharbati kabi kaltsiyga boy ovqatlarni qo'shing.

Kichkintoylar rivojlanish, o'rganish va xatti-harakatlarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan temir tanqisligini oldini olish uchun kuniga 7 mg kerak. Go'daklik davrida ona suti oson so'rilgan temir turiga ega va chaqaloq formulalari va oziq-ovqatlari odatda temir bilan boyitiladi, shuning uchun chaqaloqlar to'g'ri ovqatlansa va ovqat hazm qilish tizimida buzilishlar bo'lmasa, yetarli miqdorda temir olish haqida tashvishlanishlari shart emas. "Haqiqiy" ovqatga o'tgandan so'ng, bolangiz temirning yaxshi manbalarini, masalan, boyitilgan don, oz miqdorda qizil go'sht (masalan, yumshoq köfte) yoki tuxum iste'mol qilishiga e'tibor qilish juda muhimdir.