1. Raxit kasalligining kelib chiqish sabablari:

2. Raxit kasalligini oldini olish:

3. Raxit kasalligi keltirib chiqaradigan alomatlar: 

1.Bugungi kunda onalar tili bilan aytilganda <<ommaviy kasallik>> hisoblangan raxit go`yoki oddiy hol. Chunki aksariyat bolalarda kuzatiladigan mazkur kasallik davosi boshqa ba`zi kasalliklarga qaraganda ancha yengil bo`lsada, ammo onalarning e`tiborsizligi tufayli eng og`ir asoratlarga olib keladi. Eng yomoni ko`pgina kasalliklarning bosh sababchisi aynan ushbu kasallik-RAXIT hisoblanadi. Raxit bolaning barcha organlari va tizimlari faoliyatini ishdan chiqaruvchi umumiy kasallik. Kasallik paydo bo`lishining asosiy sababi organizmda D vitaminning yetishmasligidir. Raxitning yomonligi shundaki, go`daklar jadal o`sayotgan davrda organizmni jarohatlab, miniral moddalar almashinuvining jiddiy buzilishiga va bu bilan bog`liq bo`lgan organizmning fermentative va gormonal hamma asab tizimi faoliyatining jiddiy o`zgarishiga sabab bo`ladi.

Raxit ham boshqa ko`pgina kasalliklar onadan o`tgan va keyinchalik orttirilgan bo`ladi. Tug`ma raxit ayolning xomiladorlik davridan bolaga asorat sifatida o`tadi, ya`ni bola tug`ulganda yoq raxitning belgilari unda nomoyon bo`ladi. 

2. Uning oldini olishning yaxshi va oson yo`li xomiladorlik vaqtida to`g`ri ovqatlanishdir. Xomilador ayol ovqatiga be`etibor bo`lishi tug`ma raxitga olib kelishi mumkin. Sog`lom tug`ulgan bolada vitaminlar zaxirasi mavjud. Ammo ikkinchi oydan boshlab go`daklarda bu zaxira kamayadi. Ona sutida D vitamin raxitni oldini olish uchun yetarli emas. Shuning uchun 3 haftalikdan boshlab 2 yoshgacha xamma bolalar qo`shimcha ravishda D vitaminini olishlari shart. Bu nafaqat maxsus vitaminlar tarzida, balki tabiy ravishda quyopsh nuri orqali to`g`ridan-to`g`ri olish mumkin. Aks holda bolada raxit belgilari yuzaga keladi. Bunday holatda pediatr bilan maslahatlashish lozim. 

Faqat vitaminlar bilan raxitning oldini olib bo`lmaydi. Farzandingizni to`g`ri ovqatlantirishga, parvarish qilishga diqqat bilan e`tabor qiling. Uning ovqatlanish ratsioniga sabzavot va meva sharbatlarini kiritib, toza havodan, quyosh nurlaridan, massaj- uqalash, gimnastika mashqlaridan ko`p foydalanishingiz lozim.

3. Raxitning ilk ko`rinishlari sifatida aytishimiz mumkinki, bunda bola bezovta bo`lib qoladi, tez-tez cho`chiydi, uyqisi o`zgaradi, yig`loq bo`ladi. Ovqatlanib bo`lgandan so`ng burni, peshonasi mayda ter bilan qoplanadi. Uxlaganda bolaning boshi qattiq terlaydi, ensa qismida sochi siyraklashib to`kiladi.

Quyidagi alomatlar ushbu kasallikning rivojlanishi oqibatida bolada muskullar tonusi pasayishi, qorin va bosh, jumladan, peshonaning katta va do`ng bo`lishi, oyoq-qo`lning shalvirab qolishi kuzatiladi.

 https://mmkids.ru/wp-content/uploads/d/b/2/db2326d7f2ad88fe99fb4a01682569e4.png

 

Suyaklar noto`g`ri o`sadi: ko`krak qafasi ikki yon tomondan torayadi, yoki botib ketadi. Qovurg`alarda og`rimaydigan qattiq donachalar paydo bo`ladi, umurtqa pog`onasi qiyshayadi. Oyoq-qo`llarining qiyshiq         (o-simon, x-simon) o`sishi, yassioyoqlik kuzatiladi. 

 

https://studfile.net/html/2706/820/html_nVwXA8vrno.YFPO/img-To3GeB.png

 

Tishlarning chiqish tartibi, vaqti, o`sish me`yorlari buziladi. Qizlar uchun xafli tomoni tos suyagi tabiiy shaklining buzilishidir. Bu qizlarda kelajakda ona bo`lish arafasida to`lg`oq jarayoni qiyin kechishiga sabab bo`ladi. 

Raxit natijasida boshqa a`zolar faoliyatida ham o`zgarishlar kuzatiladi. Bolalarning ishtaxasi pasayib, jismonan va ruhiy rivojlanishdan tengdoshlaridan orqada qoladi. 

Farzandingizda bu kasallik belgilarini ko`rsangiz darxol pediatr bilan maslahatlashing.