BOY bo'lishning 15 ta printsipi….
Boyib ketish ko`p tomondan insonning qanday o`ylashi va hayotiy prinsiplariga bog`liq. Millioner, yozuvchi va biznesmen Bodo Shefer o`z hayoti bilan, har kim faqat pul bera oladigan chinakam moliyaviy erkinlikka erisha olishi mumkin ekanligini isbotlagan. Biz shaxsan sizning “baxt” tushunchasini qanday tasavvur qilishingizni bilmaysiz. Ammo bu borada ko`pchilik uchun umumiy mezon mavjud. Agar oilangiz yetarli darajada ta`minlay olsangiz, yoqtirgan kasbingiz bilan shug`ullansangiz, bolalaringizga yaxshi ta`lim bersangiz, ota-onangiz qarilik qarilik gashtini surishiga imkoniyat yaratsangiz, demak, sizda o`zingizni risoladagidek inson deb hisoblashingizga asos bor.
Bodo Sheferning muvaffaqiyat prinsiplari bilan tarnishing. Boy bo`lishni istasangiz o`zingiz ham ularga amal qiling.
1-printsip
Daromadingizdan 25% va qo`shimcha daromadlaringizdan 50% ni jamg`arib boring. Oxir-oqibat, shu pullarni biror ishga tikish mumkin. Banklarda esa pullar “tug`maydi”, shunchaki mablag`ingizni inflatsiyadan saqlab turadi, xolos.
2-printsip
Tejang! Pullarni tejab yig`ib qo`yish bilan bir necha yil ichida millionerga aylanish mumkin.
3-printsip
Bizning fojiamiz shuki, biz pulga yomon munosabatda bo`lamiz. Pulni seving! Uni sarflab emas, avaylab sevish kerak. Biroq ko`nglingizga yoqqan ishlarning hammasidan ham vos kechish yaramaydi.
4-printsip
O`zingizning moliyaviy rejangizni 7-10 yilga tuzing. Nimaga intilayotganingizni va bir necha yildan keyin qancha topishni istayotganingizni bilib turing. Shu maqsadlaringizga erishish uchun nimalar qilishingiz kerakligini aniqlab oling.
5-printsip
Orzular mayda bo`lmasligi kerak! Global fikrlashni o`rganing. Millardlar va katta muvaffaqiyatlar haqida hayol suring. Katta orzularni kichik maqsadlarga bo`lib chiqasiz. Yirik mo`ljalingizga yetishish uchun navbatma-navbat kichik maqsadlaringizga erishib boring.
6-printsip
Sizning fikrlashingiz tamoyillari xuddi milliarder va millionerlarnikidek bo`lishi kerak. Boylardagi tushunchalar bilan ikrlashga harakat qiling.
7- printsip
O`zingizga ishoning. O`zingizda ushbu printsiplarni shakllantiring. Pul va odamlar o`ziga ishonganlarga talpinadi. Ishlaringiz pachava bo`lgan paytda ham yorug` kunlar kelishiga ishoning.
8-printsip
Muammolardan qo`rqmang! Muammolar va muvaffaqiyatsizliklarni tabassum bilan qarshi olishni o`rganing. Katta maqsadlar ko`pincha o`zi bilan katta muammolar va qiyinchiliklarni olib keladi. Muammolarga yechim topib, ularni yengib, yanada kuchliroq bo`lamiz.
9-printsip
Mohiyatan 8-printsipga qo`shimcha: yiqilgan kishi turib, kuchliroq bo`1adi-inqirozga uchragan yoki ishi yurishmagan odamlar uchun juda qo`l keladigan qoida.
10-printsip
Omad unga tabassum qilganlarga kulib boqadi.
11-printsip
To`kin-sochinlikka iqtisodiy yetishmovchilik va sarf-xarajatlarni rejalashtirish bilangina erishiladi. Moliyaviy erkinlik moliyaviy cheklovlar bilan keladi.
12-printsip
Agar biror ishni qilishga qaror qilib, 72 soat ichida uni qilishga kirishmasangiz – 85% holatlarda siz uni hech qachon amalga oshirmaysiz.
13-printsip
Boyib ketishingizga ishonasizmi? Ishonish yoki ishonmasligingizdan qat`iy nazar, agar mablag`ingizni boshqarishning oddiy qoida va printsiplariga rioya qilsangiz, albatta boyiysiz. Boz ustiga, uzog`I bilan 7-10 yilda. Pulingiz bilan to`g`ri muomala qilishni bugunoq boshlang!
14-printsip
Ushbu printsip yana “Bodo Sheferning 20 ga 80 qoidasi” deb ham ataladi. Atigi 20% say-harakatlar 80% natija olib keladi.! Xuddi shunday, 80% say-harakatlar atigi 20% natija beradi.
15-printsip
Boylik-tug`ulganimizdaberilgan huquqimiz. Badavlat bo`lish uchun boy oilada tug`ilish, yaxshi ta`lim olish shart emas. Pulga to`g`ri munosabatda bo`lish va komillikka intilishning o`zi kifoya.