Buyrak kasalliklariga oid muhim tavsiyalar.
Buyrak xastaliklari oid tavsiyalar.
- Har xil uzum va mayizlarni urug`i bilan qo`shib yeyish buyrak hamda qovuq dardiga shifo bo`ladi.
- Jiyda buyrak yarasiga davo bo`lib, buyrakdagi qumlarni suradi.
3. Semizo`t va har xil ko`katlardan qo`shib tayyorlangan somsa, salatlar, buyrak raki, buyrak yarasi va yallig`lanishiga davo bo`ladi.
4. Makkajo`xori popugini qaynatib, kuniga 3-4 marta ichib turilsa, buyrak kasaliga shifodir. U siydik yo`llarini yaxshilaydi.
5. Shirinmiya tomirining qaynatmasi buyrak raki, yarasiga shifodir. Yantog`ning guli damlamasi 3-4 mahal ichilsa, buyrakdagi barcha muammolarni bartaraf etadi.
6. Tarvuz buyrak yarasiga shifo bo`ladi, ya`ni toshlarni tushurib, qumlarni chiqaradi.
7. Buyragi kasal bemor zubturum bargi, qovun tarvuz yeb tursa, davo topadi.
8. Buyrak shamollaganda bel bilan ikki buyrak ustidan avval paxta yog`i, keyin tovuq tuxumining sarig`i takror 2-3 marta surtilsa, buyrak faoliyati yaxshilanadi, og`riq qoladi.
9. Mo`miyo buyrak xastaligiga yaxshi davodir.
10. Buyrak og`riganda nilufar, sanobar damlab ichilsa, davo bo`ladi.
11. Buyrakda qattiq og`riq bo`lsa yoki shamollasa, lavr daraxti mevasini qaynatib ichish tavsiya etiladi.
12. Buyrak qattiq og`riganda eshak go`shtidan bir parcha bog`lansa, unga shifo bo`ladi.
13. Archa daraxtining mevasi damlama qilib ichilsa, buyrak og`rig`i qoladi.
14. Qirqbo`g`im o`simligining tomirlani qaynatib suvi ichib borilsa, buyrak kasalligiga foyda qiladi.
15. Qariqiz tomirlari qaynatib ichilsa, tomirlari yeyilsa, buyrak kasaliga shifodir.
16. Rayhonni qaynatib suvini ichib yurgan bemor buyrak kasalidan xalos bo`ladi.
17. Na`matak va asal damlamasi zaiflashgan buyrakka quvvat bag`ishlaydi.
18. Oshqovoqni qirg`ichdan o`tkazib, suvini ichgan bemor buyrak kasalidan xalos bo`ladi.
19. Temirtikan o`simligini siqib suvi olingach, kuydirilgan tok kuliga qo`shib, har kuni naxorda ichilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
20. Osh tuzi bilan kepak qo`shib olovda qizdirilgandan keyin buyrak ustiga bog`lab qo`yilsa, buyrakning bodi chiqib ketadi.
21. Sarimsoqni suvda pishirib turp urug`iga aralshtirib yeyilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
22. Moychechak qaynatib ichilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
23. Turpning ichiga sholg`om va sabzi urug`idan solib, bug`da pishirib yesangiz, buyragingiz va oshqozoningizdagi tosh maydalanib tushadi.
24. Qora no`xat yaxshilab qaynatib yeyilsa, buyrakdagi tosh tushadi.
25. Uzum poyasi va tanalarini kuydirib kulini yegan bemorni peshob kasalligi tuzalib, toshlari maydalanib tushadi.
26. Tuxumni nahorda xom ichib yurgan bemorning buyragi og`rimaydi.
27. Qoqigul qaynatib ichilsa, buyrak xastaligiga shifo bo`ladi.
28. Buyragi xasta kishi sholg`omni o`yib, ichiga asal solib, olovga qo`yib yesa davo topadi.
Yuqoridagi tavsiyalar buyrak uchun kuchli dorivorlar bo`lib, unga 60 kun davomida amal qilmoq lozim.