Buyrak va siydik yo`llari kasalliklari

Tana faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katta. Buyrak jismdan parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba`zi dorilarni chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, bu a`zo suv-tuz almashinuvida, kislota-asos muvozanatini boshqarishda,  osmoregulyatsiyada faol ishtirok etadi va ichki muhit barqarorligini ta`minlaydi. Buyrakning oqsil, yog`, uglevod, mineral tuzlar almashinuvida faol ishtirok etishi aniqlangan. 

Buyrak va siydik chiqarish tizimi kasalliklarining belgilari:

Buyrak va siydik ajratish tizimining o`ziga xos klinik belgilari: shish, siydik ajralishining o`zgarishi, siydik rangi va tarkibining o`zgarishi, arterial bosimning ko`tarilishi, bel sohasida og`riqlar va isitma hisoblanadi. Juda ko`p buyrak kasalliklari atreal bosimning ko`tarilishi bilan kechadi, uning o`ziga hos alomati diastolik bosimning ko`tarilishidir. Shuning uchun ham bu tarzdgi kasalliklarda to`g`ri tashxis qo`yishga jiddiy e`tibor berish lozim.

Buyrak kasalliklarida kam uchraydigan belgilardan biri bel sohasida og`riq va tana haroratining ko`tarilishidir.

Buyrak tish kasalligi: buyrak tosh kasalligi ko`pincha 25-45 yashar odamlarda paydo bo`ladi. Erkaklarda bu kasallik ayollarga qaraganda taxminan ikki barobar ko`proq uchraydi. Siydik toshlarining hosil bo`lishi siydik chiqarish yo`llarining infeksiyasi natijasida yuzaga keladi.  Ba`zi hollarda toshlar siydik yo`llarida yallig`lanish jarayonlari paydo bo`lishiga olib keladi, boshqa hollarda, aksincha, infeksiya toshlar paydo bo`lishiga yo`l ochadi. 

Kasallik paydo bo`lishida ichiladigan suv tarkibi, ovqat tarkibi, avitaminozlar, tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanati va ko`proq, neyroendokrin buzilishining ahamiyati katta. Toshlar hosil bo`lishiga sabab bo`ladigan eng muhim oqsil buyrakdagi moddalar almashinuvining buzilishidir. 

Tosh hosil bo`lishiga ta`sir etuvchi omillar:

  • Oz miqdorda suv qabul qilish;
  • Kaltsiy tuzlariga boy ichimlik suvlaridan iste`mol qilish;
  • Pala-partish ovqatlanish-bir hil ovqatdan muntazam tarzda ko`p iste`mol qilish, vitamin A va D yetishmasligi, me`yoridan ortiq qizil vino ichish;
  • Siydikning dimlanishi;
  • Siydik yo`llari infeksiyasi;
  • Buyrak jarohatlari va buyrak to`qimasiga qon quyilishlar;

Surunkali buyrak yetishmovchiligi:

Surunkali buyrak yetishmovchiligi urumik intoksikatsiyaga olib keladigan, asta-sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi.xastalik surunkali uremiya, arterial gipertenziya, suv-tuz, ishqor, kislota almashinuvi buzilishi sindromlaridan iborat bo`lib, nefronlarning nobud bo`lishi va kamayishiga olib keladigan ko`p yillik patologik jarayon oqibati hisoblanadi.

Kasallikning belgisi: bemorlar bo`shashgan, uyqusiragan holda bo`ladilar, ularda azob beradigan teri qichishishi paydo bo`ladi. Teri quruq, yuz shishgan bo`ladi, mushaklar ancha bo`shashib qoladi va tez-tez uchib turadi. Suyaklar zararlanganda og`riq seziladi. Harakat qilganda bo`g`imlarning og`rishi suyuqlik yig`ilishi bilan izohlanadi. Bir qator bemorlar ko`kragida uremik plevrit hosil bo`lganidan og`riq sezadilar. O`pkada yurak-o`pka yetishmovchiligi natijasida ho`l xirillashlar eshitilishi mumkin.