Chaqaloq rivojlanishida jismoniy tarbiyaning ahamiyati.
Bola rivojlanishida jismoniy jihatdan ustunlik uning barkamol bo'lib o'sishida nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.Jismoniy tarbiyani chaqaloq hayotining ilk davridan turmush tarziga kiritish aynan shuning uchun muhimdir.
Chaqaloqni jismoniy tarbiya bilan shug'ullantirish asosan uch ko'rinishda namoyon bo'ladi:chiniqtirish,sayr qildirish va harakat qilishga undash.
*Chiniqtirish.Chaqaloq hayotining ilk kunlaridanoq uni chiniqtirish bola salomatligi uchun juda muhim.Chiniqtirish bolani toza xavoga olib chiqish bilan boshlanadi.Xavo vannasi deb ataladigan bu usulda bola uy haroratidan dastlab 1-2 daqiqa,bir haftadan keyin 2-3 daqiqa davomida yalong'och yotqizib qo'yiladi.Uy harorati 20-22*C bo'lisho lozim.Bunda oyoq muzlashi bilan bolani sovuq qotishidan darak beradi.Havo vannasi bolani sof havoga tez ko'niktiradi va bu bola salomatligi uchun nihoyatda muhim xisoblanadi. Me'yoridan ko'p issiqlik ham bola uchun zarar.Uni issiq pahmoq kiyimlar bilan o'rab tashlash yaramaydi.Yengil kiyim bolani nafaqat chiniqtiradi,balkim erkin harakatlanishiga yordam beradi.Bunda bolani sovuq qotishdan asrash kifoya.
*Sayr qildirish.Toza havo-tanaga davo,deb bejizga aytishmagan.Nafaqat bemor kishi ,balki sog'lom inson uchun ham toza havoning nechog'li zarurligi xech kimga sir emas.Yangi tug'ilgan bola uchun toza havo to'g'ri parvarishning dastlabki omili bo'lib xizmat qiladi.Chaqaloqni yilning har qanday faslida toza havoda sayr qildirish lozim.Bunda bola rivojlanishi ,tashqi muhitga o'rganishi tezlashadi.Ochiq havoda nafas olish bolaning ishtahasini ochadi,tiniqib uxlashga yordam beradi,teri va o'pkasi mustahkamlanib,kasalliklarga chalinmaydi.Chala tug'ilgan bola organizmida raxit kasalligiga moyillik ko'proq bo'ladi va aynan sayr qildirish orqali quyosh nuridan D vitaminini olgan bola bu kasallikdan yiroq bo'ladi.Yilning har qanday fasli bola sayri uchun zarur.Ayniqsa,bola yozda tug'ilgan bo'lsa,uni tug'ilishning dastlabki kunlaridanoq sayrga olib chiqsh mumkin.Qish oylarida chaqaloqqa uyga ruhsat berilgandan keyin ham dastlabki ikki haftada bola uyda o'tqazishi maqsadga muvofiqdir.Kuz va bahor oylarida bolani shamoldan asrash kerak.Sayr vaqti ilk kunlar 10 daqiqadan boshlanib ,bir haftada by muddat 30daqiqga yetqaziladi.Quyoshning yuqori issiqligi,shamol, izg'irinda sayr qilish mumkin emas.
*Harakat qilishga undash.Chala tug'ilgan bola nimjon va kuchsiz bo'lganligi bois tug'ilishning dastlabki kunlari ona chaqaloqni qo'lda qattiqroq ushlashga ham qo'rqadi.Bu tabiiy va hatto zarur.Ammo chaqaloqni asrsh uni mo'rt qilib qo'yishga olib keladi.Unutmang, bolangiz chala, lekin siz uylaganchalik nimjon va kuchsiz emas!Uni me'yoridan ortiq asrash bolanong harakat qilishga bo'lgan harakatini susaytirishi tabiiy.Shu sababli bolani jismoniy baquvvat o'sishiga imkn yarating.Sayr va chiniqtirish bn bir qatorda harakat qilishga undash jismoniy tarbiya talablaridan biridir.
Uyqudan uyg'ongach chaqaloqni ovqatlantirishdan oldin bir oz harakatlantiring.Qo'llarini yonga yozib bukish,oyoq va qo'l panjalarini alohida- alohida uqalash ,boshni ehtiyotkorlik bilan aylantirish,bolani qornini yerga qarab yotqizish shular jumlasiga kiradi.Bola ovqatlanib bo'lgach uni bir oz tik ushlab turish,undan keyin 10-15 daqiqa o'z xolicha yotishi ovqat hazmi uchun yengillik yaratadi.Tik ushlash chaqaloq kekirguncha davom etadi.
Bolani oyoq bosishiga undash uni nafaqat tik turushga o'rgatadi,balkim bu mashq uni boshini ushlashini tezlashtiradi.
Tug'ilishning 2-oyidan boshlab,chaqaloqni jismoniy tarbiyaga mutloq o'rgatish uning rivojlanishi va salomatligi uchun zarurligini hech bir ona unutmasligi lozim.