Diqqatni jamlash nima degani...???

Diqqatni jamlash uchun mashqlar.

Diqqatni jamlash bor va butun ruhiy hamda jismoniy quvvatni biror nimaga yoki muayyan o`y-fikrga yo`naltirish, safarbar qilish holatidir. Muvaffaqiyatli insonlar ana shunday holatga tusha oladilar. Fikrning va harakatning qilayotgan ishga bog`lanmasligi harakatning idrokdan tashqarida ekanini anglatadi.

Hayotda bizni chalg`utuvchi omillar ko`paydi. Kitob o`qib turganimizda telefon jiringlaydi, suhbatlashayotganda kimdir messenjerda yoqzib qoladi, biror ishga endi kirishganimizda qayergadir borishimiz kerak bo`lib qoladi. Mana shu chalg`ishlar oqibatida biz asta-sekin hayotiy maqsadimizdan uzoqlashib boramiz.

Qanday qilib bu beqaror holatning oldini olish mumkin? Qanday qilib shuurimizni va quvvatimizni ayni paytda sarf qilish lozim bo`lgan vazifaga qaratish mumkin?

Sarson – sargardon diqqatni bir nuqtaga jamlashning yo`li oson. Faqat avvaliga yetarlicha mashq qilish kerak. Birinchi galda onga holatdan tashqariga chiqishiga yo`l qo`ymang. O`z shuuringizga egalik hissini tuying.

Diqqatni jamlay olish ongdan foydalanish mashqi, holos. Ong-shuurning har bir harakati – fahmlash, eslash, muloqot qilish, tasavvur qilish bilan bog`lanishi lozim. bir narsani unutmang: sizning ruhiy holatingiz qanday bo`lishidan qat`iy nazar diqqatni jam qila oling.

Diqqatni bir yerga jam qilishda avvaliga oson mashqlardan foydalaning. Deylik, bir nuqtani tanlang, bor e`tiboringizni shu nuqtaga yo`naltiring. Uni kuzating. Siz bu nuqta orqali asta-sekin o`z ichki olamingizga kira boshlaysiz. Ana shunda shuuringiz va quvvatingiz birlashadi.

Shu bilan birga, metematik boshqotirma va krossvord yechish, shaxmat yoki shashka o`ynash ham diqqatni jam qilishda eng samarali mashq.