Dori-darmonlarsiz og'riqlardan va kasalliklardan halos bo'lish
Kasalliklar va og`riqlar bizga nimadan darak beradi?
Xar bir insonning kasalligiga o`ziga yarasha sabablari bo`ladi. Lekin kasalliklarning yuzaga kelishida qandaydir qonuniylik mavjud. Bu muayyan organ yoki organizm tizimi o`ziga xos fiziologik funksiyalarni bajaribgina qolmay, o`zida emotsional yukni ko`tarib yurishi bilan bog`liq, ya`ni tanamizning qaysidir qismi energetik-ma`lumot darajasida bizning u yoki bu fikrlarimiz va xis tuyg`ularimizni aks ettiradi.
Keling, inson xatti-harakati, o`y-fikrlari va ro`yobga chiqaradigan maqsadlar bilan ba`zi bir kasalliklar o`rtasida bog`liqlikni ko`rib chiqamiz. Quyida kasalliklar kelib chiqish sabablari bayon etilgan.
- Bosh og`rig`i
- Migren
- Amneziya, xotira yo`qolishi, xotira sustligi
- Asab tizimi kasalliklari
- Radikulit (bel og`rig`i)
- Quloq kasalliklari
- Ko`z kasalliklari
- Yurak kasalliklari
Bosh og`rig`i: Bosh fikrlash jarayoni uchun javobgardir. Boshdagi og`riqlar xissiyotlar va fikrlar o`rtasidagi nomuvofiqlikdan darak beradi. Har qanday og`riq- bu o`zingizga e`tibor qaratishingiz zarurligi xaqidgi qat`iy ogohlantirishdir. Shuning uchun og`riq ostida nima yashiringanini bilish muxim.
Bosh og`rig`i orqali ong osti aqlingiz sizga nimanidir noto`g`ri qilayotganingiz haqida xabar beradi. Masalan, ishingiz ko`p toliqgansiz, lekin ishni oxirigacha yetkazmoqchisiz. Sizning ong osti aqlingiz sizni zo`riqish va toliqishdan qutqargan holda dam olish kerak deb qaror qiladi va bosh og`rig`ini paydo qiladi. Bu eng oddiy misol.
Ikki yuzlamachilik bosh og`rig`ining boshqa bir muxim sababi hisoblanadi. Masalan, siz o`zingiz yoqtirmagan inson bilan muloqot qilyapsiz. Lekin unga jilmayib, yaxshi gapirishga majbursiz. Bunday muloqotning natijasi bosh og`rig`idir. Uning kelib chiqish mexanizmi juda oddiy. Bosh miyaning birinchi yari shu inson tufayli paydo bo`lgan noxush hislarni qayd qilsa, ikkinchi yarmi tashqi xatti-harakatingizni qayd qiladi. Natijada, bosh miyaning bir qism mushaklari bo`shashgan, ikkinchi qismi zo`riqqan bo`ladi. Fikrlar va hissotlar nomutanosibligi bosh og`rig`ini keltirib chiqaradi.
Agar bosh og`rig`ining sababi tashqi va ichki dunyoyingizning nomutanosibligida bo`lsa unda ularni to`liq mutanosiblikka keltirib oling. Bu holatda ikkita variant mavjud. Birinchisi sizni hech kim bu odam bilan gaplashishga majbur qilmaydi. Sizni shunchaki u bilan gaplashmasligingiz mumkin. Ikkinchi: nima bilan bu odamni hayotingizga jalb qildingiz. Agar kishidagi qandaydir xislatlar sizda xam bor. O`zingiz o`zgaring, shunda atrofingizdagi odamlar ham o`zgaradi.
O`z-o`zini tanqid qilish va qadrlamaslik tez-tez bosh og`rig`iga sabab bo`ladi. Bundan tashqari inson o`ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`lishga o`rganib qolgan bo`lsa, atrofdagilarga ham shunday munosabatda bo`ladi.
O`zingizni seving va qanday bo`lsangiz shundayligingizcha qabul qiling. Shuni bilinki odamlarni qanday ko`rishga odatlangan bo`lsangi, ular sizga xuddi shunday ko`rinadi.
Qo`rquv xam og`riq keltirib chiqaradi. U haddan tashqari zo`riqish va bezovtalikni keltirib chiqaradi. Bu qo`rquvni o`zingizni qidirib toping. O`zingizni o`rab turgan olamga ishonishni o`rganing- bu sizning dunyoyingiz-koinotda siz uchun eng xavfsiz joy. O`zingizni sevish va atrof olamga ishonch har qanday qo`rquvni tarqatib yuboradi.
Odatda, bosh og`rig`i muayyan funksiyani bajarishi mumkin. U qandaydir majburiyatlardan bosh tortishga yordam beradi. Shu yo`l bilan ayol jinsiy aloqadan bosh tortishi mumkin. Bu voqea bir ikki marta takrorlangach, kechga yaqin ayolning boshi doimiy ravishda og`rishni boshlaydi. Bu holatda dori yordan bermaydi. Undan ko`ra vaziyatga oydinlik kiritib, aniq qaror qabul qilgan ma`qul.
Bosh og`rig`ingizga hurmat, e`tibor bilan qarashga o`rganing. Avvalambor, uni signal sifatida qabul qiling. Uni dorilar bilan zo`riqtirmang. Ularning ta`siri vaqtinchalik. Og`riqni qoldirish-davolash emas. Bosh og`rig`ingiz sababini toping va uni bartaraf qiling. U sizning xayolingiz va hislaringizda yashiringan.
Migren: Migren nevrologik bosh og`rig`i bo`lib, bir joyda o`rnashadi va ma`lum bir vaqtda qo`zg`ab turish xususiyati ega bo`ladi. Bunda oddiy og`riqsizlanturuvchi vositalar yordam bermaydi. Odatda bunday og`riqlar trankvilizator va neyroliptiklar yordamida bartaraf etiladi. Lekin ular vaqtinchalik, chunki ular asosiy sababni bartaraf etolmaydi. Sababi esa oddiy bosh og`rig`idagi kabi, bunga yana xarakterning nevrotik xususiyati xam qo`shiladi.
Migren mukammal bo`lishni istagan odamlarda uchraydi. Lekin ular mukammallikka tanqid qilib, ayblab, jazolab intiladi. Ular o`zlaridan qoniqmaslik va aybdorlik hissiga to`la bo`ladi. Bu kamchiliklardan qutulish – bosh og`rig`idan forig` bo`lish demakdir.
Amneziya, Xotira yoqolishi, xotira sustligi: qo`rquv-amneziya yoki xotira sustligining asosiy sabablaridan biri. Shunchaki qo`rquv emas, balki hayotdan qochish. Siz hamma narsani unutishga intilasiz. Noxush holatlarda yaqinlaringiz sizga ko`pincha qanday maslahat berishadi? “unut hammasini” deyishadi. Shu maslahatga amal qilsangiz, xotirangiz pasayishiga hayron qolmang. Ba`zida ong osti amneziya yordamida inson uchun himoya funksiyasini bajaradi. Inson hotirasidan jismoniy og`riqlar va ruhiy azoblanishlar bilan bog`liq xotiralar tushib qoladi. Shunday ekan muammoni unutish emas uni tahlil qilib muammoning yechimini topish lozim.
Asab tizimi: Asab-qabul qilish organidir. U aloqa timsoli. Asab tizimi kaslliklarida odamlar bilan muloqotda va atrof-muhitni qabul qilishda buzilishlar bo`ladi. Shuningdek boshqa sabablar ham bo`lishi mumkin. Hayotingizda shunday odamlar borki, ular bilan muloqot sizga mushkillik tug`diradi, ozor beradi. Bunday holatda ularga nisbatan munosabatingizni oydinlashtirib oling. O`zingizga murojaat qiling va qanday o`y-fikrlar orqali ularga nisbatan bunday munosabat yuzaga kelganini aniqlang. O`z hatti-xarakatlari orqali bu insonlar sizga nima demoqchi? Sizning qaysi fikrlaringizni aks ettiryapti?
Ba`zida nevralgiya o`zingiz nafratlanadigan vaziyatga tushib qolishingiz natijasida paydo bo`lishi mumkin. Ba`zi hollarda nevralgiya qandaydir ijobiy maqsadni amalga oshirish usuli ham bo`lishi mumkin. Masalan, e`tiborni o`ziga qaratish yoki g`amxo`rlik qilishlariga erishish.
Radikulit: Bel tayanch va suyanch timsolidir. Shuning uchun har qanday zo`riqish (jismoniy va ruhiy) belning holati ta`sir qiladi. Pul, moliyaviy ahvol, o`z kelajagidan havotirlanish va qo`rquv beldagi og`riqlarga olib kelishi mumkin.
Bu hastalik bilan ko`pincha kasbiy faoliyati ko`p miqdordagi pul bilan bog`liq bo`lgan insonlar kasallanadilar. Inson moliyaviy qiyinchilikni his qilganda yoki pul tugayotganda jon-jaxti bilan moliyaviy ahvolini tiklashga harakat qiladi. Agar belingizda muammo bo`lsa, bilinki siz o`zingizga qo`lingizdan kelmaydigan ishni yuklagan bo`lasiz.
Quloq kasalliklari: quloqlar eshitish va tinglash qobiliyatini ifodalaydi. Quloqdagi muammolar birovlarni eshitish, tinglash, ularning fikrlariga quloq tutishni istamaslikdir.
Quloq og`rig`i – bu atrofdagilarning gapini eshitish va qabul qilishni istamaslik. Natijada ong ostida g`azab va nafrat to`planib, kasallanishga olib keladi.
Odatda quloq og`rig`i yosh bolalarda, o`z tuyg`ularini ifoda etolmaganligi tufayli paydo bo`ladi. Ularning tushunchasiga qo`rquv halal beradi. Uyda shovqin, ota-onasi yoki yaqinlari orasida janjal bo`lsa, bola bunga quloq og`rig`i bilan javob beradi va shu yo`l bilan ota-onasiga: “ menga e`tibor qaratinglar! Menga tinchlik kerak”, demoqchi bo`ladi. Lekin kattalar buni har doim ham tushunishmaydi.
Ko`z kasalliklari: o`tmish va kelajakni aniq ko`ra olish qobiliyati timsoli. Ko`z kasalliklari ko`rishni istamaslikni aks ettiradi. Hayotda ko`rishni istamayotgan narsalarni ko`rayotganiz sizga yoqmaydi. Yurakda nafrat, jaxldorlik kabi tajovuzkor tuyg`ular to`planib qoladi va ular ko`zda muammo keltirib chiqaradi. Axir ko`z ko`ngil oynasi hisoblanadi. Odamlar “seni yomon ko`raman”, “ko`zimga ko`rinma”, “bunga qarash og`ir”, “ seni ko`rishni istamayman” degan gaplarni ko`p ishlatadi. Bunday insonlarga yaxshi ko`rishga ularning manmanligi va qaysarligi halal beradi. Ular dunyoga tajovuzkor tuyg`ular prizmasi orqali qaragani uchungina faqat yomon narsalarni ko`rishlarini tushunishmaydi. Bu holatdan chiqishning yo`li bitta-o`z ongini tozalash, shunda olam chiroyli ko`rinadi. O`zingiz uchun qarash yoqimli bo`lgan olam yarating.
Yurak kasalliklari: Yurak hayotdan zavq olib, o`zi va o`zgalar bilan murosa qilib yashash qobiliyati timsoli. Yuragimiz urib turar ekan, biz yashaymiz. Yurakdagi og`riqlar o`ziga, yaqinlariga, o`zini o`rab turgan olamga, hayotning kechishiga nisbatan qoniqarsiz muhabbatdan paydo bo`ladi. Yuragi kasal odamlarda o`ziga va o`zgalarga muhabbat hissi yetishmaydi. Ular sevishga eski gina-kudratkar va rashk, achinish va afsuslanish, qo`rquv va nafrat halal beradi. Ular o`zini yolg`iz sezadi yoki yolg`izlikdan qo`rqadi. Eski gina-kudratlar tufayli odamlardan uzoqlashib, ular o`zlariga yolg`izlik yaratayotganlarini o`zlari tushunmaydi. Ularni eski hissiy muammolar qiynaydi. Ular yurakka “og`ir tosh” bo`lib cho`kadi. Muhabbat va quvonch yetishmovchiligi shundan. Siz o`zingizdagi bu ilohiy tuyg`ularni o`ldirasiz. Siz o`zingiz va o`zgalarning muammosi bilan shunchalik bandsizku, muhabbat va quvonchga vaqt ham, o`rin ham qolmaydi. Rahm-shavqat va achinishga to`la odamlarning yuragi tez-tez og`rib turadi. Ular o`zgalarning azob- uqubatlarini o`zlariga olib, ularga yordam bermoqchi bo`lishadi (“yuragi qonga to`ldi”, “yuragiga yaqin oladi”). Ularda boshqalarga yordam berish istagi kuchli. Lekin ular yaxshi usullardan foydalanishmaydi. Ayni paytda o`zlarini butunlay unutishadi, e`tiborsizlik qilishadi. Shunday qilib, yurak mehr va quvonchga eshiklarini yopadi. Uning tomirlari qisqaradi.
Xulosa: Ushbu maqolada inson hatti-xarakatlari, o`y-fikrlari va u ro`yobga chiqaradigan maqsadlar bilan ba`zi bir kasalliklar o`rtasidagi bog`liklikni ko`rib chiqdik. Hayotingizda yoqimsiz narsalarni olib yurishni bas qiling. Ozod bo`ling, jilmayingqaddingiznitik tuting, o`zingini erkin va yengil his qiling. Shundagina haqiqiy baxt-saodatga erishasizva kasalliklardan butunlay forix bo`lasiz. Ushbu maqoladan o`z ichki sabablaringizni izlashda foydalaning. Bu sizga o`z ustingizda ishlashga yordam beradi.