Er – xotin munosabatlari, baxtiyor oila bo`lish…..

Er – xotin o`rtasida shunday qoidalar borki, ularga rioya qilinsa, bu oila havas qiladigan oilalar qatorida bo`ladi.  Insha Allah

https://i.pinimg.com/originals/f0/bd/e1/f0bde1a2c793e570f438dc3bc27fceeb.jpg
  • Bir-birlariga sovg`alar berib turish;
  • Er – xotin o`zaro gaplashib o`tirishlari uchun alohida vaqt ajratish;
  • Hech qachon ovozni balandlatmaslik, jaxl chiqqanda aql ketishini hisobga olish zarur;
  • Eri g`azablanganda xotin jim turishni yoki xotin biror narsadan jaxli chiqqanda uni ham oddiy inson ekanini, unda ham hissiyotlar borligini hisobga olib, er ham murosa qilishi zarur;
  • Ishga kuzatayotganda  yoki ishga ketayotganda mehr bilan xayrlashish, ishdan qaytganda esa tabassum va sog`inch nigohlari bilan kutib olish;
  • Tilingiz yoki xatti-harakatlaringiz bilan juftingizga muhabbatingiz kuchli ekanligini izhor qilib turing;
  • Ro`zg`or ishlarida, bola tarbiyasida, og`ir ishlarda er xotiniga  ko`maklashishi lozim.
  • Oila sirlarini ayniqsa , er-xotin o`rtasida bo`ladigan ishlarni atrofdagilarga gapirib yurmang, bu tuzatib bo`lmas xatoliklarga olib kelishi mumkin.
  • Er – xotin bir birlariga shirin so`zlarni aytishi, bu oralaridagi muhabbatni yanada kuchaytirishiga olib keladi.

Alloh taolodan xar bir oilaga mazkur tavsiyalarga amal qilib yashashlarini, ikki dunyo baxtu saodatiga erishib yurishlari so`rab qolaman. Kelajakda farzandlariga o`zlarining go`zal hayotlarini na`muna qilib ko`rsatishlarini tilab qolaman.