Erga bo`lgan hurmat yaqinlikni paydo qiladi…. 

Kattami kichikmi, fikriga qo`shilmasangiz ham, eringizning tanlovini qabul qilasiz. Uning kyim, ovqat, do`stlar, xayotga munosabati, dunyo qarashi borasida tanlovlariga hurmat bilan qarang. Oilaga yoki ishga taalluqli bo`ladimi, gap-so`zlarini tinglang va uning fikrlari, gaplariga nisbatan hurmatona munosabatda bo`ling. Bu siz ham eringiz tanlagan narsalarni tanlashingiz kerak degani emas. Shunchaki uning tanlovini qabul qiling, bo`ldi.

Erkakni hurmat qilganda unga masuliyatsiz bolaga emas, yetuk, aqlli insonga bo`lgandek munosab qiling. Asabiylashgan, jazavaga tushgan zahar xotin emas, xotirjam, vazmin, sokin ayol ovozi bilan gapiring. Eringizni haqorat qilishingiz kerak emas.

Erkak rafiqam men haqimda yuksak fikrda, deb ishonganida o`ziga bo`lgan ishonchi ortadiva ayolidan “ zarba ” kutmaydi, asabi taranglashmaydi. 

Erkak o`zini xavfsiz his qilishi xammasidan ham muhim. Bu eng sirli fikrlarini xam siz bilan bo`lishishga imkon beradi, xuddi mana shu holat haqiqiy yaqinlikdir.  Yaqinlik qaynoq, ishonchli, shuningdek, soda, hatto juda samimiy suhbatlashishdir. Suhbat mavzusi muhim emas, sizning ma`nan yaqinlashishingiz muhim.

Obro`yingizni va xurmatingizni saqlang….

Erning tanloviga doim hurmatsizlik qilish bilan unga igna sanchgandek bo`lasiz. Bunday ayol bilan yashash erkak kishi uchun juda og`ir.

Shuning uchun eringizga hurmat bilan munosabatda bo`lishni boshlang. Bu har bir ekak uchun katta sovg`adir. Bundan tashqari eringizga bo`lgan hurmatingiz o`zingizga bo`lgan hurmatingizni ham oshiradi. Tugamas janjallardan so`ng o`tib ketmaydigan dilhiraliklar va ming`irlashlar o`rniga quvonchni, yetuk ayolning o`ziga bo`lgan ishonchi nimaligini bilasiz.

 

Baqirishni va janjal ko`tarishni boshlaganimda o`zimga o`zim yoqimsiz, ko`ringanim esimda. Janjal avjiga chiqqanida men to`g`ri gapirayotgandek tuyulaman, ammo har safar og`zimdan chiqayotgan achchiq gapimdan o`zimga bo`lgan hurmatim tushardi. Keyinchalik o`zimni tutib turolmaganim uchun o`zimni koyib yurardim. Erimga baqirganimda o`zimni qanchalik haq deb bilmay, baribir, keyin yomon ahvolga tushib qolardim.

Mana endi erimga hurmat bilan qarayman-faqat munosabatlarimizni haqiqatdan yaqin qilish uchun emas, balki o`z obro`yimni, qadrimni saqlash uchun ham unga hurmat bilan munosabatda bo`laman.