FARZANDINGIZ YOLG`ON GAPIRYAPTIMI…???
Bola nega o`zini bunday tutadi?
Bola oddiy holatlarda ham yolg`on ishlatishi ota-onani o`ylantirib qo`yadi. Kichik yoshdagi bolalarning yolg`on gapirishining asosiy sabablaridan biri jazolanishdan qo`rqishdir. Buning sababi haddan tashqari qo`rqitadigan taxdidingiz ( o`ldiraman, so`yaman, ko`zingni o`yib olaman, tishingni sindiraman, tiilingni kesaman ) dan qo`rqgan bolangiz yolg`on gapirib jazodan qochishga harakat qiladi. Bu –birinchi sabab.
Bolaning yolg`on gapirishiga ikkinchi sabab – u boshqalarning diqqatini o`ziga qaratish maqsadida yolg`ondan foydalanadi. Ota – onaning talablariga bolaning imkoniyati yetmasa, bola yolg`on ishlata boshlaydi. Farzandining kelajak yo`lini belgilab qo`ygan ota-ona ko`pincha adashadi. Ular o`z farzandining imkoniyati, aqli, dunyoqarashi, xotirasi, qiziqishi va iqtidorini hisobga olish lozimligini bilgan holda, bolaga ortiqcha talab qo`yishadi. Bola ota-onasi yoqish uchun avval bitta, so`ng ikkita, shu tariqa bir talay yolg`onlarni qalashtirib tashaydi. Agar farzandingizning o`zi tanlagan maqsadi sari intilishida ko`makdosh, maslahatchi, ishongan mexribon insoniga aylansangiz, uning yolg`on so`zlashiga ehtiyoji qolmaydi.
Bu vaziyatda nima qilish lozim:
Farzandingiz yolg`on gapirishni boshladimi bilinki, u sining yordamingizga muxtoj. Siz jazo qo`llashingiz kerak bo`lgan har bir holat, aslida, bolaning sizdan yordamga muxtojlik darajasi yuqori bo`lgan holatlardir.
Tarbiyani o`zingizdan boshlang:
- Bolangiz sizga taqlid qilib tarbiya oladi. Uyga kimgadir telefonda <<men uyda emasman>>, deb aldash bolangizga ko`rsatgan tarbiyangizdir. << menga mumkin>>, <<senga mumkin emas>>, men <<majbur edim>>, deb o`zingizni bola oldida oqlamang. Bola eshitganini emas ko`rganini qiladi.
- Bolani yolg`on gapirganini sezsangiz, o`zingizni vazmin tuting. Bu yolg`onning haqiqiy sababini aniqlang. Yolg`on va rostlik haqida bilim bering. Xozirgi mavqeyingiz ilmingiz yoki hunaringiz rostgo`yligingiz tufayli ro`yobga chiqqanini ayting.
- << sen yolg`on gapirding >>, degan ayblov so`z o`rniga, << sen chiroyli hikoya tuzding, kel, bu hikoyadagi rost va yolg`onni aniqlaylik>>, deb bola bilan birga mushoxada qiling.
- Xar bir inson u yoki bu vaziyatda noto`g`ri yechim topadi. Ammo biz birgalikda uning to`g`ri yo`l topishiga yordam beramiz, deb ishonch bildiring.
- Agar bola o`zligini tasdiqlash uchun yolg`on gapirayotgan bo`lsa, bolaga yolg`on ishlatmasdan o`zlikni nomoyon qilish imkoniyatlarini ko`rsatib berish siz uchun ustuvor masaladir. Bolaning muammolarini yechishda qatnashish, unga ko`makdosh bo`lish, xayotiy tajribangizdan misollar keltirish farzandingizning o`z-o`ziga bo`lgan ishonchini orttiradi.
- Yolg`on gapirish do`stlarning ishonchini yo`qotish va ulardan maxrum bo`lishga olib kelishi mumkinligi haqida tushintiring. Bola atrofdagilarninh hurmatini qozonish uchun o`zi haqida uydurmalar to`qimaslikka urinadi.
- Bola sizdan mexr topa olmayotgani tufayli yolg`on ishlatayotgan bo`lsa, farzandingiz uchun har doim tushunadigan va himoya qiladigan ishongan tog` bo`ling.
Quyidagi malumotlar barcha ota-onalarga foydali va manfaatli bo`lishidan umid qilaman.