gilamdagi dog'ni tozalash
foto copilot

 

Natija sizning kutganingizdan a’lo bo’ladi

Uy bekalariga gilamni atigi 15 daqiqada eski dog’lardan tozalaydigan usul taqdim etildi. Natija hatto quruq tozalashdan ham ustundir. Usul oddiy va juda samarali. Ekspertining so'zlariga ko'ra, kuchli tozalash eritmasi uchun 1 osh qoshiq soda, 1 osh qoshiq kir yuvish geli yoki kir yuvish kukuni va 1/3 chashka 9% sirkani aralashtirish kifoya. Olingan aralashmani  idishda 2-3 choy qoshiq eritma suvga aralashtiriladi. Gilamning dog’ tekkan joylariga quying va 15 daqiqa kuting. Vaqt bo’lgach shotkada yaxshilab tozalang, mato bilan artib oling. Jarayon tugagandan so'ng, gilam quritilishi kerak. Buni ochiq havoda quyosh ostida qilish yaxshidir. Agar ob-havo bulutli yoki yomg'irli bo'lsa, uni uyda quritishingiz mumkin. Gilamni to'liq quriguncha ishlatmaslik muhimdir. Qishloq amaliyotidan gilamlarni tozalashning qadimiy usuli ham mavjud. Siz  gilamni yoyib, chelak yoki shlangdan ko'p miqdorda suv quyishingiz kerak, uni kir yuvish kukuniga sepib, shotka bilan tozalashingiz kerak, harakatlar oldinga va orqaga amalga oshiriladi, vaqti-vaqti bilan kukun bilan suv qo'shiladi.